O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
YAngilanaѐtgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi
Download 45.56 Kb.
|
Конспект мавзулари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar
YAngilanaѐtgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” davlat va jamiyatning bosh maqsadi bo‘lgan odamlarning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta’minlashga qaratilganligi bilan nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. 2017 yil 23-28 yanvar kunlari keng jamoatchilik tomonidan O‘zbekiston taraqqiyotida juda katta amaliy ahamiyat kasb etadigan bevosita davlat rahbari tashabbusi bilan hukumat, parlament va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi. 2017 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 2.Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan: 1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar strategiyasidagi har bir vazifa inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yanada jadallashtirish, odamlarning orzu-intilishlarini yuzaga chiqarishga yaqindan ko‘maklashish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub ijobiy o‘zgarishlarga erishishga xizmat qiladi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari doirasidagi demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. Harakatlar strategiyasi davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotining mutlaqo yangi bosqichini boshlab berdi. Davlat boshqaruvi tizimi tarixiga nazar tashlasak agar, har bir davlatning mavjudligi asosi qonunlar va qonunlar ijrosiga bog‘liqligiga amin bo‘lamiz. Manfaat ustun jamiyatda rivojlanish qay tarzda bo‘ladi, qonun ustivor jamiyatda taraqqiyot qay tarzda bo‘ladi bugungi kunda bizga bu ma’lum va ravshandir. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurishning asosiy beshta ustuvor tamoyili asosida jamiyatimiz, mamlakatimiz o‘z rivojlanish yo‘lini tanlab olgan. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida chorak asr mobaynida yangi jamiyat shiddat bilan rivojlandi. Bu davr asosan bozor munosabatlariga asoslangan yangi tizimga o‘tish, bu tizimning xalq manfaatini ifoda etuvchi, Konstitutsion huquqiy bazasini yaratish, iqtisodiyotni rivojlantirishning yangicha tizimini amaliyotga joriy qilinishi, ma’naviy eskirgan boshqaruv tizimini isloh etish, kuchli huquqiy asos yo‘lida ulkan qonunchilik ma’murligi, xalq ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida ulug‘vor yo‘nalishlar, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohasi, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik masalalaridagi yangicha yondashuvlar davri bo‘ldi. Jamiyat taraqqiyoti shiddatli tarzda bordi. Kechagi kundagi dasturlar bugungi, ertangi kun nazariga bog‘liqligi toboro ayon bo‘ldi. SHu ma’noda 2017 yil 7 fevraldagi Harakatlar strategiyasi haqidagi farmon ham bugungi, ham ertangi kunning nazari bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Taraqqiyot nazarga, e’tiborga muhtoj, ma’murga muhtoj. Taraqqiyot bu – davlat, xalq farovonligi, borliq, mavjudlikdir. YAngi farmon esa mamlakatimizning barqaror, izchil taraqqiyotining muhim asosi, dasturil amal bo‘ldi. Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmon diqqat bilan o‘rganib chiqilsa haqiqatdan ham 2017-2021 yillargina emas, kelajakdagi o‘n yilliklar ham e’tiborga olinganligini anglash qiyin emas. Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishi, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish masalasida ko‘zda tutilgan soha bu davlat boshqaruvi tizimida Oliy Majlis rolini kuchaytirish. Darhaqiqat Oliy Majlis bu qonunchilik me’morchiligi. Qonunlar esa taraqqiyot poydevori. Davlatchilik ushbu tarixiy va o‘ta dolzarb hujjat orqali o‘z faoliyatini isloh qilsinki, har tomonlama xalq manfaatini, mamlakat rivojini uylaydigan, hokimiyat tizimi shakllansin. Iqtisodiyot rivojida davlat ta’sirini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlar o‘rtasida zamonaviy, yangicha, samarali hamkorlik shakllarini rivojlantirish bugungi kun talabi, ertangi kun obodligi, xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli aloqa, chambarchas bog‘liqlikdir. Bu xalq manfaati, yurt obodligidan darak. Bu yo‘nalish tamoyilining ahamiyati shunchalik kattaki, qonun ijodkori Oliy Majlis – Senat ham Qonunchilik palatasi ham xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqat orqali o‘z faoliyatlarini amalga oshiradi, xalqni eshitadi, xalq manfaatini ko‘zlaydi. Ikkinchi yo‘nalish sud huquq tizimini isloh qilish, istiqlol yillarida sud huquq tizimida keng ko‘lamli islohatlar olib borildi, bugungi shiddatli rvojlanish jarayonlari esa bu sohada ham hali amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar talaygina ekanligini ko‘rsatdi. Oddiygina misol yuqori instansiya Oliy sudda sakkiz mingdan ortiq sud ishlari o‘z echimini kutib turganligi ortida, qancha-qancha oila, insonlar taqdiri bor. Huquq tartibot organlari faoliyatini yanada takomillashtirishgning dolzarbligi, sudlarning tom ma’noda mustaqilligini ta’minlash, sudlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, ular nuqsonlariga barham berish, yuqori sud instansiyalari vakolatini kengaytirish masalasi dolzarbligi ayni haqiqat. Zero, sud huquq tizimidagi islohat inson huquqlari va manfaatlari uchun. Oliy sud kengashi tuzilishi masalasi, professional sudyalar Korpusini shakllantirish, mntaqaviy appelyasiya sudlarining tuzilishi, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etishorqali sudlarning ixtisoslashuvi, jinoyat protsessual qonun hujjatlarining yanada takomillashuvi masalasi xalqimizning huquq va manfaatlarini kafolatlash yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish qamrovi juda keng, ahamiyati beqiyosdir. Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi dolzarb soha hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiq va erkin raqobat asosida talab va taklif qonuniyati orqali rivojlansagina iqtisodiy barqarorlikga erishiladi. Jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy kuch bugun tadbirkordir. Ugina bandlikni ta’minlashda, qurilish, savdo va ishlab chiqarish sohalarida jonbozlik ko‘rsatadi, jamiyat rivojiga salmoqli hissasini qo‘shadi. Bugun faqat xususiy sektorni, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirsakgina mahalliy byudjetning daromad bazasi kengayadi. Zero yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish, tadbirkorlikni qullab quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish orqaligina el obodligi, turmush farovonligiga erishiladi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yo‘nalish o‘zining dolazarbligi va xalqchilligi bilan yanada kishi e’tiborini tortadi. Aholini ish bilan ta’minlash, kam ta’minlangan oila va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish sifatini oshirish, sog‘liqni saqlashda keng islohatlar o‘tkazish, ijtimiy siyosiy hayotda xotin-qizlarning o‘rni va ishtirokini, maqomini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tez va shoshilinch tez yordam kabi bir qator zarur chora tadbirlar, islohatlar yo‘nalishidan asosiy maqsad sog‘lom jamiyat masalasi yotibdi. Harakatlar strategiyasidagi beshinchi yo‘nalish haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqorida keltirib o‘tilgan barcha yo‘nalishlar aynan ushbu yo‘nalish rivoji bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli. Bu yo‘nalish mamlakatimizning yanada ravnaq topishi, yurtdoshlarimizning tinch-osuda hayot kechirishida muhim va ahamiyatli o‘rin tutadi. Mamlakatning keyingi tadrijiy rivojlanishini istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlab olish va erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlab yangi bosqichga qadam qo‘yish zaruratidan kelib chiqib 2022 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi quyidagi 7 yo‘nalishda ifoda etilgan; Download 45.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling