O’zbekistonning eng yangi tarixi
Download 56.13 Kb.
|
oraliq javoblari tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis faoliyati (Ikki palatali parlament, Senat, Qonun chiqaruvi quyi palata, Saylovlar, Senatning shakllantirilishi, vakolat muddatlari).
O’zbekiston fuqarolarining davlat oldidagi burch va majburiyatlari (davlat mulkiga munosabat, davlat ramzlariga hurmat, insonparvarlik va vatanparvalik hissi, 46-52 moddalar).
O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining burchlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-52 – moddalarida mustahkamlangan bo`lib ular quyidagilardan iborat: - Barcha fuqarolar Konstiutsiyada belgilab qo`yilgan burchlarini bajaradilar. - Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. - Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir. - Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar. - Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar. - O`zbekiston Respublikasini himoya qilish - O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosinining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e'tiqodini hurmat qilishi shart. Har bir fuqaro o`z huquq va erkinliklaridan manfaatlari yo`lida foydalanayotganda, uning hatti-harakatlari boshqalarga, ya'ni shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim. O’zbekistonda qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis faoliyati (Ikki palatali parlament, Senat, Qonun chiqaruvi quyi palata, Saylovlar, Senatning shakllantirilishi, vakolat muddatlari). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" (2002-yil 4-aprel), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida" (2002-yil 12-dekabr), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida"gi (2002-yil 12-dekabr) Konstitutsiyaviy qonunlar, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-yil 29-avgust), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-yil 29-avgust) kabi qonunlar tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazкur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat кoʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Download 56.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling