O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari Reja
Murakkab vaziyatning asosiy sabablari
Download 69.38 Kb.
|
O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiya darajasi 2019 yilda inflyatsiya darajasi
- Nooziq-ovqat tovarlar
Murakkab vaziyatning asosiy sabablari
Bu birinchidan, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish jarayoni jahon tajribasidan kelib chiqib, uzoq muddatni talab etadi. Ikkinchidan esa bozor iqtisodiyotini shakllantirishda fundamental xarakterga ega bo‘lgan muammolar xususan, mulkchilikka bo‘lgan munosabat, tovar va xizmat bozorlarini monopoliyadan chiqarilishi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va uning natijalarini taqsimlash hamda fuqarolik jamiyatini boshqarish jarayonlariga imkoni boricha ko‘proq aholini jalb qiladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda inklyuziv institutlarni shakllantirish to‘liq hal etilmadi. Inflyatsiya darajasi 2019 yilda inflyatsiya darajasi 15,2 foizni tashkil etdi va bu prognoz bo‘yicha 15,5 foizdir. Yil davomida oziq-ovqat tovarlari 18,6 foizga oshdi, xususan, narxlarning erkinlashtirilishi natijasida 1-navli bug‘doy unidan tayyorlangan non o‘rtacha 44,6 foizga hamda go‘sht mahsulotlaridan mol go‘shtining narxi 26,6 foizga qimmatlashdi. Nooziq-ovqat tovarlar narxlari 10,9 foizga o‘sib, ular orasida inflyatsiya darajasining o‘sishi avtotransport vositalariga yonilg‘i narxlarining 20,8 foizga oshishi bilan bog‘liq. Xizmatlarga tariflar 15,2 foizga o‘sib, bunda asosan tartibga solinadigan tariflar ya’ni uy-joy kommunal to‘lovlari o‘rtacha 17,8 foizga, Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov shartnoma asosida o‘qish 30,6 foizga oshgan. Inflyatsiya darajasining yuqori bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun cheklovchi qator choralar ko‘rildi. Bunda tovarlar bozorida raqobat muhitini cheklovchi, manzilli va individual xarakterdagi soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish amaliyoti bekor qilindi. 2019 yilda yuqori inflyatsiya darajasini saqlanib qolinishining asosiy sabablari, tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi (3,6 foiz), milliy valyuta kursining devalvatsiyasi (3,7 foiz), iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalarining o‘sishi, davlat budjeti taqchilligi va ish haqi (4,1 foiz), inflyatsiya kutilishi (2,1 foiz) va boshqa omillar (1,7 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi. Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi tarkibiy omillardan kelib chiqib, 2020 yilda narxlarning o‘sishi prognoz parametrlarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari qanday bo‘ladi? Bu tarif siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish va tarkibiy o‘zgarish jarayonlarini faollashtirish, kreditlarning o‘sishini (25 foiz) prognoz doirasida ta’minlash va haddan tashqari davlat budjeti taqchilligining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab etadi. Bundan tashqari, bank tizimida direktiv kreditlash amaliyotidan voz kechib, moliya bozorida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlar davom ettiriladi. Shuningdek, iqtisodiyotda mehnat unumdorligini o‘sishiga muvofiq ish haqi miqdorini oshirishga o‘tilishini ta’minlash, biznes va aholi o‘rtasida energiya resurslari tariflarining o‘sishi to‘g‘risida xabardorlikni oshirish choralarini ko‘rish lozim. Umuman olganda, vakolatli organlar inflyatsiyani pasaytirish tamoyiliga tayangan holda, samarali tarkibiy o‘zgarishlarni, investitsiya faolligining o‘sishi va iqtisodiy o‘sishdan olingan daromadlarni inklyuziv taqsimlash omillari orqali amalga oshiradi. Download 69.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling