Oʼzbekistonda narx siyosati va uning asosiy yoʼnalishlari reja


Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari


Download 102.78 Kb.
bet7/8
Sana01.05.2023
Hajmi102.78 Kb.
#1419602
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat narx siyosati

6. Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari

Davlat investitsiya siyosati hamda investitsiyaviy faollikni pag‘batlantirish chora-tadbirlari, ishlab chiqilishini, investitsiyalar bozori o‘rganilishi tanlab olinishini va ro‘yobga chiqarilishini hamda markazlashgan kapital qo‘yilmalar va chet el investitsiyalaridan foydalanilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, iqtisodiyotning real sektorida o‘zgartirishlarga doir davlat siyosati maqsad va vazifalari izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlovchi investitsiya dasturlarini tayyorlaydi va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, muhim va yirik investitsiya loyihalarini, shu jumladan, mablag‘ bilan ta’minlash chet el sarmoyasi ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarning yig‘ma ekspertizasini o‘tkazadi;


Belgilangan tartibda davlat investitsiya dasturini shakllantiradi va qurilishlarning tegishli aniq ro‘yxatlarini kelishib oladi;
Moliya, pul-kredit, valyuta va narx siyosatining umumiy yo‘nalishlari, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda, to‘lov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda;
xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik qilish hamda qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda;
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha respublikaning pozitsiyasini shakllantirish va amalga oshirishda;
chet el investitsiyalarini jalb etish va respublika subyektlari investitsiyalarini xorijda joylashtirish, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari bilan investitsiya sohasida hamkorlik qilishga doir davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini ta’minlashda va xalqaro investitsiya hamkorligi sohasidagi takliflarni ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ayrim moddalarini, shu jumladan, ijtimoiy soha, mudofaa, xavfsizlik tizimi hamda xalq xo‘jaligining ayrim ustuvor tarmoqlarini budjetdan moliyaviy ta’minlashning iqtisodiy asoslanishini ta’minlaydi;
respublika iqtisodiyotining ahvoli to‘g‘risida yillik va choraklik dokladlar tayyorlaydi, uni rivojlantirishdagi disproporsiyalarni aniqlaydi hamda ularni tuzatish yo‘llarini belgilaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotni rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tovar bozorlarida to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyoj va talabni o‘rganishni tashkil etadi hamda eng muhim mahsulot turlariga ehtiyoj va talablarning istiqboldagi moddiy balanslarini ishlab chiqadi, mamlakatning resurs bazasini prognozlashtiradi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va resurslarni asrashning iqtisodiy mexanizmiga doir takliflar tayyorlaydi;
davlat mudofaa buyurtmasi, mamlakat iqtisodiyoti safarbarligi rejasini belgilangan tartibda shakllantiradi va uning bajarilishini nazorat qiladi ;
xorijiy mamlakatlar bilan harbiy-iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda, harbiy texnika va boshqa harbiy mulklarni ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishda, safarbarlik quvvatlarini tashkil etish va saqlashda ishtirok etadi;
alohida davrda va favqulodda holatlarda iqtisodiyotni boshqarish prinsiplarini ishlab chiqadi, mamlakatning safarbarlik tayyorgarligini tashkiliy va uslubiy ta’minlashni amalga oshiradi, davlat moddiy zaxirasi tizimini rivojlantirishda, fuqapo muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni bajarishni ta’minlashda qatnashadi;
mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashtirilgan manbalari hisobidan davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar (ishlar va xizmatlarni bajarish) yetkazib berish hajmlari va tuzilmasini, mamlakat mudofaa va xavfsizligi ehtiyojlari uchun moddiy-texnik resurslarning eng muhim turlarini davlat tomonidan bronlashtirish, davlat moddiy zaxirasi va O‘zbekiston Hukumati zaxirasi ham shunga kiradi, belgilangan tartibda shakllantiradi hamda ularni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining mintaqaviy aspektini, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqadi;
davlatning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda aholining daromadlari va ehtiyojlari sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
davlat ekologiya siyosatini shakllantirish va uning amalga oshirilishi hamda O‘zbekistonning ekologiya xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi.
b) statistika sohasida:
davlat statistika siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi va yagona ilmiy uslubiyot asosida respublika statistika axborot tizimining faoliyat ko‘rsatishini tashkil etadi, iqtisodiy va ijtimoiy axborotning oshkoraligi va barchaga tushunarli bo‘lishini izchil kengaytirish, uni jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng muhim omiliga aylantirish ishlarini olib boradi;
milliy hisoblar hamda davlatning yakuniy iqtisodiy balanslarini ishlab chiqadi hamda ularga talablarni hisobga olib respublika statistika tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, uni iqtisodiyot, madaniyatning rivojlantirish, xalqning turmush darajasi va farovonligi oshishini hisobga olish va nazorat qilishning indikativ, tahliliy hamda statistik uslub va asboblarini ta’min etuvchi xalqaro normalar va standartlarga muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
statistika axborotlarini to‘plash, qayta ishlash, yig‘ish, saqlash va uzatishning yagona texnologik tizimini va dasturiy ta’minlanishini muntazam takomillashtirib boradi, hisoblash markazlari hamda davlat statistika tizimining boshqa tashkilotlari tarmog‘i faoliyatini muvofiqlashtiradi;
respublikani har tomonlama tavsif etuvchi statistika ko‘rsatkichlarining hamda iqtisodiy va ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonlarning ishonchliligi, obyektivligi, tezkorligi, barqarorligi, kompleksliligi va tizimliligini ta’minlaydi;
xorijiy davlatlarning statistik xizmatlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan statistika axborotlarining elektron ayirboshlanishini tashkil etadi hamda tegishli axborot banklarini joriy etadi;
respublika hududida umumiy uslubiy asosda ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning yagona makonini shakllantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;
respublika hududida joylashgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat registri va iqtisodiy-statistika klassifikatorlari tizimini yuritishni amalga oshiradi;
iqtisodiyot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlatlararo va mintaqalararo statistik qiyoslashni olib boradi;
respublika, uning mintaqalari va xalq xo‘jaligi tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ hujjatlar bajarilishini tashkil etadi va ularning borishini statistik kuzatishni amalga oshiradi;
quyidagilarni statistik kuzatishni amalga oshiradi va ular to‘g‘risida umumlashtirilgan axborot tayyorlaydi:
takror ishlab chiqarish jarayonlari, davlat, korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining moliyaviy ahvoli, pul muomalasi va kredit tizimi, narxlar dinamikasi va inflatsiya darajasi;
iqtisodiy islohotlar, institutsional o‘zgartirishlar, bozor munosabatlari va bozor infratuzilmasi shakllanishining borishi;
mehnat bozorlari, investitsiya va iste’mol tovarlari hamda xizmatlari konyunkturasi, tovar zaxiralari va butun iqtisodiy konyunktura dinamikasi;
demografik jarayonlar, mehnat resurslari va tuzilmasi, mehnatga haq to‘lash hamda uning sharoitlari, ishsizlik hamda ish bilan band bo‘lmagan aholi darajasi;
ijtimoiy guruhlar va daromadlilik guruhlari bo‘yicha aholi turmushining moddiy ta’minlanganlik darajasi, kun kechirish minimumi, turar-joy sharoitlari, cog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, huquq-tartibot va ekologik ahvol;
iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, ularning ilmiy-texnik potensiali faoliyati dinamikasi;
davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati va savdo balansi;
dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha uslubiy bazani yaratadi, tematik yozishmalar, tsenz tadqiqotlari, monitoringni tashkil etadi va yuritadi;
kelgusi davrdagi statistik ishlarning davlat dasturi (davlat buyurtmasi) ni shakllantiradi va uning bajarilishini ta’minlaydi;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qopaqalpog‘icton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda respublika hududida joylashgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni (statistik manbalarni) davlat statistika organlarida markazlashtirilgan davlat statistik hisoboti blankalari (shakllari) hamda ularni to‘lg‘azish bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
statistika ishlari rejasiga muvofiq respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlarini belgilangan tartibda ularning faoliyat yo‘nalishlariga hamda axborot ehtiyojlariga tegishli bo‘lgan statistik axborot bilan ta’minlaydi.
4. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni taqdim etadi:
kelgusi davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi;
xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot va oziq-ovqat tovarlarining eng muhim turlari bo‘yicha moddiy balanslar;
davlat zaxirasini shakllantirish, mamlakatning safarbarlik tayyorgarligi va fuqaro mudofaasi bo‘yicha tadbirlar;
davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilish hajmlari va tuzilmasi;
kelgusi davr uchun investitsiya dasturi;
kelgusi yil uchun statistika ishlari davlat dasturi (statistika ishlarini amalga oshirishga davlat buyurtmasi);
O‘zbekiston iqtisodiyotining ahvoli haqida yillik va har choraklik dokladlar;
mamlakatning alohida tarmoqlari, mintaqalari va aholining hayotiy ta’minlanganligini rivojlantirish masalalari; tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi hukumatlararo shartnomalar va bitimlar loyihalari, markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish, hukumat kafolati bilan olinadigan chet el kreditlarini tovarlar bilan qoplash; iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solish, pul hisob-kitoblari ahvolini yaxshilash, qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish hamda aksiyadorlik sarmoyalarining harakatlanishi; xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish hamda davlat mulkini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari va uslubiyoti; iqtisodiy islohotni ta’minlashni me’yoriy-huquqiy takomillashtirish; bozor infratuzilmasini hamda bozor iqtisodiyotining yangi shakllarini rivojlantirish hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha iqtisodiy asoslangan xulosalar.
5. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa O‘zbekiston davlat ijroiya hokimiyati organlari va mintaqalar ijroiya hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
6. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga unga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
respublika iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognozlashtirish, uning hisobini yuritish, istiqbollarini belgilash va iqtisodiyotni boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan uning vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolati doirasida ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqarish. Zarur bo‘lganda qarorlar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda yoki ular bilan kelishilgan holda qabul qilinadi;
o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Hukumati topshirig‘iga ko‘ra uning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan, xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, chet mamlakatlar davlatlari, savdo-iqtisodiy ittifoqlar bilan savdo-iqtisodiy bitimlarni tayyorlash va imzolashda, xalqaro iqtisodiy, moliyaviy va statistika tashkilotlari ishida xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekiston bo‘yicha qismida qatnashish;
Vazirlikka ajratiladigan mablag‘lap doirasida ilmiy tadqiqotlarga, makroiqtisodiyot va statistika sohasidagi eng muhim ilmiy ishlar ro‘yxatlarini belgilash, uning vakolatiga kiruvchi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq fanlar akademiyalari, boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar, ayrim olimlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ushbu maqsadlarga Fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi orqali budjetdan yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarning taqsimlanishida qatnashish;
barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar hamda kimga bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona statistik standartlar, klassifikatsiyalar, uslubiyotlar asosida statistika va hisob masalalari bo‘yicha yo‘riqnomalar va shakllarni tasdiqlash;
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qopaqalpog‘icton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublika xalq xo‘jaligini safarbarlikka tayyorlash bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish, sanoat, transport hamda boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining yirik obyektlarini joylashtirish loyihalarini ularning alohida davrda iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi barqarorligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish hamda ushbu masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
vazirliklar, idoralar, shu jumladan moliyaviy, bank, bojxona va boshqa idora hamda xizmatlardan, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kimga bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolardan bepul asosda davlat statistika hisoboti, barcha hisob-statistika ishlari bo‘yicha zarur ma’lumot va materiallarni belgilangan hajmlarda va muddatlarda olish;
o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari, va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda kengashlar chaqirish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, kimga bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa yuridik shaxslar tomonidan statistika va hisob masalalariga oid qonuniy va normativ hujjatlarning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish; vazirliklar, idoralarda, kimga bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hisobotning ishonchliligi hamda boshlang‘ich hisobning ahvolini tekshirish;
buzilish hollari aniqlangan taqdirda tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga boshlang‘ich hisob, buxgalterlik balansi va boshqa o‘zaro bog‘liq hujjatlarga tuzatishlar kiritish mas’uliyatini yuklash, davlat statistik hisobotini oldindan bila turib buzish hollari aniqlangan taqdirda esa aybdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan intizomiy, moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish choralarini qo‘llash to‘g‘risida iltimos qilish;
qonunda nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquqiy normalarga muvofiq boshqa davlatlar statistika idoralari bilan statistika uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish, iqtisodiy demografiya, ijtimoiy, ekologiya sohalarida statistika axborotlarini elektron qayta ishlashning yangi texnologiyalaridan foydalanish masalalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzish.
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish statistikasi va prognozlashtirilishining ilmiy darajasini oshirish, uslublarini takomillashtirish hamda tashkil etishni yaxshilash uchun javob beradi.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi amaldagi qonun hujjatlari doirasida o‘ziga yuklatilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash borasida barcha zarur choralari ko‘rishga huquqlidir.
8. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
9. Makroiqtisodiyot va statistika vazirini tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Xulosa

Narx o’zida faqat naflilik yoki ijtimoiy mеhnat sarflarining birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda puldagi ko’rinishini ifoda etadi. Dеmak, narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.


Narxning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati, pulning qadr-qimmati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini bеlgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni ta’minlash vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga olish vazifasi; tartibga solish vazifasi; raqobat vositasi vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi.
Narxning juda ko’p turlari mavjud bo’lsada, ularning barchasi bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
O’zbеkistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sеkinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi.
Rеspublikada narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi.



Download 102.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling