O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va xorijiy tajribalardan foydalanish


O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish borasida ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish y o‘llari


Download 126.94 Kb.
bet8/10
Sana15.06.2023
Hajmi126.94 Kb.
#1481648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5. O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish borasida ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish y o‘llari
Jahonda xorijiy kapitalni jalb etish b o‘yicha mamlakatlararo keskin kurash ketmoqda. Xorijiy investitsiyalar hajmi, uning sifati va qulay shartlardan foydalanish borasida rivojlangan mamlakatlarda yildan-yilaga investitsion muhit jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladigan innovatsion instrumentlarning turli k o‘rinishlari yaratib kelinmoqda.
Shular qatorida, iqtisodiy rivojlanishi boshqa davlatlarga qaraganda tez sur’atlarda o‘sib borayotgan, tovar va xizmatlari dunyoning barcha o‘lkalarida tarqalgan, bugungi kunda uchta eng k o‘p tarqalgan s o‘z – “Made in China”, deya e’tirof etilayotgan, qanchadan qancha iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan lekin hali bu tajribalardan t o‘liq foydalanish masalasiga kelganda namoyon b o‘lmayotgan Xitoyning investitsiyalarni jalb qilish borasidagi yutuqlari va buning omillarini k o‘rib chiqamiz.
Xitoyning tez sur’atlarda rivojlanishiga ta’sir k o‘rsatgan muhim omillardan biri – investorlar uchun zarur b o‘ladigan, hududlarning imkoniyatlari va salohiyatlarini namoyon etadigan ma’lumotlar bazasini (pasportni) ishlab chiqqanligi va arzon ishchi kuchiga egaligi bilan belgilanadi. Ushbu baza internet-resurs sifatida ochib q o‘yilganligi, Xitoy korxonalari uchun xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini va biznes hamkorlikning kuchayishini ta’minladi.
Bugungi kunda Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi mavqeini hamda iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda oshishini ta’minlashga xizmat qilgan omil ham, aynan uning ochiqligi, sog’lom imiji va investitsion jozibadorligidir. Ammo, bugungi kun ekspertlarining fikrlariga k o‘ra, Xitoyning ochiqligi, jahon hamjamiyatiga yuqori sur’atlarda integratsiya b o‘lib, borayotganini mamlakat fuqarolari va chet el jamoatchiligi salbiy holat sifatida har xil qabul qilishmoqda. Bularning hammasi zamonaviy Xitoy t o‘g’risida, u yerda amalga oshirilayotgan jarayonlarni anglamasdan turib chiqarilayotgan xulosalardir desak, t o‘g’ri b o‘ladi.
Zero, Xitoy rahbariyati tomonidan quyidagi jihatlarga ongli tarzda alohida e’tibor qaratilmoqda:
-tashqi dunyo bilan Xitoyning mustahkam aloqasini o‘rnatish;
-tadbirkorlar bilan davlatning birdamligi va ishonchli sherikchiligini ta’minlash;
-jahon hamjamiyati tasavvurida Xitoyning ishonchli hamkor imijini hosil qilish;
-ishlab chiqarishning yuqori mahsuldorligi bilan rivojlanish emas, balki taraqqiyotning innovatsion asosda qurilishini ta’minlash va boshqalar.
Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda, 2004 yildan Xitoy davlati mamlakatning investitsion jozibadorligini yanada oshirish muammosini hal etish bilan faol shug’ulana boshladi. Oldingi o‘n yilda Xitoy jahon hamjamiyati oldida o‘zining nufuzini va obr o‘sini k o‘tarish b o‘yicha k o‘plab tizimli tadbirlarni amalga oshirdi. U bir qancha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar:
OTHT-Osiyo-Tinch okeani Hamkorlik Tashkiloti, ShHT-Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan iqtisodiy hamkorlik b o‘yicha, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish b o‘yicha xitoy-arab, xitoy-afrika hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda.
Xitoy davlati Butunjahon savdo tashkiloti (JST) a’zo b o‘lishi bilan k o‘plab sohalarda tub islohotlarni amalga oshirdi. Xususan, quyidagi muhim y o‘nalishlarda: turli xildagi tariflarni pasaytirish; iqtisodiyotning yetakchi sohalari, xususan xizmatlar: telekommunikatsiya, sug’urta, bank, savdo, logistika sohalariga y o‘naltiriladigan investitsiyalarga t o‘siq va cheklovlarni olib tashlash bilan bog’liq chora-tadbirlarni keltirish mumkin. Ushbu yaratilgan imkoniyat va sharoitlar tufayli nafaqat transmilliy kompaniyalar, balki kichik va o‘rta hajmdagi xorijiy kompaniyalarning Xitoy davlatiga investitsiya kiritish bilan bog’liq faolligi yanada oshdi.
Shular tufayli Xitoyga kiritilgan TTXI hajmining oshishi yildan-yilga o‘sib bordi. JST a’zo b o‘lishi natijasida 2006 yildan xorijiy bank muassasalari uchun geografik va operatsion cheklovlar olib tashlandi. Buning oqibatida xorijiy banklarning shu’ba muassasalari tashkil etildi va ular tomonidan Xitoyning istalgan hududida rezedentlar uchun yuanda operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq tartiblar o‘rnatildi.
Taqdim etilgan imkoniyatlardan Angliya banki-Standart Chartetered Bank birinchilardan b o‘lib foydalandi hamda boshqa bir qator banklarning: Citigroup (AQSh), HCBCN (Angliya), ABN AMRO (Niderlandiya), Bank of east Asia (Gonkong) va Hang Seng Bank (Gonkong) banklarining kirib kelishini ta’minladi. 2008-2012 yillarda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisoiy inqirozi davrida Xitoy davlati xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini pasaytirmaslik maqsadida “yashil y o‘lak” tizimini amalga oshirdi.
Ushbu tizimdan xorijiy kapitalaga ega b o‘lgan korxonalarni r o‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini rag’batlantirish masalalari o‘rin olgan b o‘lib, bu, o‘z navbatida, investorlar uchun “himoya yostig’i” vazivasini o‘tadi. Amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy-ma’muriy va siyosiy-tashkiliy chora-tadbirlar sabab Xitoy keyingi besh yilda eng yirik savdo-sotiqni amalga oshirayotgan hukmron davlatlardan biriga aylandi. UNTAD tomonidan e’lon qilib kelinayotgan hisobotlarda XXR kapitalning importi va eksporti b o‘yicha lider mamlakat sifatida reytingda kuchli ikkilikdan joy olib kelmoqda. Inqirozdan oldingi davrlarda (2005-2007) Xitoyga t o‘g’ridan-t o‘g’ri xorijiy investitsiyalar importi o‘rtacha 76,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan b o‘lib, bu jahondagi umumiy k o‘rsatkichning (TTXI importining) 5,4 foiziga t o‘g’ri kelgan. 2019 yilga kelib esa Xitoy 141 mlrd.dollar TTXI o‘zlashtirdi. (Qarang: 1- rasm).
Agar ushbu statistik k o‘rsatkichlarga Xitoy Xalq Respublikasi uchun “investitsion darvoza” b o‘lgan Gonkong va Singapur davlatlarini q o‘shadigan b o‘lsa, bu farq yanada kamayadi. 2019 yilda Gonkong 68 mlrd dollar qiymat k o‘rinishida TTXI qabul qilgan b o‘lsa, Singapur davlati 92 mlrd. dollar TTXI qabul qildi.
Tadqiqotimizni yanada chuqurlashtirish, uning saviyasini boyitish maqsadida Singapur davlatining tajribasini ham tahlil qilamiz.
Rivojlanish darajasi b o‘yicha yuqori k o‘rsatkichlarni namoyon etgan, o‘zining boy tajribasi va intellektual salohiyatining yuksakligi b o‘yicha dunyo mamlakatlari ichida yuqori o‘rinlarda turadigan, aholisi soni unchalik ham katta b o‘lmagan, ammo kompyuter dasturlarini yaratish, telekommunikatsiya sohasida salmoqli nufuzga ega b o‘lgan, Jahon banki tomonidan e’lon qilingan hisobotlarda jon boshiga YaIM ishlab chiqarish b o‘yicha (xarid quvvati pariteti b o‘yicha) 3- o‘rinda turgan, “Osiyo y o‘lbarslari”, deb nom olganlardan biri b o‘lmish Singapur davlatida ham investitsion muhitni yaxshilash, uning jozibadorligini oshirish yuzasidan boy tajriba t o‘plangan.
Quyida keltirilgan 1-rasmdan biz k o‘rishimiz mumkinki, jamg’arilgan TTXIlar, 2018-2019 yillar uchun 20 ta eng yuqori reytingga ega b o‘lgan mamlakatlar orasida 5- o‘rinni Singapur davlati egalagan b o‘lib, 2019 yilda 92 mlrd. dollar hisobida t o‘g’ridan-t o‘g’ri xorijiy investitsiyalar qabul qilgan.
Bu yutuqlarga erishishining asosiy omilini quyidagicha izohlashimiz mumkin: Singnapur davlatining rivojlanish y o‘li, q o‘lga kiritgan “iqtisodiy m o‘jizasi” bilan shug’ullangan barcha olimlarning fikri bir muhim nuqtaga borib taqaladi. U ham b o‘lsa, Singapurda qulay investitsiya muhitining yaratilganligi.
Aynan ushbu holat tufayli investorlar tomonidan bu yangi davlatga k o‘plab loyihalar kiritish amalga oshdi, YaIM hajmi yildan-yilga keskin ortib bordi. Bugungi kunda ham investorlar tomonidan Singapur davlatiga hech ikkilanmasdan kapital mablag’lar y o‘naltirib kelinmoqda. U yerdagi investitsion muhit jozibadorligi donor mamlakatlarning doimiy qiziqishiga sabab b o‘lmoqda.
Investitsion muhitning sog’lomligi, jozibadorligini davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks etuvchi makroiqtisodiy k o‘rsatkichlar orqali ham baholash mumkin.
Jahon bankining (JB) klassifikatsiyasiga k o‘ra, Singapur davlati eng yuqori daromadga ega b o‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Investitsion iqlimga ta’sir k o‘rsatuvchi muhim k o‘rsatkmchlardan bittasi – inflatsiya darajasidir. Inflatsiya darajasi qanchalik past b o‘lsa, investitsion jozibadorlik shunchalik darajada yuqori b o‘ladi. 2005 yilda Singapurda inflatsiya darajasi 0,5 foizni, 2019 yilga kelib esa 0,4 foizni tashkil etdi. Davlatning investitsion muhit jozibadorligiga baho berishda, bugungi kunda eng k o‘p tarqalgan usullardan biri bu – Doing Business indeksi; Global raqobatbardoshlik indeksidir.


Download 126.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling