O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet76/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Korrupsiya nima?
Sо‘ralganlarning yarmi (53 %) korrupsiya – pora berish va olishdan tortib, о‘g‘rilik va vakolatni suiiste’mol qilishga qadar bо‘lgan barcha harakatlarni о‘z ichiga olishini qayd etishgan.
Shunisi e’tiborliki, respondentlarning 34 % pora berish korrupsiya emas, deb hisoblashar ekan. 13 % respondentning fikriga kо‘ra, korrupsiyani faqat pora berish yuzaga keltiradi.
Korrupsiyada kim kо‘proq aybdor?
Bu savolga 70 % respondent ham pora beruvchi, ham pora oluvchi, deb javob berdi.
Korrupsiyaning 5 ta asosiy sababi
Respondentlar fikriga kо‘ra, korrupsiyaning asosiy sabablari quyidagilar:

  • ish haqi miqdorining pastligi (22 %);

  • mansabdor shaxslarning daromadlari va xarajatlari ustidan nazoratning yо‘qligi (15 %);

  • huquqiy savodxonlikning pastligi (12 %);

  • davlat xizmatchilarining amalparastligi (11 %);

  •  korrupsiya uchun jazo muqarrar emasligi (10 %).

Sо‘rov ishtirokchilarining 5 % bu savolni mentalitet bilan bog‘lashgan.
«Boshqa» variantini tanlagan respondentlarning 5 % samarasiz davlat boshqaruvi, eskirgan hujjatbozlik tizimi, ishlamaydigan qonunlar va nomukammal meyoriy-huquqiy hujjatlar, iqtisodiyotning yaxshi rivojlanmagani, monopoliyaning mavjudligi va boshqalarni sabab qilib keltirishgan.
Oxirgi 2 yil ichida qaysi sohalarda korrupsiyaga duch kelgansiz?
Javoblar quyidagicha bо‘lgan: ta’lim (21 %), sog‘liqni saqlash (14 %), bandlik (12 %), prokuratura va ichki ishlar organlari (10 %).
Respondentlarning 18 % sо‘nggi ikki yil ichida korrupsiya holatlariga duch kelmaganligini ta’kidlagan (erkaklarga nisbatan kо‘proq ayollar). Qizig‘i, respondentlar savdo va xizmat kо‘rsatish sohalarida korrupsiyaga deyarli duch kelmagan.
Korrupsiyaga duch kelsangiz...
Sо‘ralganlarning 65 % prokuratura yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan. Ularning 40 % bu befoyda deb hisoblaydi, 13 % qasos olishlaridan qо‘rqadi va 12 % huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bо‘ladigan rasmiyatchiliklardan qochishadi.
Sо‘rov ishtirokchilarining 4 % gina prokuratura va ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan.
Respondentlarning 41 % korrupsiya holatlari tо‘g‘risida xabar berishga tayyor emas: ularning 26 % bunga shubha bilan qarashadi.
Korrupsiya tо‘g‘risida anonim ravishda xabar berishga tayyor bо‘lganlar orasida davlat xizmatchilari, oliy о‘quv yurtlari talabalari, ta’lim va xizmat kо‘rsatish sohasi xodimlari kо‘proq, ya’ni qariyb 36 %.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, korrupsiya holatlari tо‘g‘risida xabar berishga tayyor bо‘lganlarning eng kо‘pi Sirdaryo viloyatida – 28 %, eng kami – Toshkent va Namangan viloyatida.
Poytaxtda respondentlarning 40 % korrupsiya tо‘g‘risida ma’lumot berishga rozi, ammo anonimlik asosida. Bunga ishonmaydiganlarning aksariyati va bu hech narsani о‘zgartirmaydi, deb о‘ylaydiganlar asosan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida - respondentlarning deyarli 30 %.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling