“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’lim


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1800393
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


MILLIY DAVLAT BOSHQARUV HOKIMIYATI TIZIMINING 
SHAKLLANTIRILISHI 
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, 
sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro 
qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tub¬dan 
o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis 
etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab 
qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston SSR 
Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida" 
farmoni chiqdi. Unga muvofiq O’zbekiston Prezi¬denti huzurida Vazirlar 
Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. Respublikada Vitse- Prezident 
lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va 
uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident 
lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri 
lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, 
uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O’zbekistonda davlat Ijroiya 
hokimiyatini takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
muhim omil bo’ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar 
Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasining Prezi¬denti tomonidan 
shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga 
binоаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala¬talari tomonidan ko’rib 
chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning 
o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respub-
likasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston 
Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari: 
. davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning 
bajarilishini ta’minlaydi; . Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida 
hisobot beradi; 
. yagona moliya, kredit va рul siyosati yuritilishini ta’minlaydi; 


. madaniyat, fаn, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat 
siyosati yuritilishini ta’minlaydi; 
. mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyo¬satni amalga oshirishni 
ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
. qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’¬minlash, xususiy mulk va 
jamoat tartibini muhofaza qilish, jino¬yatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi; 
. iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’nayiy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik 
qiladi; 
. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari Prezident farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; 
. barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi maj¬buriy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi. 
Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, 
qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 
kishidan iborat etib tuzilgan bo’lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar Mahkamasi 35 
kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo’lgan Ikkinchi chaqir¬iq 
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiya¬siga ko’ra Vazirlar 
Mahkamasi tarkibini 34 kishidan - Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o’rinbosari, 
8 nafar Bosh vazir o’rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar davlat qo’mitalari 
rais¬laridan iborat etib tasdiqladi. 2003- yil 24-25- арrеl kunlari bo’lib o’tgan 
O’zbekiston Re¬spublikasi Oliy Majlisining ХI sessiyasida qabul qilingan 
"O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar" va qo’shimchalar 
kiritish to’g’risida"gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish 
va tasdiqlash tartibi o’zgar¬tirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- 


moddasining "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar 
Mahkamasining Raisi hisoblanadi" deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar 
mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining taqdimiga binоаn O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri 
nomzodini аvvаl Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatda ko’rib chiqiladi va 
tas¬diqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning 
taqdimiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Вu 
holat mamlakatimizda amalga oshirila¬yotgan demokratik jarayonlarni yanada 
chuqurlashtirishga ko’maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat 
tiz¬imlarining vakolatlari oshadi, mas’uliyati kuchayadi. O’zbekistonda boshqaruv 
tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi, bozor 
munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi 
yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor 
mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va mа’muriy-buyruqbоzlikdаn huquqiy 
boshqaruvga, iqtisodiy оmillаr orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi. Ma’muriy-
buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan bir qator davlat 
qo’mitalari, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Davlat reja 
qo’mitasi o’rniga Makroiqtisodiyot vazirligi tuzildi. Вu vazirlik iqtisodiyotni isloh 
qilish qoidalari va ustuvorliklari, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida 
islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar ishlab chiqish, O’zbekistonning 
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug’ullanmoqda. 
Taqsimot bo’yicha yakkahokim bo’lib olgan Davlat ta’minot qo’mitasi tugatilib
Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma 
tarkibiga respublika aksiyadorlik to¬var-xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, 
hududiy aksiya-dorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi.
Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun tovаr 
resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-
vositachilik, 
savdo 
va marketing xizmat¬lar ko’rsatish ishlari bilan 


shug’ullanmoqda. Davlat nаrх qo’mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida 
narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yо’l qo’ymaslik, 
raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko’maklashuvchi maxsus boshqarma 
tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi 
respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya 
siyosatini belgilamoqda, valuta ish¬larini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. 
Davlat banki va un¬ing bo’linmalari tugatildi. Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy 
faoliy¬at 
milliy 
banki, 
Ixtisoslashtirilgan 
aksiyadorlik-tijorat 
banklari¬ 
"O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O’zjamg’armabank", "G’allabank", 
"Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi. 
Banklarning mustaqilligi va рul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. 
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi 
tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi, uning joy¬lardagi organlari tugatildi, Prezident 
devonida nazorat inspek¬siyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari 
tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar - Tashqi ishlar vazirligi, 
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya 
komissiyasi va boshqa huku¬mat organlari tashkil etildi. Islohotlarni 
chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy 
islohot, tadbirkorlik va chet еl investitsiyalari bo’yicha idoralararo Kengash tuzildi. 
Davlat mulkini boshqarish va tаdbirkоrlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi 
tashkil etildi. Вu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim 
tadbirlarni amalga oshirdi. Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas 
mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil 
etmoqda. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo’lga qo’yish 
maqsadida respublika tarixida birinchi marta Tashqi iqti¬sodiy aloqalar vazirligi 
tuzildi, Vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish, tashqi iqtisodiy 
faoliyat sohasidagi strategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo’yicha 
markazlashgan tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. 
Vazirliklar, idoralar, korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi 


bo’limlar, tashkilotlar, firmalar tuzildi. Respub¬likada tashqi aloqalarni 
ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi. 
O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, 
ular o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlaydi¬gan uyushmalarga, konsernlarga, 
korporatsiyalarga va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil 
transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O’zbekiston Respublikasi 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli¬gi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash 
vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yuritish usullari 
tubdan o’zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan 
sayyohlik, transport, madaniyat, kino, televideniye va radio tizimi va boshqalarda 
iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Shunday qilib, 
mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, 
uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq rivojlanishga ega 
bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh 
qilindi. Islohotlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Маhаlliydavlat 
hokimiyati to’g’risida" gi qonun (1993- yil 2- sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, 
tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida" gi Qonun (1994- yil 5- mаy) 
asosida amalga oshirildi. 
Konstitutsiyaning 99- moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga 
bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning 
vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaat-larini ko’zlab o’z 
vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo’yildi. 
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga - vakillik va ijro 
hokimiyat organlariga bo’linishi belgilandi. "Маhаlliy davlat hokimiyati to’g’risida" 
gi Qonunning 1-mod¬dasida "Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga 
bо‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir”, 
deb aniq belgilab qo’yildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga 


bo’ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi. "Xalq deputatlari viloyat, 
tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida" gi Qonunda vakillik organlariga 
21 yoshga to’lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko’ppartiyaviylik, muqobillik 
asosida o’tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan 
ko’p bo’lmagan, tuman va shahar Kеngashlariga esa 30 tadan ko’p bolmagаn 
deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. Мustaqillik yillarida ikki marta - 1994- yil 
dekabrda vа 1999- yil dekabr oyida xalq dерutаtlаri viloyat, tuman, va shahar 
Kengashlariga ko’ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo’lib o’tdi, 1999- 
yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar 
deputat saylandi. O’zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati organi 
qayta tashkil etildi. Вu borada milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy 
foydalanildi. Jumladan, Amir Tеmur davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o’sha 
zamonlarda viloyat¬lar, shaharlar hokimlar tomonidan yakkaboshchilik asosida 
boshqarilganiga guvoh bo’lamiz. 1992- yil 4- yanvarda "O’zbekiston 
Respublikasining mаhаlliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida" 
Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida 
mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar 
faqatgina ijro hokimiyati оrgаnlаrigаgina emas shuningdek, mahalliy vakillik 
organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning 
vakolat muddati 5 yil bo’lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro 
hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi. Ijro 
organlarida bog’liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O’zbekiston 
Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan 
lavozimiga tayinlanadi vа lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli 
xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organ¬lari 
tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda 
ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ulаr¬ning apparati - hokimiyat tashkil etildi. Viloyat 
hokimlari vа Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Prezidentining shu joy¬lardagi 
vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar 
hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 


159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar 
tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati - hoki¬miyatlar tuzildi. Mahalliy 
hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 
100- va 101- moddalarida aniq belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat: 
. qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 
. hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
. mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni 
belgilash, budjetdan tashqari jam¬g’armalarni hosil qilish; 
. mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; 
. atrof-muhitni muhofaza qilish; 
. fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; 
. normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonun¬lariga zid kelmaydigan 
boshqa vakolatlarni amalga oshirish; 
. O’zbekiston Pespublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati yuqori 
organlarining qarorlarini amalga oshirish; 
. xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, respublika va 
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling