O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki Reja


-. Advokatura tomonidan xo`jalik yurituvchi


Download 102 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1627031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nodavlat notijrat

2-. Advokatura tomonidan xo`jalik yurituvchi
subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko`rsatishligi belgilab qo`yilgan. Advokatura - huquqiy institut bo`lib, u advokatlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug`ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko`ngilli, kasbiy birlashmalarini o`z ichiga oladi. Advokatura instituti orqali xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish masalalari O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi “Advokatura to`g`risida”gi qonunida hamda O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida”gi qonunlarida o`z ifodasini topgan.


Advokatura advokatlik firmalari, hay`atlari hamda byurolari shaklida faoliyat ko`rsatadi.
“Advokatura to`g`risida”gi Qonunning 5-moddasida advokatlik faoliyatining turlari ko`rsatilgan bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
-huquqiy masalalar bo`yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan og`zaki va yozma ma`lumotnomalar berish;
-huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish;
-fuqarolik ishlari hamda ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish;
-jinoiy ishlar bo`yicha dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da`vogar va fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etish;
-tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko`rsatish.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar bilan advokatura (advokatlar hay`atlari, advokatlik firmalari va byurolari) o`rtasida ko`rsatiladigan yuridik yordam hajmi, muddatlari va mazmunidan kelib chiqqan holda uch xil ko`rinishdagi shartnoma tuzilishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat:
a) axborot- yuridik yordam ko`rsatish;
b) alohida topshiriqlar bo`yicha yuridik yordam ko`rsatish;
v) barcha masalalar bo`yicha yuridik yordam ko`rsatish.
Axborot-yuridik yordam ko`rsatish shartnomasi bo`yicha advokatlar xo`jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini hamda tadbirkorlarni amaldagi qonun hujjatlari bilan tanishtiradilar va ularni amalda to`g`ri qo`llash bo`yicha maslahatlar beradilar. Bunday shartnoma ma`lum bir muddatga (masalan, bir yilga) yoki bir marta axborot olish uchun tuzilishi mumkin.
Alohida topshiriqlar bo`yicha yuridik xizmat ko`rsatish shartnomasiga ko`ra xo`jalik yurituvchi subyektlar advokatlarga, jumladan ma`lum shartnomani tuzishda yozma huquqiy xulosa berishni yoki xo`jalik nizosi bo`yicha uning vakili sifatida sudda qatnashishni taklif qilishlari mumkin. Masalan, O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi Qonunining 20-moddasida xo`jalik shartnomasi subyektlariga yuridik xizmat ko`rsatish ularning yuridik xizmatlari yoki ana shu maqsadda shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan. Alohida topshiriqlar bo`yicha yuridik ko`rsatish shartnomasi bir martalik xususiyatga ega bo`lib, u ijro etilgandan keyin o`z kuchini yo`qotadi.
Barcha masalalar bo`yicha yuridik yordam ko`rsatish shartnomasi, odatda, muayyan muddatga (bir yil yoki undan ortiq muddatga) tuziladi va advokatura xo`jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyatini huquqiy jihatdan ta`minlashni tashkil etish majburiyatini oladi hamda xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida yuzaga keladigan barcha huquqiy muammolarni hal qilishga ko`maklashadi. Mazkur shartnomaga muvofiq advokatura O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat to`g`risida”gi Nizom asosida korxonaning yuridik xizmatiga yuklatilgan vazifalarni bajaradi va ularga taqdim etilgan huquqlardan foydalanadi. Mazkur yuridik yordam ko`rsatish shartnomasida advokat xo`jalik yurituvchi subyektning xo`jalik faoliyatini chuqur o`rganish hamda ro`y berayotgan huquqbuzarliklarni va kelib chiqayotgan nizolarni tahlil etish orqali ularni oldini olish choralarini ko`rishdan manfaatdor bo`ladi. Aks holda xo`jalik yurituvchi subyektning faoliyatida huquqbuzarliklar va xo`jalik nizolari ko`payishi, advokatning ish hajmini ortishiga olib keladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektga yuridik yordam ko`rsatayotgan advokat “O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat to`g`risida”gi Nizomda belgilab qo`yilgan huquqlardan tashqari, advokat sifatida maxsus huquqlarga ega. Mazkur huquqlar O`zbekiston Respublikasining “Advokatura to`g`risida”gi Qonunning 6-moddasida belgilab qo`yilgan bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo`lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirig`iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;
sudlarda, shuningdek, ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan faktlar to`g`risidagi ma`lumotlarni to`plash;
yuridik yordam ko`rsatilishi munosabati bilan davlat organlaridan, korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan hamda jamoat birlashmalaridan zarur bo`lgan ma`lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so`rash va olish;
yuridik yordam ko`rsatish uchun zarur bo`lgan masalalar yuzasidan ekspertlar xulosalarini, mutaxassislarning ma`lumotnoma-maslahatlarini mijozning roziligi bilan so`rash va yozma tarzda olish;
unga vakolat bergan yoki uning himoyasida bo`lgan shaxsga nisbatan ish yuritayotgan sudga va boshqa davlat organlariga to`plangan materiallarni taqdim etish;
mansabdor shaxslarga iltimosnoma va shikoyat berish hamda ulardan yozma tarzda dalil-isbotli javob olish.
Mazkur huquqlar advokaturaning mavqeini oshirishda muhim rol o`ynamoqda. O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida”gi Qonunning qabul qilinishi advokatura faoliyatini jonlantirish va u tomonidan yuridik yordami ko`rsatish sifati yaxshilanishiga imkoniyat yaratdi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish jarayonida advokatura asosiy yuridik yordam ko`rsatuvchi tashkilot bo`lib qolmoqda. Chunki, xo`jalik yurituvchi subyekt tashkil etilish jarayonida o`zining yuridik xizmat xodimiga ega bo`lmaydi.
Hozirgi vaqtda xo`jalik yurituvchi subyektlarining aksariyati xo`jalik nizolarini hal etish uchun hamda xo`jalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan o`tkazish uchun advokatura xizmatidan foydalanishga harakat qilishmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda advokatlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun jami 3000 nafardan ziyod advokat litsenziya olgan. Ular 20 ta advokatlik hay`ati, 110 ta advokatlik firma hamda 148 ta byurolarga birlashib faoliyat ko`rsatishmoqda.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling