O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Korrupsiyaga guvoh bо‘lsangiz, bu haqda qayerga xabar berasiz?
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.О‘zbekiston tashqi siyosatida Yangi yо‘l.
Korrupsiyaga guvoh bо‘lsangiz, bu haqda qayerga xabar berasiz?
Bu savolga respondentlarning 28 % «Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga», 18 % «prokuratura va ichki ishlar organlariga», 12 % «blogerlarga», 11 % «hech kimga» degan javobni tanlashgan. Ba’zilar bu haqda OAVga xabar berishini (7 %) yoki ijtimoiy tarmoqlarda yozishini bildirgan (6 %). Sо‘ralganlarning uchdan ikki qismi korrupsiyaga qarshi choralar tо‘g‘risida juda kam ma’lumotga ega. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash xodimlari korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar tо‘g‘risida eng kam ma’lumotga ega ekani ma’lum bо‘ldi, ya’ni ularning 44 % «Yо‘q» degan javobni belgilashgan. Kо‘rilayotgan choralar tо‘g‘risida eng kо‘p ma’lumotga ega bо‘lganlar bu — davlat xizmatchilari (47%). 4.О‘zbekiston tashqi siyosatida Yangi yо‘l. О‘zbekiston Markaziy Osiyoning tabiiy zahiralarga boy uchta davlatidan bittasi bо‘ladi. Dunyodagi eng yirik paxta va oltin eksporterlaridan biri sanaladi. Jahonning iqtisodiy qudratlari uchun jozibador bо‘lgan salmoqli arzon ishchi kuchiga ega mamlakat hisoblanadi. О‘zbekiston dunyodagi turistik potensiali yuqori sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. Taxlilchilarning fikricha, aynan О‘zbekiston xalqaro va ichki turizm sohasini rivojlantirish uchun eng istiqbolli 10 ta mamlakatdan biridir. О‘zbekiston global siyosatchilar nazdida mintaqadagi eng muhim geostrategik davlat sifatida e’tirof etiladi. О‘zbekiston qudratli, industrial davlatlarning diqqat-e’tiborlaridagi, manfaat va qiziqishlari tо‘qnashgan, geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobatlari markazida mamlakat ekanligi doimo diqqat markazimizda turishi lozim. BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentabridagi murojaatida Sh.Mirziyoev О‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining asosiy yо‘nalishlarini ta’riflab, Markaziy Osiyo mintaqasi asosiy ustuvor yо‘nalish ekanligini ta’kidladi va buni "ongli ravishdagi tanlov" deb atadi. U "tinch va iqtisodiy jihatdan gullab-yashnayotgan Markaziy Osiyo bizning eng muhim maqsadimiz va asosiy vazifamiz", deb ta’kidladi. Bundan tashqari, Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitini tashkillashtirish tashabbusi bilan davlatlararo aloqalarni kuchaytirishga alohida urg‘u berdi. U ta’kidlaganidek, "Prezidentlar muntazam maslahatlashuv uchrashuvlarini о‘tkazish" qо‘shnilar bilan yaqinlashish tendensiyasini mustahkamlashga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni tasdiqlab, Prezidentlikning dastlabki kunlaridan SH.Mirziyoyev qо‘shnilar bilan о‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga, Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlari bilan ishonchli aloqalarni о‘rnatishga qaratilgan qat’iy va aniq qadamlar qо‘ydi. 2017 yilning dekabrida о‘tkazilgan Parlament majlisidagi tarixiy nutqida Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat sohasida о‘tgan davr mobaynida О‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan, birinchi navbatda, qо‘shni davlatlar bilan dо‘stona va о‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Toshkent "О‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yо‘nalishi - Markaziy Osiyo" tamoyilini amalga oshirishga kirishdi. Natijada mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, о‘zaro ishonch va yaxshi qо‘shnichilik asosida aloqalar mustahkamlandi. Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan Strategik hamkorlikka asoslangan aloqalar tuzildi. Qozog‘iston bilan strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi, 2 milliard dollarga teng bо‘lgan iqtisodiy bitimlar imzolandi. Tojikiston bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda. Toshkent va Dushanbe о‘rtasida havo aloqalari qayta yо‘lga qо‘yildi. Shu ma’noda Qirg‘iziston bilan Davlat Chegarasi tо‘g‘risidagi Shartnomani imzolash Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yо‘nalishidagi jiddiy qadam bо‘ldi. Juda qisqa vaqt ichida О‘zbekiston va Qirg‘iziston о‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 70 foizga, Tojikiston bilan 85 foizga, Qozog‘iston bilan esa 30 foizga oshdi. Qо‘shni Afg‘oniston bilan muhim va о‘zaro manfaatli bitimlar imzolandi, yangi iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar bо‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling