O’zbekistonning eng yangi tarixi


Download 377.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi377.42 Kb.
#230671
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ (4)(1)

 

 

2-topshiriq:  Oʻzbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  I-bo‘limi 

mazmunini yoriting. 

 O’zbekoston Respublikasi Konstitutsiyasi o’n ikkinchi chaqiriq  O’zbekiston 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992- yil 

8-dekabrda qabul qilingan.    

(2002- yil 27- yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra 

hamda  uning  asosida  O‘zbekiston  Respublikasining  2003-  yil  24-  aprelda 

qabul  qilingan  Qonuniga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar 

kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 -yil 11- aprelda qabul qilingan 

Qonuni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  89-modaasiga, 

93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar 

kiritilgan.  O‘zbekiston  Respublikasining  2008-  yil  25  -dekabrda  qabul 

qilingan  Qonuni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  77-

moddasining  birinchi  qismiga  o‘zgartish  kiritilgan.  O‘zbekiston 

Respublikasining  2011-  yil  18-  aprelda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  78,  80,  93,  96  va  98-

moddalariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritilgan.  O‘zbekiston 

Respublikasining  2011-  yil  12-  dekabrda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  90-moddasining  ikkinchi 

qismiga  tuzatish  kiritilgan.  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-  yil  16- 

aprelda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi  32,  78.  93,  98,  103  va  117-moddalariga  o‘zgartish  va 

qo‘shimchalar  kiritilgan. O‘zbekiston  Respublikasining 2017-yil  6-aprelda 

qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 

81,  83,  93,  107,  110  va  111-moddalariga  o‘zgartishlar  va  qo‘shimcha 

kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 31- mayda qabul qilingan 

Qonuni  bilan  O‘zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi  80,  93,  108  va 

109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- 

yil  29-avgustda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan  O‘zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. 

O’zbek  xalqi:  inson  huquqlariga  va  davlat  suvereniteti  g’oyalariga 

sodiqligini  tantanali  ravishta  e’lon  qilib,  hozirgi  va  kelajak  avlodlar 

oldidagi  yuksak  mas’ulyatini  anglagan  holda,  o’zbek  davlatchiligi 

rivojining  tarixiy tajribasiga tayanib, demokratsiya  va ijtimoiy adolatga 




sadoqatini  namoyon  qilib,  xalqaro  huquqning  umum  e’tirof  etilgan 

qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqorolarining munosib 

hayot  kechirishlarini  ta’minlashga  intilib,  insonparvar  demokratik 

huquqiy  davlat  barpo  etishni  ko’zlab,  fuqorolar  tinchligi  va  milliy 

totuvligini  ta’minlash  maqsadida,  o’zining  muxtor  vakillari  siymosida 

O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasinin qabul.     

2018-yil  15-oktabr,  “Fuqorolar  yig’ini  raisi  saylovi  takomillashtirilishi  munosabati 

bilan O’zbekiston Respublokasining ayrimqonun hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish 

to’g’risida’gu  qonun  haqida  bitta  norma  o’zgardi.  Fuqorolar  yig’inlari  o’zini  o’zi 

boshqarish  organlarida  raisni  (oqsoqolni)  va  uning  maslahatchilarini  emas,  balki 

faqat raisni ya’ni oqsoqolni ikki yarim yil muddatga saylash tartibi kiritildi. 2019-yil 

18-fevral,  “Xavfsizlik  va  mudofaa  sohasidagi  ba’zi  davlat  organlari  faoliyati 

takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O’zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun 

hujjatlariga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida”gi  qonun,  Milliy 

Xavfsizlik  Xizmati,  Davlat  Xavfsizlik  Xizmatiga  aylandi.  Ikkita  norma  o’zgardi.  Bu 

o’zgartirish  O’zbekiston  Respublikasi  Milliy  xavfsizlik  xizmatining  nomlanishi 

O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga o’zgarishi bilan bog’liqdir. 

 

2019-yil 5-martda, “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirishi va uning 



mas ‘uliuatining kuchaytirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 

ayrim  qonun  hujjatlariga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida”  gi 

qonun:

 

Uchta  norma:  ularga  ko’ra,  Vazirlar  Mahkamasi  a’zolarini  tasdiqlash  va 



lavozimlaridan ozod qilish bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullanganidan 

keyin kiritilgan taqdimiga binoan amalga oshirilish tartibi joriy etildi. 

2019-yil 4- sentabr, “Saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari 

takomillashtitilishi 

Munosabati  bilan  O’zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga 

o’zgartirish va qo’shimchalar koritisb haqida”gi qonun: 

Ikkita  norma,  117-moddada  sud  muomalaga  layoqtsiz  deb  topgan,  og’ir  va  o’ta 

og’ir jinoyat sodir etgani uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida 

saqlanayotgan  shaxslargina  saylovda  ishtirok  etmasligi,  boshqa  har  qanday 

hollarda  fuqorolarning  saylov  huquqlarini  to’g’ridan-to’g’ri  yoki  bivosita 

cheklashga yo’l qo’ymasligi to’g’risidagi o’zgartirish kiritildi.

 

 



 

 


Download 377.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling