O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Xalq manfaatlariga xizmat qilish О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar tizimi xodimlarining bosh maqsadi


Download 0.52 Mb.
bet53/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

2.Xalq manfaatlariga xizmat qilish О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar tizimi xodimlarining bosh maqsadi.

Bir necha ming yillik tarixga ega bо‘lgan О‘zbekistonning davlatchiligi taraqqiyotida xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanish hamisha ustuvor ahamiyat kasb etib kelgan. Mamlakat sarhadi tinchligini ta’minlash Qurolli Kuchlar bilan bir qatorda, uning ichki hayoti va fuqarolarning tinch-osoyishta hayotini ta’minlovchi huquq-tartibot organlari faoliyatiga ham bevosita bog‘liq.
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov sobiq SSSR parchalanganidan keyingi vaziyatni shunday ta’riflagan edi: "Ichki va tashqi xavfsizlikni ta’min­lash tizimining parchalanishi natijasida jamiyatda huquqiy bо‘shliq vujudga kelgani, millatlar va dinlararo, hududiy va turli guruhlar, urug‘-aymoqlar о‘rtasidagi ziddiyatlarning avj olib ketishi xavfi, radikal kayfiyatlarning, ayniqsa, yoshlar о‘rtasida kuchayishi g‘oyat jiddiy xatarga ay­langan edi. Qisqacha aytganda, tub ildizlari sovet davlatining sо‘nggi yillariga borib taqaladigan ichki va tashqi mojarolardan mamlakatimizni asrab qolish talabi о‘ta keskin bо‘lib turar edi".
Ana shunday murakkab vaziyatda ichki ishlar idoralari mamlakat bо‘ylab turli nizolar bо‘lmasligi uchun barcha choralarni kо‘rdi. Hamdо‘stlikka kirgan mustaqil davlatlardan birinchi bо‘lib Rossiya, Belarus va Qozog‘istonda bozor iqtisodiyotiga о‘tishning tezlashtirib yuborilgani, tо‘g‘rirog‘i, bu ishni har tomonlama uyg‘unlashtirib olib bormay, narx-navolar kо‘tarilgani xalqning mashaqqatli turmushini yanada og‘irlashtirdi. Nisbatan arzonroq bahoda tovar xarid qilish maqsadida О‘zbekistonga boshqa respublikalardan kelayotgan kishilar soni haddan ziyod kо‘payib ketdi. Bu respublikaning ta’minot balansini izdan chiqardi. Bozor qimmatlashib, narx qisqa davr ichida 3-4 baravar oshib ket­di. Eng zarur mahsulotlar dо‘konlar peshtaxtalarida kо‘rinmay qoldi.
Bu vaqtda О‘zbekistonda hufyona iqtisodiyotda savdo mafiyasi boshliqlarining, moddiy va moliya resurslarini taqsimlash tarmog‘idagi nahanglarning, yashirin jinoiy guruh yetakchilarining "nufuzi" juda baland edi. Bu kuchlar birlashib, har lahzada har qanday jarayonga ta’sir о‘tkazishi mumkin edi. Respublikada huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning qonuniy asoslari tо‘liq shakllanmagan edi. Masalan: "Bojxona", "Chegara qо‘shinlari”, "Prokuratura", "Mudofaa", "Sud", "Milliy xavfsizlik", "Milliy gvardiya” tо‘g‘risidagi hujjatlar qabul qilinmagan edi. Shu sababli respublika chegaralarini mustahkamlash va uni qо‘riqlash ichki ishlar idoralariga topshirildi.
Shuni qayd etish lozimki, mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, respublikada mustaqillikning birinchi yilidayoq eng og‘ir jinoyatlar о‘sishini tо‘xtatishga, hatto ular sonini kamaytirishga erishildi. Masalan, tanga og‘ir shi­kast yetkazish 1990 yilga nisbatan 1991 yilda 6 foizga, 1992 yilda 18,3 foizga, nomusga tegish jinoyati 1991 yilda 10,5 foizga, 1992 yilda 17,0 foizga, bosqinchilik 1991 yil­da 15,2 foizga, 1992 yilda 0,8 foizga, talonchilik 1991 yilda 5,7 foizga, 1992 yilda 6,3 foizga kamaydi. Jinoyatchilik respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy va adolatli jamiyat qurish uchun ijtimoiy xayotning barcha sohalarida, ayniqsa, ma’naviy sohada amalga oshirilishi lozim bо‘lgan islohotlarga tо‘sqinlik kila boshladi. Shuning uchun Islom Karimov О‘zbekiston Respubli­kasi Oliy Kengashining о‘n ikkinchi sessiyasida sо‘zlagan nutqida shunday dedi: "Biz jinoyatchilikka qarshi ayovsiz kurash boshladik. Respublika Prezidengi devoni va boshqa davlat tashkilotlariga bu ishlarimizni ma’qullab, ularni dadil davom ettirishimizni talab etib, minglab xat va telegrammalar kelib turibdi. Xalq vaqtinchalik davom etayotgan qiyinchiliklarga chidashi mumkin, lekin bilib qо‘yaylik, takroran aytaman: adolatsizlikka chidamaydi" (Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, maf­kura. 1-j. -T.: О‘zbekiston, 1996. B. 179.).
Prezident tashabbusi bilan boshlangan jinoyatchilikka qarshi ayovsiz kurash natijasida, 1993 yilda О‘zbekistonda oxirgi yillar ichida birinchi marta jinoyatchilikning о‘sishini tо‘xtatish, hatto uning umumiy sonini 1992 yilga nisbatan 3,9 foizga kamaytirishga erishildi. 1993 yilda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi 1992 yilga nisbatan 8,8 foizga, jinoyatlarning og‘ir turlari xisoblangan qotillik 0,6 foizga, tanga og‘ir shikast yetkazish 6 foizga, bosqinchilik 16 foizga, talonchilik 18 foizga, davlat va ja­moat mulkini о‘g‘irlash 35,4 foizga, shaxsiy mulkni о‘g‘irlash 14,4 foizga kamaytirildi.
Umuman olganda, ichki ishlar idoralarini takomillashtirish bо‘yicha bir necha bosqichli islohotlar amalga oshirildi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling