partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa
fursat ichida mamlakatimizda huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko’rsatuvchi
partiyalarning
shakllanish
jarayoni
sodir
bo’ldi.
Mustaqillik yillarida respublikada siyosiy institutlarning mafkuralarning,
fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan va fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlaydigan
yangi demokratik siyosiy
tizimning negizlari vujudga keldi. Demokratik jamiyatning muhim omillaridan biri
bo’lgan ko’ppartiyaviylik tufayli mustaqillik yillarida O’zbekistonda siyosiy
partiyalar va jamoat
birlashmalari vujudga kelib, ular ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyotning
obyektiv
jarayoniga
aylandilar.
Siyosiy partiyalar
saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o’z vakillarini
o’tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi.
Shu bilan
birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo’lib, ular
davlatning siyosiy yo’nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va
ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Huquqiy-demokratik davlat qurish,
kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko’ppartiyaviylikning
rivojlanishiga,
mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo’llab-
quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining
shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Alohida ta’kidlash kerakki, “Davlat boshqaruvini
yangilash va yanada
demokratlashtirish
hamda
mamlakatni
modernizasiya
qilishda
siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: