Oʼzbekistonda narx siyosati va uning asosiy yoʼnalishlari reja
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Download 102,78 Kb.
|
Davlat narx siyosati
2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx marketingida keyingi rejalarga karab ikki mukobil narx belgilash yuli kullaniladi. Ishlab chikarishni kiskartirish uchun narxlarni boskichma-boskich pasaytirish strategiyasi jami gamlamalar sotib tugatilgunga kadar amalga oshiriladi. Unga mukobil xolda foydani kuvvatlash yulida kushimcha xarajatlar, xususan maxsulot sotishni ragbatlantirish xarajatlarini kiskartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saklab kolinadi. Rakiblarning bozorni tashlab chikib ketishiga karab, bozor tahminoti manbalari kiskaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu maxsulotga xali muxtoj bulgan muayyan bozor segmenti saklanib koladi. Bu esa maxsulot yashash davrining sunggi boskichi davrida bozorda kolgan firmaga uz narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin. Savdo-sotik faoliyatida marketing mutaxassisari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «kaymogini olish» va «kirib olish» siyosatidir. «Kaymogini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chikarish narxidan ancha yukori urnatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Kaymogini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi maxsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx kandaydir bir yukori darajada belgilanadi, maxsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb ehtirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning tuyinishidan sung istehmolchilarni jalb kilish maksadida narx pasaytiriladi. SHunday yul bilan tulik daromad eng kup mikdorga yetkaziladi. SHu sababli yagona yul – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir. «Kaymogini olish» va «Kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favkulodda namoyon bulishi xisoblanadi. Uning birinchisi – kimmat naxlar, ikkinchisi – arzon narxlar strategiyasidir. Narx deb - tovarning kiymatiga aytiladi. Mexnat sarfi, bozor uchun ishlab chikarilgan va istehmol kobiliyatini kondirish xolatiga ega bulganda tovar bula oladi. Tovarniig kiymati tovarga sarf etilgan jonli mexnat kiymati bilan kuprok namoen buladi tovarga kuyiladigan narx unga ketadigan barcha xarajatlarni uzida aks ettiradi. Narx siesati marketingga kirib borishda eng asosiy instrument bulib xisoblanadi, xamda marketingning asosiy printsiplaridan biri bulib koladi. Bozorda narx uchta gurux omil natijasida shakllanadi: 1.Talab (bozorda uxshash tovarlar mavjudligi va ularga bulgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, talablar) 2.Xarajat (ishlab chikarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda). 3.Rakobat omillari (tarmokdagi firmalar soni, aynan uxshash import tovarlari,rakobatchilar tovarlariga bulgan narxni bilish. Asosiy narxni belgilash uslubi kuyidigilardan iborat: -narxlashtirish masalasi kuyiladi, -talabi aniklanadi, -xarajatlari baxolanadi -rakobatchilar va narx taxlil kilinadi, -narxlashtirish uslubi tanlanadi, -oxirgi natijaviy narx urnatiladi. Narx belgilashning kiyinligi, muayyan darajada maxsulotning yangiligi darajasiga xam boglik , bu daraja esa uchga bulinadi: -eng yangi maxsulot texnikaviy ilgor maxsulot -original bulmagan (yangi taklidiy) va urinbosar maxsulotlar. Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi. Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi xaridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning xaridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi. Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning xarid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa xaridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi. Download 102,78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling