O’zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar bajardi : Orifov Dilmurod Xudayberdiyev Farruh Alisherova Sarvinoz Jo‘rayeva Gulhayo Registon
Download 22.63 Kb.
|
O’zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ICHAN QAL’A
O’zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar O’ZBEKISTONDAGI MUQADDAS ZIYORATGOHLARBajardi :Orifov DilmurodXudayberdiyev FarruhAlisherova SarvinozJo‘rayeva GulhayoRegistonRegiston ansambli — Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa {Ulugʻbek madrasasi, Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan iborat meʼmoriy majmua. Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan hotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan.Registon ansambli — Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa {Ulugʻbek madrasasi, Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan iborat meʼmoriy majmua. Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan hotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 15-a.ning 20—40y.larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. 17-a.da Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni qurdirgan. R.a. oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi. Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tillakori madrasasi (1647-1660). ICHAN QAL’AIchan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. I.q. shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. I.q.ga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, I. q.da. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yara-tilish tarixi, asosan, 4 davrga taal-luqli: birinchisi Xorazmning qad. davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻqna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shim.sharqiy burchagidagi qad. davrga mansub burj va qalʼa devori qoddiqlari saklanib qolgan. Download 22.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling