O‘zbekistonda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari
Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari
Download 32.32 Kb.
|
Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari.
Turizm xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasidagi xalqaro tajriba Jahon turistik tashkiloti (БTT) tomonidan tadqiq qilinadi va umumlashtirib boriladi. Turizm Xartiyasida va Turist kodeksida (БTT Bosh assambleyasining VI sessiyasi, 1985 yil), Turizm bo‘yicha Gaaga parlament konferensiyasida (1989 yil) sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash shartligi qayd etib o‘tilgan. 1994 yili БTT Ijroiya Kengashi qoshida sayohatlarning xavfsizligi uchun javob beruvchi Turistik xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Shu yili БTT «Sayohatchilar, turistlar va turistik ob’ektlar xavfsizligi hamda ularni himoya qilish» mavzusida jahonning 73 mamlakatida tadqiqot o‘tkazdi. 1995 yili yozda JTT tashabbusi bilan Esterund (SHvetsiya)da turizm xavfsizligi hamda sayohatlar chog‘ida xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha I xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, jahon mamlakatlarining 71% da turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar maxsus turistik politsiya yoki xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Mamlakatlarning yarmidan ko‘pida bunday xizmat davlat politsiyasi yoki munitsipal politsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlar o‘rtasida yaxshi aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lmasa, turistlar sayohat paytida ma’lum muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti yoki mol-mulkiga tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish tarmoqlari, joylashtirish vositalari va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladilar. Download 32.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling