O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet52/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -Т.: “О‘zbekiston”. 2018.

  • Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -Т.: “О‘zbekiston”. 2019.

  • Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.: “O’zbekiston”. 2020.

  • Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. -T.: “O’zbekiston”. 2021.



    1. О‘zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari tizimida amalga oshirilgan islohotlar.


    Ma’lumki, sovet davrida milliy о‘lkalardan harbiy xizmatga chaqirilganlar, asosan, Rossiyaning chekka hududlariga yoki Varshava shartnomasi tashkilotiga a’zo Sharqiy Yevropa davlatlari va Osiyoda Mо‘g‘iliston, Amerika qit’asida Kuba davlatlariga yuborilar edi.
    Muddatli harbiy xizmatdagi askarlarning kо‘pchiligi, aniqrog‘i, 1985 yilda 49 foizi, 1989 yilda 60 foizi О‘rta Osiyo vakillari bо‘lishiga qaramasdan, sovet armiyasida mintaqaning tub aholisiga mansub ofitserlar juda oz edi. Buni 1990 yilda mahalliy ofitserlar yurtimizdagi harbiy kadrlarning atigi 0,6 foizni tashkil etgani ham tasdiqlab turibdi.
    Mazkur sharoitda О‘zbekiston rahbariyati harbiy tizim sohasini tubdan yangilash masalasiga alohida ahamiyat qaratdi. О‘zbekiston Prezidentining 1990 yil 4 sentabrdagi “Jumhuriyat yoshlarini armiyaga chaqirishni va ularning harbiy xizmatni о‘tashini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Farmoniga binoan 1990 yil kuzgi chaqiriqdan boshlab о‘zbekistonlik yigitlarni О‘zbekistondan tashqarida joylashgan harbiy qurilish qismlariga chaqirish tо‘xtatildi.
    1991 yil 19-21 avgust kunlari Moskva shahrida rо‘y bergan davlat tо‘ntarishi sababli mamlakat dahshatli halokat girdobiga kelib qoldi. Shunday sharoitda О‘zbekiston о‘zi tanlagan mustaqillik yо‘lini mustahkamlash, notinch siyosiy о‘yinlar boshlangan bir paytda mamla­kat hududiy yaxlitligi, aholi tinchligi va osoyishtaligini qurolli himoya qilish yо‘lida yangi qadamlar qо‘ydi. О‘zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoni aso­sida О‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi komitetining respublika tasarrufiga о‘tishi, SSSR Ichki ishlar vazirligining yurtimizdagi qо‘shinlari res­publika Prezidentiga bо‘ysundirilishi, huquq-tartibot organlarida, Ichki ishlar vazirligining hamda Turkiston harbiy okrugining О‘zbekistonda joylashgan qо‘shinlarida partiya tashkilotlarining tugatilishi ana shunday birinchi qadamlardan bо‘ldi (Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston. 2012. B. 370.).
    О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan "О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tо‘g‘risida"gi bayonotda "Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik komiteti hamda Ichki qо‘shinlar О‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinadi" deb kо‘rsatildi. Ushbu qonun yosh respublika uchun о‘z harbiy siyosatini belgilash va amalga oshirishning huquqiy asosini yaratdi, Qurolli Kuchlarini tuzishga asos bо‘ldi.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 sentabrdagi farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. 1991 yil 10 sentabrdagi farmonga binoan, Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qо‘mondoni etib tayinlandi. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktabrdagi qaroriga binoan, Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.
    О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992 yil 10 yanvarda “О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va о‘quv muassasalarini О‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olish tо‘g‘risida”, 1992 yil 14 yanvarda “О‘zbekiston Respublika­si hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy о‘quv mu­assasalari tо‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Ushbu qarorlarga muvofiq, sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining res­publika hududida joylashgan qismlari, qо‘shilmalari, birlashmalari, harbiy о‘quv yurtlari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa harbiy tuzilmalari qonuniy asosda О‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Mazkur qaror qabul qilingan kun 14 yanvar О‘zbekiston Respublikasi­ning 1993 yil 29 dekabrdagi Qonuniga muvofiq, "Vatan himoyachilari kuni" deb e’lon qilindi.
    1992 yil 24 martda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Chegara qо‘shinlari bо‘linmalari haqida”gi farmon bilan Respublika Milliy Xavfsizlik xizmati qoshida Chegara qо‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 18 maydagi “О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo desanti qо‘shinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qо‘shinlari, ta’minot qismlari haqida”gi, 1992 yil 12 noyabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida”gi, 1992 yil 13 noyabrdagi "О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida"gi Farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turlardagi qо‘shinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. Mudofaa vazirligi tasarrufida quruqlikdagi qо‘shinlar, harbiy havo hujumidan mudofaa qо‘shinlari, harbiy havo kuchlari, maxsus va muhandislik quruvchilik qо‘shinlari, Milliy gvardiya tashkil etildi. Ayni vaqtda har bir qо‘shin turining aniq vazifalari bel­gilandi.
    О‘zbekiston Qurolli Kuchlari faoliyatining huquqiy negizini yaratish maqsadida XII chaqiriq Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi X sessiyasida О‘zbekiston Respub­likasining “Mudofaa tо‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat tо‘g‘risida”gi, “Muqobil xizmat tо‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Mazkur qonunlar asosida mamlakat mudofaasini tashkil etish, fuqarolar harbiy xizmatni о‘tashlarining huquqiy asoslari yaratildi. "Mudofaa tо‘g‘risida”gi Qonunga binoan О‘zbekiston Res­publikasi Mudofaa ishlari bо‘yicha vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
    О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida Kurolli Kuchlar huquqiy mavqei uzil-kesil va eng yuksak darajada mustahkamlandi. Uning 125-moddasida: "О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari О‘zbekiston Respublikasi­ning davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi", deb belgilanishi davlat Kurolli Kuchlarining asl maqsad va vazifalarini dunyo hamjamiyati oldida yana bir bor namoyon etdi. Konstitusiya asosida Vatan himoyasi mam­lakatning har bir fuqarosi uchun muqaddas va sharafli burch ekani belgilanib, 52-moddada mustahkamlab qо‘yildi. Unga asosan, "О‘zbekiston Rsspublikasini himoya qilish О‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir". Ushbu modda О‘zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy maj­buriyat va harbiy xizmat tо‘g‘risida"gi Qonunning 1-moddasi bilan mustahkamlandi. Mazkur moddada "О‘zbekiston Rsspublikasini tashqaridan bо‘ladigan kurolli tajovuzdan himoya qilish О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitusiyaviy burchi", deb kо‘rsatildi. Ushbu konstitusiyaviy burchni ado etish О‘zbekiston Respublikasining "Mu­dofaa tо‘g‘risida"gi Qonuni bilan mustahkamlandi.
    Shu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri tugadi.
    О‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining asosini quruqlikdagi qо‘shinlar, harbiy havo kuchlari va harbiy havo hujumidan mudofaa qо‘shinlari, maxsus va muxandis-quruvchilik qо‘shinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qо‘shinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari va chegara qо‘shinlari tashkil etadi.
    1995 yil avgustda О‘zbekiston Respublikasining Harbiy Doktrinasi tо‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan xolda 2000 yil 3 fevral kuni О‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
    О‘zbekiston Qurolli Kuchlari fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatlari asosida harbiy xizmatga chaqirish hamda fuqarolarning shartnomaga asosan harbiy xizmatni о‘tashi bel­gilandi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 oktabrdagi Farmoni bilan О‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlarining Ichki xizmat, Intizom, Garnizon qorovullik xizmatlari nizomlari tasdiqlandi. 1996 oktabrdan Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Saf Nizomi harbiy hayotga joriy etildi.
    О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini malakali kadrlar bilan ta’minlashni yо‘lga qо‘yish maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qо‘mondoni tashabbusi bilan yangi harbiy о‘quv muassasalari tashkil etish, ularda tayyorlanadigan mutaxassislarni kо‘paytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bu yо‘nalishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 12 fevraldagi Farmoniga asosan Toshkent elektrotexni­ka va aloqa institutining maxsus fakulteti, 1994 yil 18 martda Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 15 iyuldagi "О‘zbekiston Respub­likasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini tashkil etish tо‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq 1995 yil 2 sentabrda О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi ochildi.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 26 yanvardagi "Professional harbiy xizmatchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan serjantlar tayyorlash maktablariga asos solish haqida”gi Farmoni asosida Markaziy va Toshkent harbiy okruglarida, 2001 yili Sharqiy va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglarida, 2007 yilda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida serjantlar tayyorlash maktablari tashkil etildi. Bu maktablarda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, chegara qо‘shinlari uchun mutaxassislar tayyorlash yо‘lga qо‘yildi, zamonaviy uslublar asosida modellashtirish jarayonlarini о‘z ichiga olgan yangi ta’lim usullari joriy etildi.

    Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling