O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari Reja
Tarkibiy islohotlarni jadallashtirish va tarmoqlarni moliyalashtirish
Download 69.38 Kb.
|
O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari
Tarkibiy islohotlarni jadallashtirish va tarmoqlarni moliyalashtirish
2019 yilda markazlashmagan investitsiyalar birinchi navbatda iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirishga olib keladigan yoqilg‘i-energetika, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj, kimyo, elektrotexnika, zargarlik, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltirildi. Natijada, 145 ta yirik ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, iqtisodiyotda sanoatlashuv darajasi o‘sish tendensiyasi kuzatilib, YaIM tarkibida sanoatning ulushi 2018 yildagi 26,3 foizdan 2019 yilda 29,0 foizga oshdi. Yil yakuni bilan iqtisodiyotga investitsiyalar hajmi 128,6 foizga o‘sib, qariyb 21 milliard dollarni tashkil etdi. Biroq bugungi kunda investitsiyalar tarkibida sanoatga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi 33,4 foizini tashkil etganligi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatbardosh tarmoqlarni yaratish uchun yetarli emas. Shu o‘rinda, investitsiya va eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni rivojlantirish o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lmay qolmoqda. Xususan, investitsiyalarning katta oqimi, jumladan xorijiy va respublikaning tijorat banklari mablag‘lari konchilik tarmoqlariga (neft xom-ashyosi, tabiiy gaz va metall rudalarini qazib olish) to‘g‘ri keladi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarida yengil sanoat va qurilish materiallari asosiy o‘rin egalamoqda. Ta’kidlash joizki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining o‘tgan yilga nisbatan keskin o‘sishi asosan neft xom-ashyosi va tabiiy gaz qazib olish, qurilish materiallari va yengil sanoat tarmoqlariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, yuqori eksport salohiyatiga ega bo‘lgan mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo va farmasevtika kabi sanoat tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nisbatan past darajada bo‘ldi. Shuningdek, neft va gaz, elektr energiya va havo transporti kabi bazaviy tarmoqlarda boshlangan tarkibiy o‘zgartirishlar hali yakuniga yetkazilmadi. Tariflarni oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilamaydi balki, sohaga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishni ta’minlovchi neft-gaz va elektr energiya tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarga qaratilgan chora-tadbirlarni kechiktirmasdan o‘z vaqtida amalga oshirishni talab qiladi. Iqtisodiyotda sanoatning diversifikatsiya jarayoni past darajada saqlanib qolmoqda, bundan kelib chiqib, holatni yaxshilash uchun sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan 13 ta tarmoq dasturlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozim. Ayrim mahsulotlar bozorida (neft mahsulotlari, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqalar) talab va taklif o‘rtasida nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Iqtisodiyotning qator tarmoqlarida tannarxning yuqoriligi va mehnat unumdorligining pastligi mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirmoqda. Asosiy tovar va xizmatlar bozorida davlat korxonalarining monopol mavqei saqlanib qolinmoqda. Jumladan, Oziq-ovqat, yog‘-moy va paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimida ularning iqtisodiyotdagi monopol mavqeini pasaytirishga qaratilgan islohotlar yakunlanmadi. Download 69.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling