O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


MAMLAKATIMIZ IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTINING SIFAT BOSQICHIGA О‘TISHIDA SHAVKAT MIRZIYOYEV TASHABBUSLARINING О‘RNI


Download 0.52 Mb.
bet74/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

2. MAMLAKATIMIZ IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTINING SIFAT BOSQICHIGA О‘TISHIDA SHAVKAT MIRZIYOYEV TASHABBUSLARINING О‘RNI.


Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovlari oldidan bо‘lib о‘tgan saylovoldi uchrashuvlarida ilk bor о‘zining islohotlar dasturini xalqimizga taqdim qilgan edi. 2016 yil dekabrda bо‘lib о‘tgan Prezidentlik saylovlarida xalq ishonchini qozongan Prezidentimiz 2017 yildan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy sohalarda keng kо‘lamli islohotchilik faoliyatini boshladi.
О‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida 2017-yil mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik о‘zgarishlar rо‘y berdi. О‘zbekiston о‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e’tiborini qarata boshladi. О‘zbekistonda о‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bо‘la boshladi va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga о‘zbek jamiyatining mamlakatda bо‘layotgan о‘zgarishlarga bо‘lgan munosabati ancha о‘zgardi, xalqning islohotlarga qо‘shishi mumkin bо‘lgan hissasi har doimgidan kо‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda rо‘y berayotgan jarayonlarni televideniyedagi har kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bо‘lib davlatning rivojiga о‘z hissasini qо‘sha boshladi.
Sh.Mirziyoyevning keng kо‘lamli islohotlari iqtisodiy sohada ham boshlandi. Mamklakat Senati raisning birinchi о‘rinbosari Sodiq Safoyevga kо‘ra, yuqori iqtisodiy о‘sish va o‘zbek iqtisodining о‘sib borayotgan raqobatbardoshligini ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga aylandi. Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoyev davlatning investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari uchun yanada kо‘rkamligini ta’minlash yо‘lida siyosat olib bordi. О‘zbek hukumatining moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan siyosat orqali boshlab yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, YeTTB, OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullandi. 2017-yil sentabr oyidagi milliy valyutaning tо‘liq konvertatsiyasi shu sohada qо‘yilgan muhim qadamlardan biri bо‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va jamiyat modernizatsiyasi О‘zbekistonning yangi realligiga aylandi. Ushbu islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun e’tiborini о‘ziga qaratgan izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u qо‘shnilar va dunyo uchun ochilmoqda”, deya baholay boshladilar.
Bugungi kunda О‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish yо‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi” barcha islohotlarni tartibga soladigan va yо‘l xaritasi sifatida xizmat qiladigan hujjat bo’ldi.
Strategiyada mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yо‘nalish belgilandi:
1.Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
2.Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
4.Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur о‘ylangan, о‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish.
Strategiyada alohida e’tibor davlat suvereniteti va erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida о‘sib borayotgan о‘rni, rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirib borishi, atrofida xavfzlik, barqarorlik va ahil qо‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatni xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratildi.
Shu munosabat bilan, BMTning О‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Fraser strategiya va uning asosida qо‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bо‘yicha amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi nafaqat О‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning kelajakdagi farovonligi va barqaror rivojlanishining kafolati bo’lganligini ta’kidladi. Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning fikricha, Harakatlar strategiyasini qabul qilish va amalga oshirish suveren О‘zbekistonni rivojlantirishda yangi ustun bo’ldi.
Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi o‘zbek jamiyatida jiddiy muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday holatda, ushbu muammolarni yechish ham ularning tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tan olinishidan boshlanadi. О‘zbekistonning yangi rahbariyati Harakatlar Strategiyasi doirasida keng kо‘lamli va tarixiy islohotlarni yо‘lga qо‘yish orqali muhim qadamni qо‘ydi.
Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng kо‘lamli dastur Hukumat va xalq о‘rtasida tо‘g‘ridan tо‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon qilindi va har bir fuqaro о‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bо‘lishish va unga о‘zgartishlar kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda о‘zbek xalqi, jumladan, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlar, hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bо‘lishdi. Shu orqali xalq qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qо‘lga kiritdi va bu umummilliy muhokama mavzusiga aylandi.
Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar uchun yо‘l xaritasi bo’ldi. Bu balandparvoz gaplar yoki piar kampaniyasining populist deklaratsiyasi emasdi. Negaki, bugun О‘zbekistonda ijobiy va dinamik о‘zgarishlar kuzatilmoqda. О‘zbekiston viloyatlariga kо‘plab tashriflar aholiga Prezident bilan muloqotga kirishish imkonini bermoqda. Hukumat va mintaqaviy darajada tez-tez о‘zgarishlar, shuningdek, islohotlarga moyil bо‘lgan yosh vazirlarni tayinlash О‘zbekiston rahbariyatining modernizatsiya qilishga qaratilgan jiddiy e’tiborini tasdiqlaydi.
Tо‘rtinchidan, О‘zbekiston Markaziy Osiyo bо‘yicha demografik kо‘rsatkichlari eng yirik bо‘lgan davlat hisoblanadi. Mintaqaning deyarli yarim aholisi О‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Mustaqillikdan buyon О‘zbekiston aholisi 50 foizga (20 milliondan 32,5 milliongacha) oshdi. Bir sо‘z bilan aytganda, mintaqadagi har ikkinchi odam О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo aholisining yarmi rivojlanishning yangi bosqichiga о‘tdi.
Shu munosabat bilan, Strategiyani amalga oshirish nafaqat О‘zbekistonga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. О‘zbekiston mintaqaning barcha davlatlari, jumladan, Afg‘oniston bilan chegaradosh. О‘zbekistonning faol mintaqaviy siyosati va butun dunyoga ochiqligi Markaziy Osiyoda yangi siyosiy voqea bо‘ldi.
2017 yil davomida yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bо‘lmagan 1100 dan ortiq shaxsga О‘zbekiston fuqaroligi berildi.
2017 yilda viloyatlardagi 60 dan ortiq chegara-postlar olib tashlandi.
Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligini tashkil etildi. Ushbu Agentlikning Xalq qabulxonalari qoshida faoliyat olib boradigan Davlat xizmatlari markazlari nafaqat tadbirkorlarga, balki butun xalqimizga tezkor va sifatli xizmat kо‘rsatadi.
2005 yildan buyon ilk marta AQShning xalqaro din erkinligi bo‘yicha komissiyasi O‘zbekistonni 2020-yil noyabr oyida «qora ro‘yxati»dan chiqardi. Rasmiy Toshkent qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaxshilay boshladi. Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegara, transchegaraviy daryolar masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari muloqoti tiklandi va besh davlat rahbarlari 2018 va 2019 yillarda o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Mirziyoyev dunyo hamjamiyatini O‘zbekistonga investitsiya kiritish foydali va xavfsiz ekaniga ishontira boshladi. Bu esa chinakam kutilmagan qadam edi. Hukumat valyuta kurslarini tartibga keltirib, valyuta operatsiyalarini osonlashtirib qo‘ydi. Bank tizimi isloh qilindi va xorijiy investorlar uchun to‘siqlar bekor qilindi.
Mirziyoyev o‘z atrofida yaxshi jamoa to‘plashga ko‘p vaqt sarfladi. Uning davrida deyarli barcha vazirlar almashdi, tashqi ishlar vaziridan tashqari. Katta lavozimlarga yosh kadrlar keldi. O‘zbek rahbarining ko‘rinishi o‘zgardi: endi ular faqat kabinetda o‘tirmaydi, aksincha odamlar bilan faol muloqotga kirishgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham faollashgan. Ular endi nafaqat mahalliy jurnalistlarga, balki xorijiy OAV vakillariga ham intervyu bera boshlashdi. Rahbarlar endi muammolar haqida ochiq gapirishmoqda. Endi rahbarlar muammoli joylarga yetib borishmoqda. Masalan, Urganchda uylari buzilib kompensatsiya ololmagan odamlar katta trassani yopib qo‘yganda bosh vazir Abdulla Aripovning shaxsan o‘zi u yerga yetib borib, aholi bilan muloqot qilgandi. Hatto Mirziyoyevning o‘zi uzoq yillar rahbar ko‘rmagan tumanlarga bormoqda.
Biroq muammolar kamayib qolgani yo‘q. Hamon yuqori lavozimlarga tanish-bilishsiz erishish qiyin. Katta kadrlar yoshlarning o‘sishiga hamon qarshilik qilmoqda. Hududiy rahbarlar eskichasiga, qo‘rslik bilan boshqaruvni amalga oshirishi holatlari kuzatilib turibdi. Mirziyoyevga kuchli kadrlar yetishmayapti …
2016 yilgacha o‘zbek ommaviy axborot vositalari koma holatida edi: gazetalarni hech kim o‘qimas, ular majburiy obuna hisobigagina kun ko‘rayotgan, televideniye sovetlar davridagidan farq qilmas, internet saytlar rasmiy press-relizlarni qayta nashr etish bilan kifoyalanardi. Shavkat Mirziyoyev davrida barchasi keskin o‘zgardi. OAV chinakamiga jamiyatning hayot tarzini ko‘rsata boshladi. Oldinlari nomini faqat sekingina aytish mumkin bo‘lgan xorijiy saytlar ochildi. Jurnalistlar himoyasi uchun butun boshli agentlik va fondlar ochildi.
Bugun o‘zbek nashrlarida har qanaqa tanqidni uchratish mumkin. Mamlakatda mashhur blogerlar paydo bo‘la boshladi. Rahbarlar esa o‘z axborot xizmatiga e’tibor bermoqda. To‘g‘ri, hali to‘la erkin matbuotgacha ancha bor, hamon teginish mumkin bo‘lmagan mavzular saqlanib qolmoqda, ammo o‘zgarish chindan yaxshi tomonga bo‘lmoqda.
OAV shunchalik katta obro‘ga ega bo‘ldiki, rahbarlar jurnalistlar tanqidiga uchramaslik uchun o‘z faoliyatini, o‘zini tutishini nazorat qilishga majbur bo‘lmoqda. Masalan, pandemiya davrida axborotni yashirishning imkoni bo‘lmayapti, chunki bu haqda OAV va blogerlar sahifasida baribir ma’lumot berilmoqda. Avval hukumat shunchaki hech nima aytmay qo‘ya qolgan bo‘lardi.
Biroq hali o‘zgartirish kerak bo‘lgan narsalar ko‘p: partiyalar nomigagina ishlamoqda, monopol kompaniyalarga hamon imtiyoz berilmoqda. To‘rt yil - islohotlarning dastlabki hayajonlari tugashi uchun yetarli muddat. Bu ayniqsa iqtisodiyotda sezilmoqda. Bir tomondan, hukumat soliqlar va xususiylashtirish kabi muhim sohalarda islohot amalga oshirdi. Boshqa tomondan qat’iy proteksionizm iqtisodiy siyosatning asosiy falsafasi bo‘lib qolmoqda, mahalliy monopolistlar uchun subsidiyalar va imtiyozlar raqobatni bo‘g‘ishda davom etmoqda, xususiylashtirish jarayoni esa shaffof emas. O‘zbekiston iqtisodiyoti hukumatdagilar buni o‘zgartirish uchun harchand urinmasin, avvalgi kabi lobbistlarning tor doirasi manfaatlari uchun xizmat qilishda davom etmoqda.
O‘zbekistonda ulkan byurokratik apparat o‘sishda davom etmoqda. Hali hal etilmagan eski muammolar qatoriga yangilari qo‘shilmoqda. Amaldorlarni haqiqiy holat emas, ko‘proq hisobotlarda KPI (samaradorlik eng muhim ko‘rsatkichlari) ijrosi qanday bo‘lishi qiziqtiradi. Hukumat qarorlari niqobi ostida hokimiyatga yaqin bo‘lganlar xususiy biznesni siqib chiqarishi holatlari kuzatilmoqda.
Yuqorida aytilganidek, o‘zbek hukumati tanlov oldida turibdi: yoki amaldagi holatni saqlab qolish yoki tizimli islohotlarga o‘tish. Sh.Mirziyoyevning liberal siyosati qaysidir ma’noda xalqni talabchan qilib qo‘ydi. Endi ular barchasi yanada yaxshiroq bo‘lishiga ham ishonmoqda.
2019 yilda “The Economist” haftalik jurnali dunyoning ikki yuzga yaqin davlati orasidan О‘zbekistonni dunyoda eng kо‘p yaxshi tarafga о‘zgargan mamlakat sifatida “Yilning mamlakati”, deb topdi. Darhaqiqat bunaqasi mustaqil О‘zbekiston tarixida kuzatilmagan. О‘zbekistongacha qolgan biror bir Markaziy Osiyo davlati bu kabi e’tirofga loyiq kо‘rilmaganligi diqqatga sazovor.
О‘zbekiston yaqin-yaqingacha, aksariyat tahlilchilar e’tirofida, dunyoning "eng yopiq", "eng mustabid", "eng repressiv" va "diktatura hukmron" sanoqli davlatlaridan biriga qiyos berib kelingan. Xuddi shu bois ham, О‘zbekiston bilan bog‘liq kutilmagan bu yangilik xalqaro miqyosda aks-sado bergan.
SH.M.Mirziyoyev mazkur yangilikka 2019 yil 28 dekabr kuni Navoiy viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida alohida tо‘xtalib, bu kabi e’tirofning "tagida katta mehnat yotgani"ni qayd qilib, "Buyuk Britaniyaning juda nufuzli jurnali hech qachon uncha-muncha davlatni bunday natijaga erishgan davlat, deb maqtamaydi", deb ta’kidlab о‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yutuqlar bilan xavolanmasdan "Shunga doimo munosib bо‘lish uchun har kuni, har daqiqa, har soat, har yil о‘z ustlarida ishlashlari kerak"ligini qayd qilganligi diqqatga sazovor.
Yangi О‘zbekistonning qanday qilib zamonaviy quldorlik - majburiy mehnatga barham bergani, yillarki, xalqaro miqyosda jiddiy tanqid, xavotir va tashvishlarga sabab bо‘lib kelayotgan "Jasliq" qamoqxonasini yopgani, ayrimlari bilan hatto suv ustidan urush yoqasiga borib qolgan mintaqa davlatlari bilan aloqalarini qisqa vaqtning ichida butkul о‘nglab olganini inobatga olgan.
О‘z о‘rnida ta’kidlash joiz, yaxshi qо‘shnichilikka asoslangan mintaqaviy tashqi siyosati - Shavkat Mirziyoyev prezidentligining xalqaro miqyosda e’tirof etilgan, xosan diqqat-e’tiborga sazovor eng muhim jihatlaridan biri bо‘ldi.
Bu kabi о‘zgarishlar aksariyat mintaqaviy tahlilchilar e’tirofida "misli kо‘rilmagan", deya baho topish bilan birga, О‘zbekiston yangi prezidentining qat’iy siyosiy istak va irodasiga ham yо‘yilgan.
Aholisi mintaqada eng yirigi (qariyb 35 million) bо‘lgan О‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish, asoslarini turfalashtirish va chetdan kо‘proq sarmoya jalb etish SH.Mirziyoyev strategiyasining bosh yо‘li deb aytishimiz mumkin.
Necha о‘n yillarki tirikchiligi tashqi mehnat migratsiyasi orqasidan о‘tayotgan millionlab fuqarolarini ishli qilish - mamlakatning о‘zida yangidan yangi ish о‘rinlari yaratish harakatlari fonida bо‘y kо‘rsatgan.
О‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilash masalasiga prezident darajasida e’tibor qaratilgan.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling