O’zbekistonda masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirishni pedagogik sharoitlari
Download 22.83 Kb.
|
obr.Asqarova. Mamatova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribaviy-amaliy avtomatlashtirilgan tizim
- -Elektron o’quv nashri
3-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Masofaviy ta’limda elektron o’quv adabiyotlarni tashkil etish. Ishdan maqsad: Masofaviy ta’limda elektron o’quv adabiyotlarni tashkil etish usullar va axamiyati xaqida tushunchaga ega bo’lish Elektron o’quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma‘lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan manba hisoblanadi. Uzluksiz ta‘lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o‘zgaruvchan, chuqurlashtirilib o‘qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha asosan kam adadli elektron o‘quv adabiyotlarini tayyorlash o‘qitish jarayonida yaxshi samara beradi. Elektron o‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan ta‘minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Elektron o‘quv adabiyotlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tushunchalarning keng ma‘nodagi izohli talqini komp‘yuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to‘ldirilib borilmoqda. Shuning uchun elektron o‘quv adabiyotlari yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalarni oydinlashtirib va aniqlashtirib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Tajribaviy-amaliy avtomatlashtirilgan tizim – bevosita fizik obg‘ektlar va yoki matematik modellar yordamida tajriba ishlari, va eksperimental izlanishlar o‘tkazishni tag‘minlaydigan texnik va dasturli vositalar majmuasi. Elektron nashr (EN)-bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va boshqa axborot obg‘ektlaridan iborat bo‘lgan jamlanmasi hisoblanadi. EN magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-I, CD+, CD-R, CD-RW, DVD) elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda komp‘yuter tarmog‘ida chop etilishi mumkin. -Elektron o’quv nashri-ta‘lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini tag‘minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron nashr. Elektron o’quv nashri (EO’N) muallifi – ijodiy faoliyati natijasida O‘ENni yaratadigan jismoniy shaxs. Agar O‘EN ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy faoliyatida yaratilgan bo‘lsa, unda ularning har biri O‘EN ning muallifi bo‘lib hisoblanadi. Download 22.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling