1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish, uning siyosatdan yuqori turishi ta’kidlanadi. Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan batamom xoli qi-lish, bu umuman mafkuradan voz kechishni anglatmaydi, chunki birorta ham jamiyat ijtimoiy ongning san’at, din, siyosat, axloq kabi turli shakllarda mujassamlashgan muayyan g’oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan tashqari rivojlana olmaydi. 1 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T., «O’zbekiston» 1995y., 9-bet 2 Kontseptsiya (lotincha conception-tushunish, tizim) bosh g’oya, etakchi fikr, konstruktiv printsipni talqin etish usuli. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida bozor iqtisodiyotiga o’tish qonun-qoidalari va uning O’zbekistondagi xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar majmui bayon qilinadi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustun turishi uning ichki mazmunini tashkil qilmog’i lozim. Aynan iqtisodiyot uni yanada rivojlantirish, dolzarb muammolarni hal qilishi hozirgi yuritilayotgan siyo-satning asosiy mazmunidir. Bu tamoyil iqtisodiy faoliyatning, ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqadi. Tarixiy taraqqiyot shuni ko’rsatadiki, iqtisodiyot qanday bo’lsa, jamiyat hayotining boshqa hamma tomonlari ham shunga qarab tarkib topadi, rivojlanadi. Ma’lumki, davlatlarning rivojlanish darajasi iqtisodiy ko’rsatkichlarga, eng avvalo, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi milliy mahsulot, ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan milliy daromad asosida aniqlanadi. Bu bejiz emas. Chunki aholining turmush darajasi bevosita ana shu ko’rsatkichlarga bog’liq. Xalq farovon yashashi uchun yuksak rivojlangan iqtisodiyot zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |