O’zbekistonni tabiiy geografik o’rganish tarix bosqichini aniqlang va ularga qisqacha tavsif. Reja


Download 0.54 Mb.
bet14/14
Sana08.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1252231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
geografiya

Rudali resurslar. О‘zbekiston hududida aniqlangan temir rudasining zahirasi uncha katta emas. Keyinchalik magmatik temir rudaning bir necha konlari topildi. Ularning ancha ahamiyatlisi Qoralpog‘istondagi Tebinbuloq (Sulton Uvays tog‘i) konidir. Bundagi temir rudasi tarkibida nikel, kobalt, xrom planita, palladiy va boshqalar yо‘ldosh bо‘lib uchraydi.
Surenota (Nurota), Susengen (Chotqol), Jaoraz, Mingbuloq va boshqa konlar ham magmatik temir ruda konlaridir.
CHо‘kindi jinsli temir ruda konlari bir va uchlamchi davrlarning yotqiziqlarida joylashgan bо‘lib, bunday konlar orol bо‘yi va Qizilqumda uchraydi. Ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q.
О‘zbekistonda marganesning bir necha konlari ma’lum. Ular asosan Zarafshon tizmasidagi Ziyovuddin, Dovtosh, Taxtaqoracha, Tersaksoy, CHо‘ponota konlari bо‘lib, ularning rudasida 8 – 28% gacha marganes bor. Bulardan tashqari marganes rudasining kichik konlari Qorjantov va Morguzar tog‘larida ham topilgan. Marganes rudasining zahirasi 8 mln. tonna atrofida bо‘lib, bu konlar ham hali о‘zlashtirilgan emas. Xrom rudasining kichik konlari Tomditog‘ va Uvays tog‘idan topilgan, ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling