O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki Reja


O`zbekiston Fermer xo`jaliklari uyushmasi


Download 102 Kb.
bet6/6
Sana20.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1627031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nodavlat notijrat

O`zbekiston Fermer xo`jaliklari uyushmasi xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik ko`rsatishining huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda uyushma ustavida belgilangan.
Qonunning 25-moddasida fermer xo`jaliklari ixtiyoriylik asosida birlashishi, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta`minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo`jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo`sinidagi va boshqa xil xizmatlar ko`rsatish bo`yicha uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirishi mumkinligi belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston Fermer xo`jaliklari uyushmasi fermer xo`jaliklarini shartnoma asosida o`zining a`zolari sifatida birlashtiradi, yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan mustaqil nodavlat tashkiloti hisoblanadi hamda o`z faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va o`z-o`zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Uyushma va uning hududiy vakilliklari fermer xo`jaliklarining manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda himoya qiladilar va ifodalaydilar, o`z faoliyatlarini ustavlarga muvofiq, to`liq xo`jalik hisob-kitobi prinsiplarida tashkil etadilar.
Uyushma o`z a`zolari bilan o`zaro huquqiy munosabatlarini ustav hamda xo`jaliklar tomonidan Uyushmaning tuman vakilliklari bilan tuziladigan, O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlarning o`zaro javobgarligini va manfaatlarini nazarda tutuvchi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Uyushmaning xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish bilan bog`liq vazifalariga quyidagilar kiradi:
fermer xo`jaliklarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga yuridik yordam olishda ko`maklashish.



Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling