O’zbekistonda respublikasida jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishi mundarija: kirish: I bob. O’zbekistonda jismoniy madaniyatning maqsadi
Download 105.95 Kb.
|
O’ZBEKISTONDA RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNING RIVOJLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi vazifalari
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
Kurs ishi predmeti:
Jismoniy madaniayt ijtimoiy tizim sifatida tutgan o`rni va uning ahamiyati bilan ishlashni tashkil etish. Kurs ishi maqsadi: Jismoniy madaniayt ijtimoiy tizim tashkilotida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini olib borish,maktab yoshdagi bolalarnijismoniy barkamollika yetaklash.O'quvchilarni har tomonlama etuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko'p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog'liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog'lanishiga zamin yaratadi Kurs ishi vazifalari: Jismoniy madaniayt ijtimoiy tizim jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan ishlash yoshlarni sog’lom tarbiyalash vositasi sifatida nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish; Sport mashg'ulotlari jarayoni oqilona tuzilishi umumiy va maxsus chidalilik xolatidagi nazoratni tartibga solish muxum. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi:kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa , foydalanilgan adabiyotlardan iborat. I BOB. ÕZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYATNING MAQSADI. 1.1. Ommaviy jismoniy madaniyat va sportni rivojlanishi. Insoniyat katta zafarli odimlar bilan XXI asr bo`sag’asidan o`tib, ijtimoiy soxada faqat yutuqlar, g’alabalarga erishish bilan chegaralanmay ayrim qiyinchiliklar, qarama- qarshiliklar, krizis xolatlari va ularni yengish yo`llarini axtarishdek muammolarni hal qilishiga to`g’ri kelmoqda. Jamiyatimiz a`zolarining, ayniqsa, yoshlarning jismoniy madaniyati va sport sohasi ham bundan istisno emas. Amalda barcha mamlakatlarda aholi jismoniy madaniyati, sportni rivojlantirishning yangi g’oyalari va usullarini intensiv axtarish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish chora-tadbirlari ko’rilmoqda va innovatsion loyihalar, yangi dastur, loyihalar va boshqalarni ishlab chiqish ustida bosh qotirilmoqda. Jahondagi qator ilg’or, boy mamlakatlar AQSH, Olmoniya, Xitoy, Yaponiya va boshqalarning jismoniy madaniyati jihatdan ham imidji yuqori. Afsuski, preziden-timiz, hukumatimiz tomonidan STT jismoniy madaniyati bo`yicha amalga oshirilayotgan, qimmatiga ko`ra tariximiz sahifasiga zarhal harflar bilan yozishga loyiq bo`lgan zafarli ishlari hozirgi kun uchun orzu, etishishimiz lozim bo`lgan ulug’ niyat bo`lib qolmoqda. Mamlakatimiz va xorijiy tadqiqotchilarni ko`rsatishicha, salomatlikni yaxshilash va uning profilaktikasi, STT jismoniy madaniyati, ommaviy sport turlari mashg’ulotlarining turli shakllarini aralashtirib, qo`shib, majmuasini yaratib, ulardan moddiy jihatdan katta sarf harajat talab qilmaydiganlarini topib, samarali uslubiyotlardan foydalanish bilan qo`yilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda muhim rol o`ynaydi. Jismoniy madaniyat - jamiyat a`zolarini jismoniy barkamolikka erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun yaratilgan moddiy, ma`naviy boyliklar va ulardan foydalanishning maxsus vositalari, uslubiyotlari va sharoitlarini yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish bo`yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir. Jismoniy madaniyat muayyan tarixiy sharoit mahsuli, xalq boyligi va mulki bo`lib, shaxsni har tomonlama barkamolligining mushtarak majburiy sharti bo`lib qolaveradi. Jismoniy madaniyat - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanib, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasidir. Mavjud jamiyatning jismoniy madaniyati holatini asosiy ko`rsatkichlari: odamlarning sog’lomligi va jismoniy chiniqganligi, jismoniy madaniyatning tarbiya va ta`lim sohasida, ishlab chiqarishda, turmushda o`rni, unga amal qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va hokazolardir. Jamiyat a`zosining jismoniy madaniyatga egaligi, jismoniy - madaniyatlilik, jismining sur`ati, siyrati bilan kundalik turmushiga jismoniy madaniyatni sing- dirilganligi darajasi bilan jismoniy salomatligi, jismoniy yetukligi, barkamollikka erishish uchun moddiy-texnik bazadan zaruriy darajada foydalanayotganligi, jismining harakat - sifatlarini rivojlanganligi, unga biologik yoshi tomonidan qo`yilgan talablarga javob bera olishi, STT odobi hamda uning udumlariga oid hayotiy-zaruriy malaka va ko`nikmalarga egaligi, o`qishdagi, mehnatdagi o`zaro muloqotlari, munosabatlari, axloqi, o`zini tutishida namoyon bo`ladi. Jismoniy yetuklik - inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, tashqi ko`rinishi va uning xizmatining o`zgarishi, jismning imkoniyatlarini nisbatan yuqsori darajaga ko`tarishi, bartqarorlashishi va asta- sekinlik bilan pasayishidek fazalar, jismoniy rivojlanganligiga oid nasldan-naslga o`tadigan, avlodlaridan meros tabiiy-hayotiy kuchlarining darajasi tushuniladi va ular tabiatning ob’ektiv qonuniyatlari asosida sodir bo`ladi. Jismoniy barkamollik - jismoniy salomatlikni talab darajasidagi me`yori, inson jismining harakat fazi- latlarini har tomonlama yuqori darajada rivojlanganligi va tayyorgarligi, mavjud jamiyatda ularni shakllantirishni ob`ektiv imkoniyatlari hamda sharoitlarini yuzaga kelmaganligi sababli real haqiqatga aylanmay abstrakt g’oyaligicha qolgan, yuqori jismoniy yetuklik darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur tushuniladi. Amaliy jismoniy madaniyat - bevosita kasb-hunar faoliyati sohasi hamda undan kelib chiqadigan talablar, ijtimoiy mehnat sharoiti bilan bog’liq maxsus jismoniy tayyorgarlik tizimi bo`lib, kasb-xunar egasining kasbiga oid harakat malakalari va ko`nikmalari hamda STT madaniyatini o`z ichiga olgan amaliy jarayon tushuniladi. Jismoniy tarbiya - ko`p yillik pedagogik jarayon bo`lib, inson jismining formasi va funksiyasini jismoniy mashqlar, sport, STT jismoniy madaniyati hamda tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlari, gigienik omillar orqali shakllantirshni o`z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya tizimi - tarixan shakllangan ijtimoiy idora (boshqaruv) turi bo`lib, aholining jismoniy kamolotini ta`minlash, uning xususiy xizmatiga kiradi. Bu aholi jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilot va muassasalarning shuningdek, g’oyaviy, ilmiy - uslubiy, dasturiy normalari asosini o`zida mujassamlashtiradi. Jismoniy sog’lomlik — jismoniy mashqlar va ommaviy sport bilan STT jismoniy madaniyat mashg’ulotlari davomida tizimli shug’ullanish orqali yoki jismoniy yetukligi darajasidagi harakat faolligiga egalik, organizmni tashqi muhitning noqulay oqibatlari va kasalliklarga qarshi tura olishi, turmush, hayotiy faoliyatlarning talablariga normal munosabatda bo`la olishini o`z ichiga oladi. Sport - jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, STT jismoniy madaniyatining vositasi, qadimgi yunonlarning so`zi bo`lib, «musobaqalashaman», «kuch sinashaman» degan ma`noni beradi. Sport «o`quv predmeti», «ommaviy- sog’lomlashtirish sporti», «katta sport» deb xillanadi hamda jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan faoliyat bo`lib, inson jismi, unga bog’liq bo`lgan qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish vositasidir. Bolalar sporti - o`quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysunadi, o`quv fani sifatida umumiy ta`lim maktablari o`quv rejalari va dasturlariga qisman kiritilgan, bolani sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatini maqsadli yo`naltirib, optimal harakat faolligiga erishish, jismi etukligi uchun zarur bo`lgan jismoniy tarbiya vositasidir. Yoshlar sporti - uning mazmuni atalishi bilan ifodalangan, chegarasi yosh gruppasi bilan belgilanadi, asosan katta maktab yoshi, kasb-xunar kollejlari, bakalavriyatning talabalarini sport mahoratini oshirish va katga sportga zahira tayyorlash vazifasini o`taydi. Kattta sport - inson jismining madaniyatiga egalikning eng yuqori darajasi, yuqori mahorat bilan namoyon qilinadigan faoliyati, boshqachasiga «oliy maqomdagi harakat» akti hisoblanadi. Ishlab chiqarishsiz, moddiy ne`mat yaratish bilan bog’lanmagan, o`quv tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysundirilgan organizmning «jismoniy fazilatlariga» katta talablar qo`yadigan ko`p yillik pedagogik jarayon. Ommaviy sport - STT jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi, sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining yetakchi vositasi, yuqori sport natijalariga erishishni nazarda tutmaydigan, bo`sh vaqtini aktiv dam olish, sportga bo`lgan qiziqishini qondirish maqsadida, layoqati shu sport uchun yetarli yoki yetarli emasligini e`tiborga olmay shug’ullanish imkoniyati bo`lgan sport mashg’ulotlari shakli. Sport tayyorgarligi- jismoniy madaniyatga egalik, jismoniy yetuklik va barkamollikka erishishning mutaxassislashtirilgan pedagogik yo`nalishi bo`lib, tarbiya tizimining manfaatiga xizmat qiladi va sportchini nazariy, ruhiy,umumjismoniy, maxsus jismoniy, sport turi texnikasi, taktikasi bo`yicha hamda ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarligini o`z ichiga oladi. Razminka - razminka organizmni «ishga kirishish»ga tayyorlaydigan maxsus tanlangan mashqlar kompleksi bo`lib, u har qanday aqliy, jismoniy mehnat yoki sport mashqi va sport musobaqasini boshlashdan oldin o`tkaziladigan maqsadli yo`naltirib tashkillangan mashg’ulot turi. Razminka mashqlari sportchi organizmining funksional imkoniyatlarini oshiradi, uni bo`ladigan ishga tayyorlaydi, maksimal ish qobiliyatining yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadi. Razminka mashqlari ta`sirida markaziy asab tizimining qo`zg’aluvchanligi optimal holatga ko`tariladi; moddalar, gazlar almashinuvi asta-sekin kuchayadi; oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari tezlashadi; depolardan qon aylanishi tizimiga qon chiqishi natijasida uning tarkibida qon tanachalarining soni ortadi; gemoglobin miqdori ko`payadi; nafas tizimlarining funksional holati kuchayadi; teri bezlarining ishi ortadi; asab tizimi va harakat reaksiyasining vaqti qisqaradi. Har qanday jismoniy, aqliy mehnat yoki sportning tanlangan turi bilan hamda turli xil kuch sinashuvlar, bellashuvlar va musobaqalar oldidan, organizmni xizmat faoliyatini yuqori yuklamadagi ishlarga tayyorlash maqsadida o`tkaziladigan maxsus, maqsadli, yo`naltirilgan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’uloti. STT jismoniy madaniyati tarkibida sport - Jismoniy tarbiya tizimi tarixan shakllangan ijtimoiy birlashgan tipi bo`lib, xususiy xizmatiga aholining jismoniy kamolotini ta`minlash kiradi. Bu g’oyaviy, ilmiy - uslubiy, dasturiy normalar asosini shuningdek, aholi jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilot va muassasalarnshg mujassamligidir. Sportning ahamiyati - avvaliga sport so`zining ma’nosi o`yinni ifodalagan, turli xildagi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orqali musobaqa predmeti sifatida ko`ngil ochish vositasi deb qaralgan. XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, yuqori natijalarga erishish maqsadida yoki musobaqalarda g’olib bo`lish, shuningdek, dam olish va xalqning ko’ngil ochishi faoliyati sanalgan. Download 105.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling