O’zbekistonni energetik imkoniyatlari va Dunyoda va Respublikada elektr energetika o’zlashtirish istiqbollari
Download 135.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1ю O’zbekistonni energetik imkoniyatlari va Dunyoda va Respublikada elektr energetika o’zlashtirish istiqbollari
«Stone City Energy» kompaniyasi bilan
hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida umumiy quvvati 1500 - 1600 MVt ga teng issiqlik elektr stantsiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Joriy yilning avgust oyida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan birinchi yirik Quyosh foto elektr stantsiyasi ishga tushirildi. Shuningdek joriy yil yakuniga qadar Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan, respublikada ikkinchi yirik quyosh foto elektr stantsiyasi ishga tushiriladi. Ushbu stantsiyalar O‘zbekiston tarixida birinchi yirik hajmdagi quyosh foto elektr stantsiyalari hisoblanadi hamda umumiy quvvati 1800 MVt ga teng bo‘lgan issiqlik va quyosh elektr stantsiyalari ishga tushiriladi. Bir yilda bu kabi yirik hajmdagi quvvatlar avval ishga tushirilmagan. Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatining barcha isteэmolchilari to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan bo‘lib, elektr energiyasi iste’moli yoz va qish fasllarida bir sutkalik iste’mol 11,5-11,8 mln. kVt∙soat va ertalabki-kechki maksimal yuklama soatlarida ulangan quvvat 530-600 MVt ni tashkil qiladi. Bahor va kuz fasllarida esa bir sutkalik iste’mol 7,5-8,5 mln. kVt∙soat va ertalabki-kechki maksimal yuklama soatlarida ulangan quvvat 400-430 MVt ni tashkil qiladi. Iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining 40-45% qismi qishloq xo‘jaligi, ya'ni yirik nasos stantsiyalari hamda kichik quvvatli dala sug‘orish nasoslari orqali iste’mol qilinib, aholining iste’moli jami iste’molning 30-35% ini tashkil qilsa, sanoat korxonalar ulushiga 10-15 % hamda qolgan boshqa iste’molchilarga 5-10 % to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati bo‘yicha yilning yoz-kuz-bahor fasllarida elektr energiyasi To‘palang GES (GES-34 va GES-43) hamda Zarchob-1, Zarchob- 2 lardan tashkil topuvchi kaskadlarida ishlab chiqarilib, energosistemaga uzatilib kelinmoqda va ushbu elektr energiya bir sutkada o‘rtacha 150 ming kVt⸱soat dan 220 ming kVt∙soat ni tashkil qilmoqda. Gidroelektrstantsiyalarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tan narxi arzon hamda ekologik toza mahsulot ekanligi tufayli hozirgi kunda muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan To‘palang gidroelektrstantsiyasining kaskadlari qurilishiga start berilgan va hozirgi kunda ushbu GES kaskadlari jadallik bilan qurilishi davom ettirilmoqda. Yangidan barpo etilayotgan 25 MVt quvvatli «Mizot», 50 MVt quvvatli «Kishtut» hamda yangi loyihalashtirilayotgan Pskom" GES lar shular jumlasidandir. Download 135.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling