O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Shanxay Hamkorlik Tashkiloti


Download 0.52 Mb.
bet71/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. 1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Moskvada bo’lib o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa „Shanxay forumi“ yoki „Shanxay beshligi“ tashkiloti tuzilgan edi.
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov qatnashdi va O’zbekistonning „Shanxay forumi“ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi.
O’zbekiston „Shanxay forumi“ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – SHHT, deb o‘zgartirildi. O’zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi.
2001-yil iyunda bo‘lgan Sammit yakunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachihk va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a’zo mamlakatlarning bir-biriga o‘zaro ishonchi, do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
SHHT doirasida a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, Mudofaa vazirliklarining Kengashi tuzilgan va faohyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta’minlash maqsadida a’zo davlatlarning Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001-yilning iyun oyida Tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002-yil-ning 24-aprelida Almati shahrida bo‘lib o‘tgan a’zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida chegara xizmatlari faoliyatining, xususan, terrorchilik, g‘ayriqonuniy muhojirlik va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari kelishib olindi.
2002-yil 6-7-iyun kunlari SHHT ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati – SHHT Xartiyasi, SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan SHHT doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHT ochiq tashkilot bo’lib, o‘zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda.
2003-yil 29-may kuni Moskvada bo’lib o‘tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004-yil 1-yanvardan boshlab ish boshladilar.
2003-yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi bo’lib o‘tdi, uning qarori bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazirliklari, xavfsizlik kengashlari o‘rtasida muntazam aloqalar yo’lga qo‘yildi.
2004-yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo’lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo’ldi. Sammitda 2004-yil mart oyida O’zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo’lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi.
SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda SHHT a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga kelishib olindi:
-transport infratuzilmasini rivojlantirish;
-tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish;
-suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;
-ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
-fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
-investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o‘nta hujjat imzolandi.
2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi 10-majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari ko‘p tomonlama va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, muammolar bo‘yicha fikr almashadilar. Kengashda kuzatuvchi va mehmon maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Turkmaniston, Pokiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam masalalariga alohida e’tibor berildi.
О‘zbekiston tashqi siyosatida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan yaqin aloqalar о‘rnatish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yevropa Ittifoqi, avvalambor, bugungi kunga kelib, a’zolari 27 Evropa davlatidan iborat integratsiya birlashmasidir. Ushbu Ittifoq izchil ravishda imzolangan bir qator shartnomalarga asoslanib, ularning asosiy maqsadi urushdan keyingi Yevropada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va a’zo-davlatlarni iqtisodiy integratsiya yо‘li bilan birgalikda rivojlantirishdir.
О‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi ishonchli sherik hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish va hamkorlikka intilar ekan О‘zbekiston uning yordamida transport, energetika. Moliya sohasi, xususiylashtirish, ilm-fan, ta’lim, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek demokratiya va inson huquqlari sohasi bilan bog‘liq keng qamrovli muammolarni hal etishga harakat qiladi.
О‘z navbatida Yevropa Ittifoqi, о‘zining tashqi siyosiy faoliyati tamoyillari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, sobiq sovetlar makoni davlatlarini iqtisodiy jihatdan kuchli va barqaror, Yevropa mamlakatlari uchun ishonchli va teng huquqli sherik sifatida kо‘rishni istaydi. Shunday ekan, sobiq sovetlar makonida yangi mustaqil davlatlar tashkil bо‘lgan dastlabki yillardan boshlab Yevropa Itttifoqi tomonidan Markaziy Osiy mintaqasida О‘zbekiston Respublikasi bilan о‘zaro manfaatli munosabatlar о‘rnatilishi va rivojlantirilishiga kо‘proq e’tibor qaratildi. YEIning О‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i Olivye Alle ta’kidlaganidek, “О‘zbekiston G‘arb va Sharq yо‘llari kesishgan yerda joylashgani tufayli Markaziy Osiyoda nafaqat eng qulay geografik mavqega ega, balki kо‘p qо‘shnilaridan о‘zining ijtimoiy-siyosiy barqarorligi, keng yoyilgan iqtisodiy infratuzilmalari bilan ham ajralib turadi”.
Obyektiv sharoitlar va ikki tomonning yaqinlashishga intilishi О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi о‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratdilar. U ikki bosqichga bо‘linadi. Ularning birinchisi 1992 yilda о‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan vaqtdan boshlanib, О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitim kuchga kirgunga qadar bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich 1999 yilda О‘zbekiston Respublikasi va YEI о‘rtasidagi ushbu bitim kuchga kirgan kundan boshlanadi.
О‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini kо‘rsatilgan har bir bosqichda rivojlantirish ikki yо‘nalishda amalga oshirildi. Birinchi yо‘nalish bu О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitimni imzolash istiqbollari va uni kelajakda hayotga tatbiq etish bilan bevosita bog‘liq siyosiy va iqtisodiy yо‘nalishdir. Ikkinchi yо‘nalish tomonlar о‘rtasida memorandum imzolangan vaqtdan boshlab Yevropa Ittifoqining TASIS ilmiy-texnik kо‘maklashu dasturini amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bо‘lib, islohotlarni qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
YEI bilan hamkorlik mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yо‘nalishi ekanidan kelib chiqqan holda О‘zbekiston rahbariyati 1994 yilning mart oyida u bilan Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitimni imzolash tashabbusi bilan chiqdi.
Tomonlarning о‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga bо‘lgan ikki taraflama intilishlaridan kelib chiqqan holda tayyorgarlik kо‘rish jarayoni bо‘ldi (Uzbekistan-Yevropeyskiy Soyuz: vajniy shag na puti k yevropeyskoy integratsii. - T.: Informatsionnoye agentstvo «Jaxon». – 1996. - S. 5.).
Tomonlarning keng hamkorlik qilish bо‘yicha eng asosiy hujjatni imzolashga tayyorgarliklari yakuni 1996 yilning 21 iyunida Florensiyada (Italiya), “Forteza da Basso” qal’asida YEI a’zo-mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvida О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bо‘ldi. Hujjat О‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov va о‘sha paytda YEI Kengashining amaldagi raisi bо‘lib turgan Italiya Vazirlar kengashi raisi Romano Prodi va YEI 15 a’zo-davlatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.
1999 yilning 1 iyuli ham О‘zbekiston va YEI о‘zaro munosabatlari tarixiga alohida sana bо‘lib kiradi. Bu kunda О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitim, YEI 15 a’zo mamlakati milliy parlamentlari va Yevropa parlamenti tomonidan murakkab ratifikatsiya taomilini о‘tib, tо‘la kuchga kirdi. Bu О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasida Sheriklik va hamkorlik munosabatlarining qonuniy asosda rasmiylashtirilganini anglatadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu bitimga yuqori baho berib, ta’kidlagan ediki: “Biz iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar, shuningdek doimiy siyosiy muloqotga keng imkoniyatlar ochadigan Yevropa Ittifoqi bilan Sheriklik va hamkorlik bitimining amalga oshirilishiga juda katta e’tibor beramiz”.
О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi kuchga kirgan sherklik va hamkorlik bitimi о‘zining asosiy maqsadi sifatida О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini qо‘llab-quvvatlashni; О‘Rning demokratiyani mustahkamlash, iqtisodiyot va bozor iqtisodiyotiga о‘tishdagi yutuqlarini rivojlantirish bо‘yicha harakatlarini qо‘llash; tomonlar о‘rtasidagi siyosiy muloqotlar uchun tegishli ramkalarni ta’minlash; tomonlar о‘rtasidagi savdo, investitsiyalar va uyg‘un iqtisodiy munosabatlarga kо‘maklashish va bu bilan mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyotini qо‘llash; qonunchilik, iqtisodiyot, ijtimoiy, moliyaviy, fuqarolik, ilmiy, texnologik va madaniy sohalardagi hamkorlikning asoslarini yaratish; О‘zbekistonda qonun ustuvorligiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurishga kо‘maklashishni biladi.
О‘zbekiston Respublikasi xukumati, mazkur hujjatning respublika uchun muhimligini hisobga olgan holda, 1999 yilning 3 sentabrida “О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining О‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bо‘yicha kompleks dasturi tо‘g‘risida” qarorini qabul qildi. Ushbu hujjatga binoan Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bо‘yicha asosiy yо‘nalishlar, mas’ul idoralar va tegishli vazifalarni bajarishning aniq muddatlari belgilandi.
О‘z navbatida Yevropa Ittifoqi tomonidan, Bitimga muvofiq, Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitim moddalarining ijrosi yuzasidan kuzatuv idorasi sifatida Hamkorlik kengashi tuzildi. U О‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari, YEI Kengashi a’zolari va YEI Komisssiyasi a’zolaridan iborat bо‘ldi. Hamkorlik kengashi о‘z majlislarida hamkorlikning siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi asosiy yо‘nalishlarini belgilaydi, xalqaro maydondagi vaziyat va ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar tо‘g‘risida fikr almashadilar.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling