O’zbekistonda Madaniyat va San’at
Download 77.5 Kb.
|
O’zbekistonda Madaniyat va San’at
O’zbekistonda Madaniyat va San’at Reja: Jamiyat va madaniyat. Mustaqillik yillarida madaniyat va san’at Madaniyat insonni ijtimoiy mavjudot sifatida talqin qilish imkonini berar ekan, «jamiyat-madaniyat» konteksti bilan bog’liq muammolarni ham tilga olish, tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan madaniyatning, inson ijodiy faoliyati natijalarining qanday qilib jamiyat taraqqiyotiga joriy etila borilishini aniqlash zarur bo’ladi. Madaniyat taraqqiyotidagi vorisiyligi bir tomondan, yangi avlodlar tomoni-dan ajdodlar tajribasini o’zlashtirilishini anglatsa. Ikkinchi tomonidan, o’tmish madaniyatining kelajak madaniyatiga ta‘sirini ifodalaydi. Madaniyat yutuqlarining taraqqiyotiga faol ta‘siri shundan dalolat beradiki ushbu taraqqiyot o’z mantig’iga ega. Ushbu o’ziga xoslikni inobatga olmay turib, insoniyat taraqqiyoti davomidagi madaniyat progressini tushunib bo’lmaydi. Vorisiylikning xar qanday buzilishi oxir oqibatga salbiy natijalarga olib keladi. Biroq bunday buzilish hamisha tashqi omillar ostida sodir bo’ladi. Masalan. g’arbiy Yevropada o’rta asrchilik illatlaridan xolos bo’lish uchun ko’p asrlar kerak bo’ldi. Sovet hokimiya-tining madaniyat sohasiga ko’rsatgan salbiy ta‘siri oqibat-larini anglash uchun ham ko’p yillar talab qilinadi. Ushbu misollar ko’rsatib turibdiki, tashqi omillar, ijtimoiy shart-sharoitlar madaniyatga turfa xil ta‘sir o’tka-zib keladi. Shu sababdan, ulardan ko’z yumish emas, bartaraf etish choralarini izlash maqsadga muvofiqdir. Madaniyat taraqqiyoti jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarga bog’liq. Ushbu aloqadorlikdan xoli bo’lgan madaniyatning o’zi yo’q va bo’lishi ham mumin emas. Madaniyat progressi va regressi tarixiy shart-sharoitlar, jamiyatdagi ob‘ektiv xususiyatlar bilan hamohangdir. Chunonchi, qadimgi Yunoniston madaniyatiga ta‘sir ko’rsatgan xususiyatlaridan biri-quldorlikning mavjud bo’lishi edi. Aynan ana shu quldorlik mehnat taqsimotini ta‘minladi va qadimgi Yunon madaniyatining gullab yashnashi uchun zamin yaratdi. Renessans davr madaniyati esa yangi tipdagi iqtisodiy munosabatlarga borib taqaladi. Inson haq-huquqlarining oliy qadriyat sifatida e‘tirof etilishi esa XX asrda madaniyatning yanada taraqqiy topishiga imkon berdi. Madaniyatga ta‘sir ko’rsatuvchi tashqi omillar sarasida iqtisodiyot alohida o’rin tutadi. Inson moddiy ne‘matlarini yaratish bilan birga o’z ijodkorlik qobiliyatini ham shakllan-tiradi. Garchi u bunda ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat ko’rsatsada, uning ijodiy faoliyati ma‘lum ijtimoiy shart-sharoitlarda sodir bo’ladi. Ushbu shart-sharoitlarning markazida esa kishilar o’rtasidagi moddiy munosabatlar turadi. Rivojlangan jamiyatlarda moddiy shart-sharoitlar bilan madaniyat orasidagi munosabatlar murakkab xarakterga ega bo’ladi. Madaniyatning asosiy parametrlari iqtisodiy bazis tomonidan aniqlanadi. Ayni paytda madaniyat taraqqiyoti iqtisodiy bazisga qudratli ta‘sir ko’rsatishini ham e‘tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Madaniy jarayonlarga turmush tarzi, xalq farovonligi darajasi, uning turmush vositalari bilan ta‘minlanganligi darajasi ham katta ta‘sir o’tkazadi. Biroq, jamiyat faro-vonligi bilan madaniyat o’rtasidagi dialektik aloqadorlik nihoyatda murakkab xarakterga ega. Ular orasidagi aloqadorlik turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Shu sababdan xalq farovonligining jamiyat madaniyatiga ta‘sir ko’rsatishiga zamin yaratadigan qator imkoniyatlar yuzaga keladi. Ushbu imkoniyatlar chegarasi ikki xususiyat bilan bog’liq: hayot kechirish vositalari bilan yetarli ta‘minlan-ganlik madaniy taraqqiyot uchun real shart-sharoit yaratadi; jamiyat farovonligining o’sishi fuqarolar madaniya-tining degradatsiyasiga sabab bo’ladi. Madaniyatga ta‘sir ko’rsatuvchi yana bir tashqi omil mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuvi jarayonida asta-sekinlik bilan aqliy faoliyat bilan maxsus shug’ullanadigan kishilar yuzaga keldilar. Aqliy faoliyatning jismoniy faoliyatdan ajratilishi madaniyatning to’la qonli rivojlanishi katta imkoniyatlarni hosil qildi. Biroq madaniyat taraqqiyoti ziddiyatlarga to’la bo’ldi. Xususan aqliy va jismoniy faoliyatning tafovutlanishi jamiyat a‘zolari katta qismini madaniy taraqqiyotga o’z xissalarini qo’shish imkonidan mahrum etdi. Ayrim jamiyat a‘zolarining madaniy taraqqiyotdan begonalashuvi uchun zamin yuzaga keldi. O‘zbekistonda madaniyat va san’at Ma’naviyat maskanlari. Teatr. Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish boshladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri. ? 103 2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat maskanlari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib, «O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazildi. 2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Umuman, mustaqillik o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi. Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi «Eski masjid» teatr-studiyasi faol bo‘ldi. 1993-yilning 23–30-oktabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Teatr: Sharq va G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan sahna san’atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Simpoziumlar saroyi va O‘bekiston Milliy kutubxonasi. O‘zbek milliy akademik drama teatri binosi. 104 Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq teatr jamoalari Amir Temur mavzusiga murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy dramalar sahnaga qo‘yildi. Bu jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi. Milliy mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi. Musiqa va raqs san’ati. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga qaytish, an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. Prezidentning 2001-yil «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik- 105 tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi. Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi. Festivalning hudud qamrovi ham tobora kengayib bormoqda. 2015- yili X festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining ochilishi marosimi. Yodda tuting! YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), Navro‘z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi tashkil etildi. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi. 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi. Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, 106 uning doirasida 2009–2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi, ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming nusxada o‘quv qo‘llanma, milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta’minlandi. «Nihol», «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, «Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti festivali, «Sozlar navosi» yosh musiqa ijrochilar va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llabquvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi. O‘zingizni sinang! Konservatoriya – bu ... Nomoddiy madaniy meros – bu .. ! Musiqa festivallari – bu ... Ma’naviyat maskanlari – bu ... Tasviriy san’at. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Prezidentning 1997-yil «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlash davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni ta’sis etildi, «Hunarmand» uyushmasi tashkil qilindi. Hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish maqsadida soliq imtiyozlarining muddati uzaytirilmoqda. Bu tadbirlar badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, lakli miniatyura kabi turlarini rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratmoqda. Kino. Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llabquvvatlashlar 2004-yili «O‘zbekkino» milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 2005-yildan boshlab davlat tomonidan 107 yillik ishlab chiqarish hajmlarining istiqbollik ko‘rsatkichlari belgilandi (15 ta to‘la metrajli badiiy kinofilm, 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 ta multiplikatsion kinofilm va 60 soatlik ma’naviy-ma’rifiy, o‘quvuslubiy videofilmlar). Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo‘lida tinmay izlanib, xalqimizga o‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etdi. «Abdullajon», «O‘tkan kunlar», «Yozning yolg‘iz yodgori», «Voiz», «Osmondagi bolalar», «Chashma», «Yo‘l bo‘lsin», «Vatan», «O‘tov», «Parizod», «Unutma meni», «Aldangan ayol», «Tubanlik», «Qo‘rg‘oshin», «Baron»kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Mustaqillik yillarida ishlangan «To‘maris», «Bulbul», «Kulol» singari multfilmlar jahonning nufuzli festivallarida ham e’tirof etildi. Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O‘zbekiston qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O. Sharofiddinov, B. Qosimov, N. Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T. Malikning romanlari, O. Matjon, O. Hojiyeva, A. Suyun, Y. Eshbek, H. Do‘stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston 108 Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi. Muzey. Millatimizning o‘zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlari-mizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar tarixiy yodgorliklar maskani, adabiyot, san’at, urf – odatlari, hayot obrazlarimizning moddiy va maishiy jihatdan bir ko‘rinishi, ko‘zgusi, tasviri. Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy – uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzildi. Ahoining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar ma’naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib 2014-yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. Yodda tuting! 1991–1994 yillarda 73 ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 450 ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda. Muzeylar faoliyati. 135 ta Davlat muzeylari 99 ta Nodavlat muzeylari 28 ta Kollej muzeylari 182 ta Maktab muzeylari 109 Shunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p qirrali xususiyatini saqlagan holda rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Yigirmanchi asr jamiyat a‘zolari imkoniyatlarini mada-niy taraqqiyot yo’lida safarbar qilish uchun real shart-sharoitlarni hosil etdi. Endilikda aqliy va jismoniy fao-liyatning tafovutlanishi xalqni madaniyatdan benasib qilish omili deb qaralmayotir. Ushbu nuqtainazar xalq madaniyatini oshirishga xizmat qilayotir. Ayni paytda XX asr madaniyat bilan daxldor yangi muammolarni yuzaga keltirganini ham e‘tirof etish zarur. Ushbu muammolar orasida ham «madaniyat-mehnat taqsimoti» konteksti sezilarli rol o’ynaydi. Madaniyatga ta‘sir o’tkazuvchi tashqi omillar xarakteri jamiyatning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Masalan, g’arb va Sharq jamiyatlarida madaniyatga turli xarakterdagi tashqi omillar ta‘sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham g’arb madaniyatini Sharq madaniyatidan ajrata bilish zarur. Taniqli rus fayla-sufi A.G.Spirkin Sharq va g’arb madaniyati o’rtasidagi tafovut haqida mulohaza yuritar ekan, bunday farqlashning uch mezo-nini tilga oladi: a) inson shaxsiga bo’lgan munosabat; b) ijtimoiy-siyosiy faollikka bo’lgan munosabat; v) aqlning imkoniyatlariga bo’lgan munosabat. Xususan, g’arb alohida shaxsning huquqlari va erkinlik-larini, individualizm g’oyalarini ulug’lasa, Sharq madaniyatida shaxsiy manfaatlardan yoki Xudo, yoki jamiyat, yoki davlat foy-dasiga voz kechish yoqlanadi. Sharqda g’arbdan farqli o’laroq shaxs faolligining mutlaqo o’zgacha shakllari e‘tirof etiladi. Shuningdek, g’arbda ratsionalistik va pragmatik bilishning ahamiyatiga alohida e‘tibor berilsa, Sharq madaniyati qadim-qadimdan bilishning introspektiv-intuitiv bilish shakllari ham mavjudligini uqdirib keladi. Unga ko’ra, olamning mohiyatini nafaqat his-tuyg’ular va aql yordamida, balki Xudoning inoyati bilan berilgan ichki quvvat, intuitsiya orqali ham bilib olish mumkin. Tafovutlardan ko’rinib turibdiki, har ikkala madaniyatning shakllanishiga turli tashqi omillar ta‘sir ko’rsatgan. Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling