4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
Respublikaning nufuzi, tarixiy-madaniy xususiyatlarini albatta hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o’tkazish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini, qariyalar va bolalarni
himoya qilish lozim.
«Demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmush darajasini hisobga
olgan holda bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda odamlarni ijtimoiy himoyalash
sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoya-lash va
kafolatlarning kuchli, ta’sirchan mexanizmi mavjud bo’lgandagina, ijtimoiy-siyosiy
1 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y., 32-bet
barqarorlikni saqlagan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta’minlash
mumkin.»1
«O’zbekiston modeli»ning eng muhim jihatlaridan biri unda aholini ijtimoiy himoya
qilishga alohida ahamiyat berilishidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tishdan asl maqsad insonlarning
hayoti farovon bo’lishini ta’minlash uchun sharoit yaratishdir. Lekin bozor iqtisodiyotiga o’tish
bir qator ijtimoiy muammolarning vujudga kelishi bilan — jamiyatning tabaqalashuvi,
inflyatsiya, ishsizlik, turmush darajasining pasayishi, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi bilan
birga yuz beradi. Shunday sharoitda aholi turmush darajasining haddan tashqari pasayib
ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun uni ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy
siyosat har bir jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy himoya qilish mexanizmiga asoslanadi. O’tish
davrida ijtimoiy himoyalashning o’tkinchi mexanizmi amal qiladi. Davlat va nodavlat
mexanizm-lari birikib, aholining ijtimoiy himoyasini birgalikda amalga oshiradilar. Ximoya
byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy manbalar hisobidan ta’minlanadi.
Kuchli ijtimoiy yo’naltirilgan siyosatning mohiyati shundaki, davlat butun jamiyatni aniq
ishlab chiqilgan, ya’ni bozor munosabatlariga o’tishdagi qiyinchiliklarni yumshatadigan ijtimoiy
himoya tizimi bilan qamrab olishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |