O’zbekistonning eng yangi tarixi


-topshiriq: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing. Taraqqiyotning “Oʻzbek


Download 377.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi377.42 Kb.
#230671
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ (4)(1)

4-topshiriq: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing. Taraqqiyotning “Oʻzbek 

modeli”, Bozor iqtisodiyoti, Sotsialistik iqtisod, Xususiy mulk, Menejment. 

•Iqtisodiy



 

taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat 

iqtisodiyotini  tashkil  etish  va  rivojlantirishning  strategiyasi,  maqsadlari, 

umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. t.m. tushunchasi 

20-asrning  50-yillarida  paydo  boʻldi.  Bu  davrga  kelib  koʻpchilik  sobiq 

mustamlaka  mamlakatlar  oʻz  mustaqilligiga  erishib,  milliy  davlat  qurish 

yoʻliga  oʻtgan  edilar.  Bu  vaqtda  asosiy  3  yirik  taraqqiyot  yoʻli  boʻlishi 

mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, so-sialistik va sotsialistik 

yoʻnalish  (oriyentatsiya)].  20-asr  oxirlariga  kelib  biron-bir  mamlakatning 

iqtisodiy  taraqqiyotini  qatʼiy  qabul  qilingan  qoidalar  doirasi  bilan  cheklab 

turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va 

maq-sadga  egaligi,  ulardan  birini  tanlashda  har  bir  mamlakat  oʻz  ichki 

shartsharoitlaridan  kelib  chiqmogʻi  zarurligi  maʼlum  boʻldi.  Iqtisodiyot 

nazariyasida  ayrim  olimlar  t.m.ni  davlat  tuzumi  desa,  boshqalar  ijtimoiy-

iqtisodiy  formatsiya,  uchinchilari  esa  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  aniq 

belgilangan yoʻli deb hisoblaydi.

 

Bozor  iqtisodiyoti

— 

anʼanaviy  va  rejali  buyruqbozlik  tuzumidagi  iqtisodiy 



munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy 

zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy 

taraqqiyotni  va  xalq  farovonligini  taʼminlay  olmay  qoladi  hamda  Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan 

Bozor  iqtisodiyotiga  oʻtishning  uch  yoʻlini  koʻrsatish  mumkin:  1)  anʼanaviy 

natural  xoʻjaligi  iqtisodiyotidan  Bozor  iqtisodiyotiga  oʻtish ;  2)  qoloq  va 

mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali 

buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod 

boʻlgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar 

modeli  mavjud.  Klassik  model  eng  koʻhna  model  sifatida  Yevropa 

mamlakatlariga xos boʻlgan.  

•«

Sotsializm» atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan. 



Lekin  ijtimoiy  adolat  jamiyati  bilan  bogʻliq  tasavvurlar 

asr> toʻgʻrisidagi  qadimiy  gʻoyalarga  borib  taqaladi.  Bu  gʻoyalarning 

asoschisi 

Platon

 hisoblanadi.  U  «Siyosat»,  «Davlat»,  «Qonunlar»  kabi 



asarlarida  mohiyatan  sotsializmga  oʻxshash  jamiyat  toʻgʻrisidagi  fikrlarni 

bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan 

Aristotel

 oʻsha vaqtdayoq 

xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri 

halokatli  ekanligini  taʼkidlagan.  Umumiy  tenglik,  «oltin  asr»  borasidagi 

gʻoyalar keyinchalik 

utopik


 (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz 

ifodasini topdi. 

•  Xususiy  mulk—  ayrim  sohibkorlarga  qarashli  yollanma  mehnatga 

asoslangan 

va 

oʻz 


egasiga 

foyda


 keltiruvchi 

mulkdir. 

Oʻzbekiston 

Respublikasining  mulkchilik  toʻgʻrisidagi  qonunida

 (7-modda), xususiy 

mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf 

etish  huquqidan  iboratdir  deb  koʻrsatilgan.  Shu  bilan  birga  xususiy  mulk 

boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi. 

•Menejment (

inglizcha

: management)  —  (boshqarish,  tashkil  etish)  — 

maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati ishlab 

chiqarish  samaradorligiga,  texnika  va  texnologiya  darajasi  hamda  ishchi 

kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va 

boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi 

boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan 

iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat 

etish  jarayonidir.  Uning  asosiy  maqsadi  bozor  munosabatlari  sharoitida 

barcha  boʻgʻinlarda  ishlay  oladigan  yuqori  malakali  boshqaruvchilarni 

tayyorlashdan iborat. 




Download 377.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling