O’zbekistonda mavjud standart kuchlanishlar, hamda kuchlanishni tanlash sohasi
Elektr ta`minoti sohasida elektr uskunalar
Download 0.91 Mb.
|
Elektr energiya hosil qiluvchilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr ta‟minoti sohasida elektr uskunalar
3. Elektr ta`minoti sohasida elektr uskunalar.
Elektr taʼminoti — elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari, kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr stansiyalari, taʼminlash taqsimlash elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr stansiyayalari, hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari. Yirik sanoat korxonalari va shaharlarni ham energiya, ham issiqdik bilan taʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan ehtiyoji bilan belgilanadi. Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim yirik sohalarda 330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi. Elektr ta‟minoti sohasida elektr uskunalar: Elektr dvigatellar - elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok E. dlarida valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini teztez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. Oʻzgarmas tok E.d, uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketmaket uygʻonishli va aradash uygonishli qilib ishlab chiqarildi (rasmga q.). Oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar (qarangKollektorli mashina) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar uyroʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi. Generatorlar – (lot. generator — ishlab chiqaruvchi) — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen G.i, muz G.i, bugʻ G.i, gaz G.i, elektr G. i va h. k. Xususan, elektr G.lari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok G.lariga boʻlinadi. G. tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. G.ning umumiy makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. G.lar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. G.larning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. G.ning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal G.dan modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi ulangan G.lar bajarishi mumkin. G.lar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgai, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqariladi T ransformatorlar – (lot. transformo — oʻzgartiraman) — texnikada — energiya yoki obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876 y. elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890 y. uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan. Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. T.larning chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor. Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi vazifasini oʻtaydi. O’tkazgichlar –— elektr oʻtkazuvchanlik xossasi yuqori (elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan) va solishtirma qarshiligi kichik (r<10~4 omsm) boʻlgan moddalar. Solishtirma qarshiligi katta (r~ 1014—1022omsm) moddalar izolyatorlar, bular bilan oʻtkazgichlar oʻrtasidagi moddalar esa yarimoʻtkazgichlar deyiladi. Elektr oʻtkazgichlar jumlasiga metallar, elektrolitlar va plazmalar kiradi. Metallarda erkin elektronlar, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlar, plazmalarda esa erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar tok tashuvchilar vazifasini bajaradi. Koʻpgina metallar va baʼzi yarimoʻtkazgichlar past trada oʻta oʻtkazuvchan (elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasaygan) holatga oʻtadi. Akkumulyator va batareyalar - AKKUMULYATORLAR BATAREYA-SI, elektr a kkumulyatorlar batareyasi – kuchlanish, tok kuchi, elektr zaryadi yoki quvvat olish uchun elektrik tutashtirilgan bir turdagi akkumulyatorlar guruhi. Akkumulyatorlar parallel ulanganda Akkumulyatorlar batareyasi dagi kuchlanish har qaysi element kuchlanishiga, umumiy elektr zaryad esa alohida akkumulyatorlarning elektr zaryadlari yig’indisiga teng bo’ladi. Ketma-ket ulanganda eyuk lar qo’shiladi. Elektr zaryadi va kuchlanishni kuchaytirish uchun akkumulyatorlar aralash (ham ketma-ket, ham parallel) ulanadi. Bunday Akkumulyatorlar batareyasi do -imiy tok manbai hisoblanadi. Kabellar - Kabel (gollandcha kabel — arqon, tros) — germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. Kuch, aloqa va radiochastota kabellari, nazorat (tekshirish), oʻlchash kabeli. va b. xillari bor. Bulardan tashqari, gaz va moy toʻldirilgan kabel ham boʻladi. kabel koʻpincha mis yoki alyuminiydan, kamdankam poʻlat-mis va poʻlat-alyuminiydan tayyorlanadi. Vazifasiga koʻra, bir yoki koʻp simli, doyra va shakldor boʻladi. Izolyasiyalashda maxsus qogʻoz, rezina, plastmassa va b. ishlatiladi. Simlarni nam va kimyoviy moddalar taʼsiridan himoya qiluvchi qobiq qoʻrgʻoshin, alyuminiy, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. K.ni mexanik taʼsirlar, korroziyalardan saqlash uchun ularga poʻlat lentalar yoki sim (zir\) lar oʻraladi va ularning ustidan plastmassa yoki qogʻoz lenta, jut va bitumlar qoplanadi. Kuch K.i bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 (koʻp tarqalgani) va 4 simli boʻladi. Bunday kabel ning tok oʻtkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan tayyorlanib, sirti moykanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan kabel qogʻozi, rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuch kabelining qobigʻi qoʻrgʻoshin, alyuminiy yoki plastmassadan koplanadi, qobiqusti esa kabel ipi va metall zirh bilan oʻraladi. Harakatlanuvchi obʼyektlar (parmalash mashinasi, ekskavator, koʻtargichlar) ga elektr energiya keltiriladigan kabel egiluvchan qobiqlar bilan qoplanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling