O’zbekistonda siyosiy islohotlar boshlanishi Hamda demokratik davlat boshqaruvining o’rnatilishi


Download 0.99 Mb.
bet2/4
Sana12.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1262674
1   2   3   4
Bog'liq
Demokratik islohotlar ppt

Oliy Majlis. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamen-tining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo'ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo'yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko'rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida", 1994-yil 22-sentabrda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'p partiya-viylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo'Iishi belgilandi.
Davlat hokimiyati vakillik organlari - fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining vakillik shakli. D.h.v.o. vakillik xususiyati ularning saylov yoʻli bilan tashkil etilishi, masalalar jamoa tomonidan erkin muhokama asosida hal qilinishidan, oshkoralikdan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ular saylaydigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan mansabdor shaxslar vakillik organi oldida masʼul boʻlishidan va hisob berib turishidan, qonuniylikdan, fuqarolarni davlat ishlarini boshqarish ishiga keng koʻlamda jalb etishidan, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishidan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasida D.h.v.o. tarkibiga oliy vakillik organi - Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlari - hokim boshchilik qiladigan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari kiradi.
2. O’zbekistonda davlat siyosiy organlarining qayta shakllanishi
Oliy Majlis fuqarolar tomonidan hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyali saylov asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat. 18 yoshga yetgan fuqarolar Oliy Majlisga saylash, 25 yoshga yetgan fuqarolar saylanish huquqiga ega. Deputatlar oʻz saylovchilarining, deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan tegishli siyosiy partiya yoki D.h.v.o.ning vakili hisoblanadi.
Oliy Majlisning huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-boʻlim 18-bobida, Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlis toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunida (1994 y 22 sentabr) va Oliy Majlis reglamenta da belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi bevosita Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil takomillashtirib borildi.
Xususan, 1993-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 yilda 2 marotaba) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga bag‘ishlangan 98-moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi tahrirda bayon etilganligi ham konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba modernizatsiya qilinganligidan dalolat beradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling