O’zbekistonda siyosiy islohotlar boshlanishi Hamda demokratik davlat boshqaruvining o’rnatilishi


O’zbekistonda demokratik tamoyillar asosiy milliy davlat


Download 0.99 Mb.
bet4/4
Sana12.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1262674
1   2   3   4
Bog'liq
Demokratik islohotlar ppt

4. O’zbekistonda demokratik tamoyillar asosiy milliy davlat
boshqaruv tizimining yaratilishi
Oliy Majlisni shakllantirish maqsadida 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi.
1993-yilning 28-dekabrida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi I chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublika siyosiy hayotida ulkan yutuq bo‘lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis -yangi Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida tuzildi.
Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etar ekanmiz, uni uchta asosiy davrga bo‘lish, mumkin.
Birinchi davr – 1991 -1994 yillar, ikkinchi davr – 1995-2004 yillar uchinchi davr – 2005 yildan hozirgi paytgacha.
1997-yil aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi.
Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo‘lib, uning huquqiy holatini aniq, ravshan belgilab beruvchi konstitutsiyaviy qonun Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi huquqiy hujjatdir.
Ushbu qonunda “Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi”, deb ta’kidlangan.
Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko‘rib chiqishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda
1992-yil 4- yanvarda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risida”gi va 1993-yil sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunlar asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ – hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi hamda uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo‘yildi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlarida bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida, viloyat hokimlari O’zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi.
Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. 1991 yilning noyabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda saylovning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi huquqiy jihatdan e'tirof etildi. Mazkur Qonunda siyosiy partiyalar mamlakat Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish hukuqiga ega ekanligi bayon etildi.
Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida bo‘lib o‘tgan ta'sis qurultoyida asos solindi.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an'analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat.
2008 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiya­si va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, ikkala partiyaning birlashishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling