O’zbekistonning eng yangi tarixi


Download 377.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi377.42 Kb.
#230671
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ (4)(1)

 

 


 

3-topshiriq:O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari haqida 

ma’lumot yozing.    

O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari 

Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot 

yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va 

amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, 

hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 

tamoyillari quyidagilardan iborat: 

•mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy 

qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; •davlatlarning suveren 

tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; •boshqa davlatlarning ichki 

ishlariga aralashmaslik; •nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; •kuch ishlatmaslik va 

kuch bilan tahdid qilmaslik; •inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; •ichki 

milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan 

qoidalari va normalarining ustivorligi; •davlatning, xalqning oliy manfaatlari, 

farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga 

kirish va ulardan ajralib chiqish; •tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga 

kirmaslik; •davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat 

milliy manfaatlarining ustunligi; •tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p 

tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga 

boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va 

xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil 

davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat 

mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan 

diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. 

Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, 

Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni 

kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro 

tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning 

vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, 

Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning 

elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. 

O’zbekistonning BMTga a'zo bo’lishi 

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki 

kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 

qilish yo’lini tanladi va og’ishmay shu yo’ldan bormoqda. O’zbekiston Respublikasi 

o’zining xohish–irodasi va taklifiga ko’ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli 




xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz 

jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a'zosi bo’ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I. 

A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993– yilda bo’lgan 48– sessiyasida 

ishtirok etishi va unda 27– sentabrda qilgan ma'ruzasi O’zbekistonni jahonga 

ko’hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston Respublikasi 

nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha 

BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi 

kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha 

bir qator takliflar o’rtaga qo’yildi. 1993–yil 24–oktabrda Toshkentda BMT ning 

vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O’zbekiston rahbariyati va BMT 

rahbarlarining sa'y–harakatlari natijasida O’zbekiston BMT–ning Xalqaro 

telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi 

bo’yicha oliy qo’mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro 

aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish 

jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti 

tashkiloti, Oziq–ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan 

muassasalarga a'zo bo’ldi. 1994–yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining 

yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak 

yo’li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning 

mavqeyini yanada ko’tardi. O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT 

rahnamoligida 1995– yil 15–16– sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va 

hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash–seminari bo’lib o’tdi. 

Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan 

muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya 

jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari 

yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul 

qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy 

kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik 

hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. O’zbekiston BMT ning 50 yilligiga 

bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov 

BMT Bosh Assambleyasining 1995– yil oktabr–noyabr oylarida bo’lgan 50– yubiley 

sessiyasida qatnashib va nutq so’zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini 

yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy 

xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini 

ta'minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta'minlash mumkinligi alohida 



ta'kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning 

aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi.  




Download 377.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling