O’zbekistonda turizmini raqamlashtirishdagi muammolar. Muallif
Download 20.63 Kb.
|
1 2
Bog'liqBiznes Comunication new.
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN MANBAALAR RO‘YXATI
MUHOKAMA
Xozirda O’zbekiston turizmi oldingi davrlarga nisbatan birmuncha rivojlangan. O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turli xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda. O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Aslida olib qaraganda O’zbekistonning har bir soxasi yani, tarixi, shaharlari, madaniyati, manaviyati, ta’lim tizimi, axborot texnalogiyalari, tabiati va boshqa soxalari jahon diqqat markazida turibdi. O’zbekiston turizm faoliyati Covid-19 davrida barcha mamlakatlar qotori sezilarli foizlarga pasayganini sezishimiz mumkin. Pandemiya davrida ma’lum bir soxalar faoliyati pasaygan bo’lsa, ma’lum bir soxalar jadal rivojlana boshladi. Ayniqsa, raqamlashtirish, kompyuter texnalogiyalarini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. O’zbekistonda barcha sohalar qatori turizm ham pandemiya davrida raqamlashtirishga muxtoj bo’ldi va bu yuqori darajada bo’lmasa xam bir mumcha rivojlandi. Mustaqillikga erishilgach, 1992- yilning 27 iyulida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O’zbekturizm” ning asosiy vazifasi turizm sohasini raqamlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat. Endi statistikalar bilan tanishsak. Xalqaro turistik tushumlar - bu xalqaro tashrif buyuruvchilarning xarajatlari, shu jumladan xalqaro tashish uchun milliy tashuvchilarga to'lovlar. Ushbu kvitansiyalar belgilangan mamlakatda olingan tovarlar yoki xizmatlar uchun oldindan to'langan boshqa har qanday boshqa to'lovlarni o'z ichiga oladi. Ular, shuningdek, bir kunlik tashrif buyuruvchilarning kvitantsiyalarini ham o'z ichiga olishi mumkin, bundan tashqari, alohida tasnifni asoslash uchun etarlicha muhim bo'lgan holatlar bundan mustasno. Ba'zi mamlakatlar uchun ular yo'lovchi tashish tovarlari uchun kvitansiyalarni o'z ichiga olmaydi. uzbekistan.travel saytining ma’lumotiga asoslanib shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonning 2020-yilgi turizm statistikasi 395 000 000,00 ni tashkil etdi, bu 2019-yilga nisbatan 76,47 foizga kamaydi. O‘zbekistonning 2019-yilgi turizm statistikasi 1 679 000 000,00 ni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 27,78 foizga ko‘p. O‘zbekistonning 2018 yildagi turizm statistikasi 1 314 000 000,00 ni tashkil etdi, bu 2017 yilga nisbatan 57,37 foizga ko‘pdir. O‘zbekistonning 2017-yilgi turizm statistikasi 835 000 000,00 ni tashkil etdi, bu 2016 yilga nisbatan 44,21 foizga ko‘pdir. Yana bir statistikani keltirib o’taylik. Ko‘plab xalqaro nashrlarning ta’kidlashicha, mamlakatimiz 2020-yilda eng jozibali sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylandi.Masalan, kechagina Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi bu yil tashrif buyurishi kerak bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Toshkent ham bor. Mamlakatimizga sayyohlar soni yildan-yilga ko‘payib borayotganini hisobga olsak, bu munosib e’tirofdir. Mana bir nechta raqamlar. O‘tgan yili O‘zbekistonga 6 million 748 million kishi tashrif buyurgan. Bu 2018 yilga nisbatan 125 foizga ko‘p (5,346 million kishi). O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarning 6 million 260 million nafari MDH davlatlaridan, 488,4 ming nafari esa boshqa mamlakatlardan kelgan. Shu bilan birga, turistik xizmatlar eksporti 2019-yilga nisbatan 1313 milliard dollarga yetdi. 2018 yilda 1 041 mlrd dollar (o‘sish 126%). MDH davlatlaridan kelgan sayyohlar (966 559 million dollar) bu mablag‘ning yarmidan ko‘pini mamlakatimizda, boshqa mamlakatlardan kelgan sayohatchilar esa 346 million 472 million dollar sarflagan. Bu statistikalardan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, turizm sohasi ancha serdaromad soha. Mamlakatimizda turizmni raqamlashtirish, kelayotgan sayyohlarga va o’zimizga xam ancha qulaylik keltiradi. Mamlakatimiz turizm salohiyatini zamonaviy axborot texnalogiyalari bilan uyg’un holga keltirsak, xam sayyohlarning qiziqishini ortadi, xam raqamlashtirish sohasida o’sish va innovatsion loyihalar yaratilishiga sababchi bo’ladi. Bu boradi davlatimiz raxbari yoshlarga va IT mutaxasislariga keng ko’lamda yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Turizm soxasida xar xil startap loyihalar ham ishlab chiqilmoqda va bu loyihalar amalda foydalanishga topshirilmoqda. Bularning barchasi O’zbekiston turizmini rivojlantirishga qaratilgan. Turistlarning xohish-istaklari va umidlari so'roq yo'li bilan o'rganildi. Buning natijalari shuni ko’rsatdiki, sayyohlar Oʻzbekistonga yetarli maʼlumotga, maʼlum motivatsiyaga ega boʻlib kelishadi va aniq maqsadli bo’ladi. Sayyohlarning ko'pchiligi umumiy sifatdan mamnun. Lekin bu degani turizm sohamizda muammolar yo’q degani emas. Bularga misol qilib oziq-ovqat maxsulotlari, milliy kiyim kechaklar, milliy hunarmandchilik maxsulotlarining narxining sun’iy ravishda oshirilishi, sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash, transport va xizmat ko’rsatishni raqamlashtirish bundan tashqari mexmonxonalar faoliyati va tibbiy xizmatlarni xam raqamlashtirish va boshqa yo’nalishlarda xam muammolar yetarli desak mubolag’a bo’lmaydi. O’zbekiston turizmini Axborot texnalogiyalari bilan birgalikda uyg’un xolda olib borish uchun malakali IT mutaxasislar kerak bo’ladi. Buning uchun axborot texnalogiyalarini yoshlarga maktabdanoq o’rgatilishi kerak. Bu soxaning asl moxiyatini va nimalarga xizmat qilishi kerakligini yoshlarga o’rgatish kerak. Turli oliy o’quv yurtlarini, IT akademiyalarni tamomlayotgan yoshlarni bilm tajribasini oshirish uchun Chet eldan malakali mutaxasislarni jalb etish va bu yoshlarni chet davlat kompaniyalariga malaka oshirish uchun yuborish kerak. Xozirda turli IT akademiyalar chet el kompaniyalar bilan xamkorlik qilmoqda, yani bilmli yoshlarni o’sha kompaniyaga ishga yubormoqdalar. Bunday yirik IT kompaniyalarga misol tariqasida, Rossiyaning Playrix - mobil o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, Kasperskiy – kiberxavfsizlik bo’yicha kompaniya, IBM 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yurituvchi Amerika transmilliy kompaniyasi, Accenture -strategiyalar, maslahatlar, texnologiyalar va operatsiya kabi professional xizmatlarni taklif qiluvchi kompaniya va boshqa shu qator yirik IT kompaniyalar bilan kadrlar almashinuvini yo’lga qo’yish turizm soxasini rivojlantirishga asos bo’ladi. O’zbekiston turizmini raqamlashtirishga etibor borgan sari ortib bormoqda. Lekin bu kamlik qiladi. O’zbekiston turizmini raqamlashtirishi bo’yicha chet el bilan raqobatlasha olishi kerak. Bu jarayon qadamma-qadam amalga oshiriladi. Bu borada sifatga katta etibor qaratish lozim. Xulosa Ushbu maqoladan xulosa shuki, O’zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi muammolar bir talay. Ushbu muammolarni bosqichma-bosqich xal etish, soxadagi kamchilik va muammolarga o’z vaqtida, xolisona yechim topish, ushbu vazifaga yosh, malakali, bilmli, serg’ayrat yoshlarni jalb etish juda muximdir. Raqamlashtirish turizmning ich-ichigacha kirib borishi kerak. Maqsad nafaqat o’zimiz, balki yurtimizga tashrif buyurgan xar bir sayyohga yengillik yaratishdir. Turizmning rivojlanishi va sayyohlarning ko’payishi, xam davlatimizga xam ushbu soxada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ancha foydalidir. Bunda o’z-o’zini band qilish ko’rsatkichi xam sezilarli darajada o’sadi. O’zbekiston turizmini raqamlashtirish chet elliklarning qiziqishiga sabab bo’ladi. Shunday ekan chet ellik mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoni tug’iladi. FOYDALANILGAN MANBAALAR RO‘YXATI 1.uzbekistan-geneva.ch, 2.macrotrends.net, 3.uzbekistan.travel 4. https://kun.uz/uz/11780695 Download 20.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling