O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari


Download 0.52 Mb.
bet27/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari. Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, asosan, vakilliklar yo‘li bilan, ya’ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.
Odamlarning saylov huquqini, o‘z xohishrodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokratiyaning eng muhim tamoyilidir.
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O’zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida “O’zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” (1991-yil 18-noyabr) va “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” (1991-yil 18-noyabr) Qonunlari qabul qilindi.
O’zRning fiiqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir sayiovchi bir ovozga ega. O’z xohishrodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O’zRda Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o‘tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda.)
Saylovlar haqida, saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (1993-yil 28-dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida”gi (1994-yil 5-may), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994-yil 5-may) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997-yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to‘g‘risidagi qonunga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, bo‘lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi.
O’zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. Uning maqomi va ish yuritish tartibi 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi Qonunda belgilab qo‘yildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov o’tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999-yilda saylovlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Saylov organlari o‘z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi.
Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
O’zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, har bir saylovchining ovozi teng, ya’ni har bir saylovchi bitta ovozga ega.
Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega.
O’zbekistondagi saylovlar nomzodni to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita saylashni ta’minlovchi saylovlardir. Buning ma’nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik hokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQShda Prezidentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar.
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta’minlanadi, ovoz beruvchining xohishrodasini nazorat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz beriladigan, byulletenlar to‘ldiriladigan alohida xonacha – kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining bo‘lishi man qilinadi. Byulletenni mustaqil to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi a’zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling