O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki Reja


Monopoliyaga qarshi davlat organlarining


Download 102 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1627031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nodavlat notijrat

Monopoliyaga qarshi davlat organlarining xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatishining huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi, “Reklama to`g`risida”, “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan.
Iqtisodiyotning xususiy sektorini jadal rivojlantirishni rag`batlantirish, tabiiy monopoliya korxonalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, raqobat muhitini shakllantirish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning bozor tizimini yaratish bo`yicha qat`iy chora-tadbirlarni amalga oshirishni, shuningdek, iste`molchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi PF-3602-son farmoniga asosan O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi tashkil etildi. Mazkur farmonda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish qo`mita faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri ekanligi belgilab qo`yildi.
Monopolistik faoliyatni amalga oshirish hamda raqobatni cheklash orqali tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarda qo`mita tomonidan huquqi buzilgan tadbirkorlik subyektlariga yuridik yordam ko`rsatilishi mumkin. Bunda qo`mita tomonidan monopolistik faoliyatni cheklashga va raqobatni rivojlantirishga qaratilgan qonunlarni buzayotgan davlat organi hamda xo`jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga qonun buzilishini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatma berilishi yoki aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etilishi mumkin. Qo`mita tadbirkorlik subyektlarining huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan xo`jalik sudlariga davlat bojini to`lamasdan da`vo arizalari bilan murojaat etish huquqiga ega.


Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling