O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va xorijiy tajribalardan foydalanish
Download 126.94 Kb.
|
1.2.1-rasm. BERI indeksi ko‘rsatkichlari[6].
Investorlarning va investitsiyalanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim manfaatlari muvozanatini ta’minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalarning samaradorligi va investitsion muhit qulayligini majmuiy baholash talab etiladi. Shu sababdan nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi, balki ularni joriy etishning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlarini ham hisobga olish darkor. Investitsion muhit – juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo‘lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammolar va masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan ma’lum bir davlatga investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda o‘z kapitalini kiritmoqchi bo‘lgan mamlakatning mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi. Investitsion muhit har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski aniqlanadi. Investitsion muhit va risk darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Investitsion muhit qanchalik qulay bo‘lsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada bo‘ladi va bu investorlarning kirib kelishini ko‘paytiradi. Aksincha, investitsion muhit noqulay bo‘lsa, risk darajasi yuqori bo‘ladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlari o‘sishiga olib keladi. Shunday qilib, investitsion muhitning holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya qabul qiluvchi uchun ham muhimdir[7]. Download 126.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling