O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining “
- Inson huquqlari boyicha vakil. Inson
Fuqarolarning burchlari. Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Fuqarolarning burchlari:
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; Vatanni himoya qilish; harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash; boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish; O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obektlarini avaylab-asrash; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash; tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish. O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Yer to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida” va boshqa Qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo‘ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan. Inson huquqlari boyicha vakil. Inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz kiradi. 1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-aprelda qabul qilingan “Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilab berildi. Yakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko‘rish; vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; vakilning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish. Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga ma’ruzalar kiritadi. O’z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega. Vakil BMT ning inson huquqlari bo‘yicha markazi, YXHT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro seminarlar uyushtiradi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996-yilning noyabrida tashkil etilgan “Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz”ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydi. Milliy markaz inson huquqlari bo‘yicha davlat hokimiyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga maslahatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshirilishi va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi. Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tashkilotlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert kiholash ishlarida qatnashmoqda. Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro meyorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy meyorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996-yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling