O‘zbekistonning eng yangi tarix fanining nazariy va metodologik asoslari


Download 220 Kb.
bet5/16
Sana28.12.2022
Hajmi220 Kb.
#1022395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Seminar (2)

АХБОРОТ МАНБААЛАРИ:



  1. www.ziyonet.uz.

  2. www.edu.uz.

  3. www.google.uz.

  4. www.gov.uz.



3-Mavzu: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
REJA:



  1. O‘zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi. Mustaqillik to'g'risida Referendum

  2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar

  3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari

1991 yil 19-21- avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishiga urinish sodir bo‘ldi. Unda mamlakatda hokimiyatning yuqori maratabalarini egallab turgan bir guruh shaxslar ishtirok etishdi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasi tuzilib, unga G.Yanaev boshchilik qildi. Ularning maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish va yana eski tartiblarni saqlab qolishdan iborat edi. Ulug‘ davlatchilik, shovinistik va zo‘rovonlik o‘tkazish siyosatini chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tizimini o‘rnatishga intilish bu jarayonning yakuniy intihosi bo‘ldi. Rossiyadagi demokratik kuchlar B.Elsin R.Xasbulatovlar rahbarligida bavlat to‘ntarishiga urinishni oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Aybdor bo‘lgan shaxslar jinoiy ishga tortildi. Bunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi.


1991- yil 25 - avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo'mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi.
1991 - yi1 31- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O‘zbekiston birinchi Prezidenti I. A. Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqi-batlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling