O’zbekistonda masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirishni pedagogik sharoitlari


Download 22.83 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2023
Hajmi22.83 Kb.
#1140941
1   2   3
Bog'liq
obr.Asqarova. Mamatova

3-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Masofaviy ta’limda elektron o’quv adabiyotlarni tashkil etish.
Ishdan maqsad: Masofaviy ta’limda elektron o’quv adabiyotlarni tashkil
etish usullar va axamiyati xaqida tushunchaga ega bo’lish
Elektron o’quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
ma‘lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda
taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan manba hisoblanadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni
tez o‘zgaruvchan, chuqurlashtirilib o‘qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar
bo‘yicha asosan kam adadli elektron o‘quv adabiyotlarini tayyorlash o‘qitish
jarayonida yaxshi samara beradi.
Elektron o‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga,
dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan
ta‘minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Elektron o‘quv adabiyotlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tushunchalarning keng ma‘nodagi izohli talqini komp‘yuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to‘ldirilib borilmoqda. Shuning uchun elektron o‘quv adabiyotlari yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalarni oydinlashtirib va aniqlashtirib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Tajribaviy-amaliy avtomatlashtirilgan tizim – bevosita fizik obg‘ektlar va
yoki matematik modellar yordamida tajriba ishlari, va eksperimental izlanishlar
o‘tkazishni tag‘minlaydigan texnik va dasturli vositalar majmuasi.
Elektron nashr (EN)-bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto
va boshqa axborot obg‘ektlaridan iborat bo‘lgan jamlanmasi hisoblanadi. EN
magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-I, CD+,
CD-R, CD-RW, DVD) elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda
komp‘yuter tarmog‘ida chop etilishi mumkin.
-Elektron o’quv nashri-ta‘lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va
mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini tag‘minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron
nashr.
Elektron o’quv nashri (EO’N) muallifi – ijodiy faoliyati natijasida O‘ENni
yaratadigan jismoniy shaxs. Agar O‘EN ikki yoki undan ortiq jismoniy
shaxslarning birgalikdagi ijodiy faoliyatida yaratilgan bo‘lsa, unda ularning har biri
O‘EN ning muallifi bo‘lib hisoblanadi.
Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling