O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va xorijiy tajribalardan foydalanish


Qulay investitsion muhit- barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim omilidir


Download 126.94 Kb.
bet6/10
Sana15.06.2023
Hajmi126.94 Kb.
#1481648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4. Qulay investitsion muhit- barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim omilidir
Jahon tajribasi shuni k o‘rsatadiki, mamlakatda investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitidagi mamlakatlar jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murajaatnomasida shunday ta’kidlaydi: “Jahon tajribasi shuni k o‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan b o‘lsa, o‘z iqtisodiyotini barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi desak, mubolag’a b o‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg’or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”
Mamlakatimizdagi investitsiya jarayonlarining takomillashib borayotganligini namoyon etuvchi jihat – davlat budjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o‘zgarib borayotganligi hisoblanadi.
Investitsiya jarayonlariga davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag’lar dinamikasi shuni k o‘rsatadi-ki, agar 2005 yilda davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag’larning 36,2 % respublika budjeti, 63,8 % mahalliy budjet hisobiga ta’minlangan b o‘lsa, 2015 yilda bu k o‘rsatkich 17,6 % va 82,4 %ni 2016 yilda 21,8 % va 78,2 %ni, 2017 yilda 23,5 % va 76,5 %ni, 2018 yilda esa bu nisbat tegishli ravishda 32,1 % va 67,9 %ni tashkil etdi.
Bu yuqorida keltirilgan ma’lumotlar investitsiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy budjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini k o‘rsatadi.
Agar 2000 yilda korxona va aholi mablag’lari hisobidan investitsiya jarayonlarini moliyalashtirish barcha investitsiyalarning 39,1 foizini tashkil etgan b o‘lsa, 2018 yilga kelib 58.2 foizga yetdi, davlat budjetidan moliyalashtirish esa mos ravishda 29,2 foizdan 3.8 foizga pasaydi.
Investitsiyalar iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda keying yillarda investitsiya jarayonlarining faollashuvi kuzatildi. Masalan, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar 2005 yilda 3165,2 mlrd.s o‘m, 2006 yilda 4041,0 mlrd. s o‘m, 2007 yilda 5903,5 mlrd. s o‘m, 2008 yilda 9555,9 mlrd. s o‘m, 2009 yilda 12531,9 mlrd. s o‘m, 2010 yilda esa 15338,7 mlrd. s o‘mni, 2015 yilda 40737,3 mlrd.s o‘m, 2016 yilda 49476,8 mlrd.s o‘m, 2017 yilda 60719,2 mlrd. s o‘mni, 2018 yilda esa 107333,0 mlrd. s o‘mni tashkil etdi.
2018 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar 107333,0 milliard s o‘mni tashkil qildi (bu 13,3 milliard AQSh dollariga teng b o‘lib, (2017 yilga nisbatan) 18,1 foizga k o‘pdir.
2018 yilda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 31,4 milliard s o‘m (dollar ekvivalentida 3,9 mlrd. AQShdoll.) yoki 2017 yilga nisbatan 136,6 foizni tashkil etdi.
Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 29,2 % tashkil qildi.
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 164 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi, 2017 yilda esa 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi, bu 2018 yilda q o‘shimcha 1,5 trillion s o‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni q o‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018 yilda mamlakatimizda barcha sohalarda innavatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish b o‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qabul qilingan 2018 yilgi Davlat dasturini r o‘yobga chiqarishi doirasida 21 trillion s o‘m va 1 mlrd. AQSh dollariga teng 76 mingdan loyiha amalga oshirildi va 138 ta yangi korxona ishga tushirildi.
2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berildi. 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 16 % k o‘p investitsiya o‘zlashtirilishi kutilmoqda. 2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard AQSh dollarlik 3000 dan ziyod loyihalar kiritilgan. 2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard AQSh dollari b o‘lgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Joriy yilda t o‘g’ridan-t o‘g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida 4,2 milliard AQSh dollari o‘zlashtirilishi k o‘zda tutilgan.
Shu bilan birga 2019 yilda tijorat banklari xorijiy banklarning jami 740 million AQSh dollari t o‘g’ridan-t o‘g’ri kreditlarini jalb qilishi ham belgilangan. 2019 yilda 84 ta loyiha doirasida halqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard AQSh dollari mablag’ini o‘zlashtirish k o‘zda tutilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y o‘nalishi b o‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish y o‘nalishida korxonalarning mablag’lari, O‘z TTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshiriladi.
Natijada kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotini 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi va k o‘plab yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtiriladi. Jami xarajatlar uchun 37687,8 milliard s o‘m va 8349,3 million AQSh dollari ajratiladi.
Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy dinamika iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir k o‘rsatmoqda. Natijada mamlakatimizda 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari, masalan 2017-2018 yillarda o‘rtacha 5 foizdan yuqori b o‘ldi.
Ana shuni e’tiborga olib, hukumatimiz mamlakatda investitsion muhitni shakllantirishga sharoit yaratish va uni ishlashini tezlashtirish, rag’batlantirish maqsadida bir qator qonunlar ishlab chiqib, ularni hayotga tatbiq qildi.
Shunday qilib, o‘rnatilgan huquqiy asoslar xorijiy hamkorlarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning huquqlarini va sarflagan sarmoyasini himoya qiladi.

Download 126.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling