O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki Reja
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish
Download 102 Kb.
|
nodavlat notijrat
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
3. Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish
Bozor munosabatlari sharoitida xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda ularga yuridik yordam ko`rsatishda advokatura bilan bir qatorda, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar ham o`ziga xos muhim o`rin egallaydi. O`zbekiston Respublikasi “Nodavlat va notijorat tashkilotlari to`g`risida” gi Qonunining 2-moddasiga binoan nodavlat notijorat tashkiloti - bu jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o`z qatnashchilari (a`zolari) o`rtasida taqsimlamaydigan o`zini o`zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma`rifiy maqsadlarga erishish, ma`naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarning xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatishini O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O`zbekiston fermer xo`jaliklari uyushmalari misolida ko`rib chiqamiz. O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatishning huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 7 iyuldagi “O`zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 avgustdagi “O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorida o`z ifodasini topgan. O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlaridan biri tadbirkorlik faoliyati subyektlariga keng turda xizmat ko`rsatish, jumladan, axborot ta`minoti va maslahat yordami berish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini, jumladan, ro`yxatga olish, mahsulotni sertifikatlash va litsenziya berish, shuningdek, ishlarini sudlarda ko`rib chiqish masalalarida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishdir. O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to`g`risida”gi Qonunining 13-moddasida Palataning huquqlari belgilab berilgan bo`lib, ulardan quyidagilari bevosita xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish bilan bog`liq: tadbirkorlik faoliyati subyektlariga huquqiy va boshqa xil yordam ko`rsatish; tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlashda, tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari hamda tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro`yxatdan o`tkazishda ko`maklashish; xalqaro va chet el tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq sohada Palata a`zolarining manfaatlarini ifoda etish; tadbirkorlik subyektlarining faoliyati masalalariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish; iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun qonun hujjatlariga muvofiq hakamlik sudlarini, shu jumladan, xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etish; palata a`zosi bo`lmish tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etish; davlat boji to`lamasdan sudga Palata a`zolari manfaatlarini ko`zlab da`vo taqdim etish, shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish. O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2004 yil 21 sentabrda bo`lib o`tgan ta`sis Konferensiyasida tasdiqlangan ustaviga muvofiq u xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish bo`yicha quyidagi huquqlarga ega: tadbirkorlik subyektlari manfaatlariga daxldor qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va muhokama qilishda qatnashish; Palata a`zolari-tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan, davlat va xo`jalik boshqaruv organlarida ifoda etish va himoya qilish; o`z a`zolarining manfaatini Xalqaro savdo palatasida, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq boshqa xalqaro tashkilotlarda ifoda etish; o`z vakolati doirasida davlat hokimiyati organlari tomonidan tuzilgan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlariga daxldor masalalar bo`yicha idoralar, idoralararo va boshqa komissiyalar, ekspert kengashlari va boshqa organ va tashkilotlarning ishlarida ishtirok etish; tadbirkorlik faoliyati subyektlariga axborot ta`minoti, yuridik va konsultativ yordam berish hamda boshqa turli xildagi masalalarda yordam va ko`mak berish; Palataga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish zarurati yuzasidan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlaridan axborotlar olish; zamonaviy talab va standartlardan kelib chiqib tadbirkorlarni o`qitish va malakasini oshirishni tashkil qilish. Savdo-sanoat palatasi tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatishning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, Palata faqatgina unga a`zo bo`lgan va doimiy ravishda a`zolik badallarini to`lab borayotgan xo`jalik yurituvchi subyektlarga tekinga yoki imtiyozli shartlarda yuridik yordam ko`rsatadi. Palataga a`zo bo`lmagan xo`jalik yurituvchi subyektlarga ham shartnoma asosida Palata yuridik yordam ko`rsatishi mumkin, biroq bunda davlat boji to`lamasdan sudga da`vo taqdim etish huquqiga ega bo`lmaydi. Savdo-sanoat palatasi tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: xo`jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun zarur bo`lgan hujjatlarni tayyorlash, ta`sis hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish ; shartnomalarni, shu jumladan, xo`jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish ; da`vo ishlarini yuritish ; xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu jumladan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek, sudda ifoda etish hamda himoya qilish ; huquqiy masalalar bo`yicha tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan og`zaki va yozma ma`lumotnomalar berish; Palata a`zosi bo`lgan xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o`tkazish jarayonida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishtirok etish. Download 102 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling