O’zbekistonda Oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, islohotlar va uning istiqbollari
Download 0.6 Mb.
|
BT-7 Husnixat Umarova Baxtigul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Husnixatga o’rgatish tamoyillari
- Husnixat va uni o ’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Husnixat daftariga qiyos tanqidiy tahlilTayyorladi: Umarova BaxtigulO’quvchilarning husnixatdan muhim tushunchalar o’zlashtirishlarini, yozma nutqqa, chiroyli yozuvga oid ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta'minlaydi. Bu ko’nikma va malakalar o’rta maktabda boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. Husnixat bilan yozishning ijtimoiy ahamiyati juda katta bo’lib, o’quvchilarning-madaniyatni egallashlariga yo’l ochadi. Umumiy o’rta ta’im olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantiradi. o’quvchi bilan umumiy o’rta ta'limga tayyorlaydi Husnixatning ahamiyati Chiroyli yozuvning mohiyati. O’quvchilarni chiroyli yozuvga o’rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati, chiroyli yozuv o’quvchida mehnat qobitiyatini shakllantirishi, yuklatilgan vazifani toza, aniq, madaniyat bilan bajarishga o’rgatishi, estetik didni tarbiyalashi. chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini olishi. xunuk xat o’quvchida yozuvga nisbatan mas'uliyatsizlik hissini uyg’otishi o’ylamay yozishga imlo xatolariga befarq bo’lishga olib kelishi chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyati, huijatlar o’qib bo’lmaydigan dastxat bilan yozilsa o’quvchining ko’p vaqtini olishi va tushunmaslikka olib keishi. Kundalik hayotda dastxat bilan ma'ruza, dalolatnoma, tarjimai hol, ariza, e’lon va boshqa ish qog’ozlarini yozishga to’g’ri kelishi, maktabda o’qib bo’lmaydigan dastxat o’quvchilar ishini tekshirishni qiyinlashtiradi. Husnixatga o’rgatish tamoyillariUmumdidaktik va grafik malakalar bilan bog’liq tamoyillar. Onglilik, soddadan murakkabga tamoyili, takrorlash. ko’rgazmalilik, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari husnixatga o’rgatish tamoyillari. Onglilik tamoyili.O’quvchilarning harf shakllarini qanday va qay tartibda yozishi, qiyaligi bo’yi, enini mo’ljallashda, harflarni keyingi harflarga ulashda, ruchka ushlashda partada o’tirish qoidalari, grafik kamchiliklarni aniqlay bilishida namoyon bo’lishi. Ko’rgazmalilik tamoyili.ko’rgazmali vositalar: karton,jadvallarda oldindan yozib namoyish qilish: ko’rgazmali harakat, xattaxta. daftarda o’quvchilar qo’lidan ushlab yozdirishda namoyon bo’lishi. Takrorlash tamoyili.Yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Takrorlash. yozuvni tahlil qilish, taqqoslash. Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning mexanik va samarasiz mashqqa aylanib qolmasligi. Genetik tamoyil.Harf elementlarini o’rganuvchi, shakli oson harflardan so’ng shakli murakkab harflar guruhini yozish harf birikmasi, bo’g’in, so’z, gap tartibida yozuvni uyushtirish. O’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Har bir o’quvchining ruchka ushlashi, daftar tutishi, yozuv tezligi, yutuq va kamchiligini hisobga olib borish zarurligi. Yozuvga o’rgatishni o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish savod o’rgatish jarayonidagi asosiy prinsiplardan ekanligi. Bolaning husnixati uning birinchi o‘qituvchisining bilim saviyasidan darak beradi, degan gapni ko‘p eshitganmiz. Haqiqatan ham kichik yoshdagi o‘quvchilarning axloqiy va estetik didini tarbiyalash, ongli o‘qish va yozish malakalarini oshirish, yozuv daftari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun chiroyli, bexato yozuvning ahamiyati katta. Dastlab daftar chiziqlarida harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to‘g‘ri chamalash o‘rgatiladi. O‘quvchilarni chiroyli husnixatga o‘rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi o‘ziga xos qoidalarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, yozuvda bosh harfning balandligi 8 mm , kichik harfning balandligi 4 mm bo‘lishi kerak. Daftarning chap tomonida hoshiya chizilmaganligi sababli 3 mm joy qoldirib yozish kerak. Yozuv daftari bilan ko‘z oralig‘i esa 30 sm bo‘lishi talab etiladi. Har bir o‘quvchi u yoki bu harfni tushunib yozishi, harflarning bir-biriga nisbati, balandligi, qiyaligini, ruchkani ushlash va to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Aytilgan qoidalarni o‘qituvchi har darsda takror eslatib, nazorat qilib borsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda takrorlab, ta’kidlab, kuzatib borish asosiy omil hisoblanadi. Yozuvda husnixatga o‘rgatishning vazifasi harfni, so‘z va gapni kitobdan, xattaxtadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarni tekshira olish va yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarini o‘qituvchi rahbarligida yoki o‘zi tuzata olishiga erishishdir Husnixat va uni o ’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:Uchinchidan, husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kitobxonning ko’p vaqt sarflashiga to’g ’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o ’qituvchi 30 talab 0’quvchilar daftarini tekshiradi. Natijada o’quvchilar qiladigan ishlarini o’ylab o ’tirmay bajaraveradilar, o’z xato va kamchiliklarini ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar. Ikkinchidan, dastxatga pala-partish va bee'tibor munosabatda bo’lish o’quvchilaming imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Birinchidan, husnixat bilan yozish o ’quvchilarda mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini hosil qiladi. - boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish. - boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga o’rgatish; - o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish; - talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish; E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling