O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlari. Mundarija: Kirish
Download 76.72 Kb.
|
iqtisodiy jinoyatlar
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning darajasi qanday? Rivojlangan davlatlar nima hisobiga bunday natijaga erisha olganu, ularning qaysi tajribalaridan O‘zbekistonda foydalanish mumkin?
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning darajasi biror xalqaro reytinglarda aks etmagan. Bu bizda yashirin iqtisodiyot yo‘qligidan emas, balki uzoq yillar davomida mamlakatimizda bunga mas’ul idoralarning xalqaro reytinglarda qatnashmaslikni afzal bilganidadir. Xuddiki muammoni inkor qilsak, u o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘lib qoladigandek. Umuman, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi ishtiroki keyingi to‘rt yilda amalga oshirilayotgan davlat siyosati mahsulidir. Ana shu siyosat doirasida 2018-2019 yillarda ilk bora yashirin iqtisodiyotning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siriga oid tadqiqotlar o‘tkazildi. Tahlillar yashirin iqtisodiyot darajasi YaIMga nisbatan 40-50 foiz atrofida ekanini ko‘rsatdi. 2019 yilning sentyabrida hozirgi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot: vaziyatga baho, sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida davra suhbatining o‘tkazilishi va unda muammoning ochiq muhokama qilinishi ko‘plab xalqaro ekspertlarni hayron qoldirgan va bugungi kundagi O‘zbekistonning ilgari tilga olinmagan ko‘plab muammolarini endilikda ochiqcha muhokama etishga tay yorligini ko‘rsatadigan muhim signal bo‘lgan edi. E’tiborli jihati, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu muammo ochiq o‘rtaga tashlanganligi ushbu masalaga yondashuvlarda ikkilanish yoki orqaga chekinishga yo‘l yo‘qligini ko‘rsatdi. Mamlakatlar YaIMida yashirin iqtisodiyot ulushini baholovchi Xalqaro valyuta jamg‘armasi reytingiga murojaat qilsak, O‘zbekistonga o‘xshash ahvolni Ukraina va MDH ga a’zo ayrim mamlakatlar hamda Gambiya, Beliz, Kongo, Gonduras kabi davlatlarda ko‘rish mumkin. Bunday vaziyatning vujudga kelishi yashirin iqtisodiyotni “gullatishga” hissa qo‘shayotgan “uddaburon tadbirkorlar”ninggina emas, ularga homiylik qilayotgan ayrim amaldorlarning xatti-harakatlari natijasidir. Ming afsuski, bundaylarning o‘z hamyonini o‘ylab qo‘l urayotgan ishlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik og‘ir yuk bo‘lib tushayotganini, bu qilmish bilan O‘zbekistonni yuqorida tilga olingan davlatlar qatoriga tortayotganini bilishsa-da, bundan to‘xtamayapti. Shuning uchun ham davlat rahbari bu illatlarga nisbatan jamiyatda nafrat tuyg‘usini shakllantirish lozimligini ta’kidlayotgani bejiz emas. Albatta, O‘zbekiston YaIMida yashirin iqtisodiyotning hozirgi darajasi bir yilda, besh yoki o‘n yilda shakllanib qolmagani aniq. Balki sobiq ittifoq davridan buyon davom etib kelayotgan illatdir. Lekin o‘tgan davrda muammoni tizimli ravishda kamaytirishga doir amaliy choralarga e’tibor qaratilmadi. Faqatgina keyingi yillarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli o‘tgan 5 yil ichida sanoatda norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tushganligini bu borada erishilgan katta natija sifatida e’tirof etish lozim. Download 76.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling