“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’lim


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1800393
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar (1)

 
 
 
 
 


Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li 
Sobiq Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek 
modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning 
afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va 
tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy 
negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda 
tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z 
zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; 
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil 
etadigan ushbu taraqqiyot modeli ayniqsa 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining naqadar to‘g’ri ekanini yana bir bor isbotladi. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizning chetdan tiqishtirilgan, “shok 
terapeyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” 
qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, 
balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlagani bugun o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. 
Ayniqsa, “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun 
emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy 
shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday 
yutuqlarga erishayotganimizni bugun har qadamda ko‘rish mumkin.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar 
tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini 
ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti 
misolida ko‘rmoqda.
Ana shunday huquqiy poydevor asosida mamlakatimizda tub ma’muriy islohotlar 
amalga oshirildi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya 
qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat 


organlari qayta tashkil qilindi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi – 
mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi. 
Yana bir tarixiy yutug’imiz – diyorimizda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, 
yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma 
institutlari tashkil etildi, bugungi talablarga javob beradigan mutlaqo yangi moliya 
va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning 
barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda mulkiy munosabatlar sohasida ham tub o‘zgarishlar 
ro‘y berdi. Mamlakatimizda amalda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanib, uning 
tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, balki 
bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadi va 
farovonligini yuksaltirishning asosiy manbai, aholi bandligini oshirishning eng 
muhim omiliga aylandi. 
Yurtimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdek muhim strategik 
maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi 
resurslarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni jalb 
etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash 
bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni izchil amalga oshirish, energetika, neftgaz-
kimyo, rangli metallurgiya, ximiya va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik va 
avtomobilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya kabi yuksak texnologiyalar 
asosida ishlaydigan, iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivi hisoblangan tarmoqlarning 
jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishda salmoqli 
natijalarga erishilmoqda. 
Iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishda uning real 
sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilayotgani, yurtimizda eksport salohiyati va 
eksport mahsulotlari hajmi ortayotgani, tashqi savdo aylanmasida ijobiy salьdoning 


oshayotgani, tashqi qarzlar hajmining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda, 
oltin-valyuta zaxiralarining barqaror o‘sib borishi ta’minlanayotgani muhim omil 
bo‘lmoqda. 
O‘zgalarning havasini uyg’otayotgan bunday iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, 
iqtisodiyotni yangilash, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va butun 
mamlakatimizni modernizatsiya qilishda jahonda o‘xshashi bo‘lmagan Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy 
dasturining joriy etilishi, mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy barkamol 
avlodni tarbiyalashga davlat tomonidan katta e’tibor berilayotgani ulkan tarixiy 
ahamiyatga ega bo‘lib, ijobiy ma’nodagi portlash effektiga olib keldi. 
Bugun hech kimdan kam bo‘lmay, zamonaviy bilim va kasb-hunar asoslarini egallab 
voyaga yetayotgan yigit-qizlarimizning ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport 
sohalarida erishayotgan dastlabki umidbaxsh yutuqlari buni yaqqol tasdiqlab turibdi. 
Shu bilan birga, sog’liqni saqlash sohasini isloh etishga qaratilgan davlat dasturlari 
va chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilgani va aholini himoya qilish bo‘yicha kuchli 
ijtimoiy siyosat yuritilgani ham biz uchun oliy qadriyat bo‘lmish inson manfaatlarini 
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlash joiz. 
Albatta, kichik bir maqolada o‘tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan 
keng ko‘lamli, tom ma’noda tarixiy ishlarning barchasini sanab o‘tish imkonsizdir. 
Lekin, shu davrda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarining, eng 
muhim va salmoqli natijalari haqida gapirganda, avvalo Sho‘rtan gaz-kimyo 
majmuasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Asaka va Samarqand avtomobilь 
zavodlari, Qo‘ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g’itlar zavodi kabi 
strategik sanoat ob’ektlarini, o‘nlab to‘qimachilik majmualari, muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmalari sohasidagi yuzlab yangi korxonalar va ob’ektlarni 
faxr bilan tilga olishimiz tabiiydir.
Shular qatorida mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarini bog’lab turadigan 
yagona transport kommunikatsiya tizimi yaratilgani, transmilliy transport yo‘laklari 


va jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan 694 kilometrlik Navoiy-Uchquduq-
Sulton Uvaystog’ hamda 223 kilometrlik Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg’on temir 
yo‘l liniyalari, zamonaviy avtomobilь yo‘llari, “Navoiy aeroporti” va “Angren” 
xalqaro logistika markazlari ham mustaqillik davridagi bunyodkorlik ishlarimizning 
alohida yorqin sahifasini tashkil etadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling