O’zbekistonning eng yangi tarixi


-topshiriq:  Mustaqillik  yillarida  O‘zbekistonda  diniy  bag‘rikenglik,  millatlararo


Download 377.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi377.42 Kb.
#230671
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ (4)(1)

5-topshiriq:  Mustaqillik  yillarida  O‘zbekistonda  diniy  bag‘rikenglik,  millatlararo 

totuvlikning ta’minlanishi borasida qanday ishlar amalga oshirildi va bu borada 

siz  yashayotgan  hudud  (tuman,  shahar  yoki  viloyat)da  qanday  ishlar  amalga 

oshirildi?

 

 Mustaqillik yillari deganda men 1991-yildan toki hozirga kungacha bo’lgan yillarni 



tushunaman.    Mustaqillikdan  keyin  O’zbekistonda  juda  ko’p  o’zgarishlar  bo’ldi. 

Masalan:  1990-1991  yillarda:  Respublika  aholisining  45  %  daromadlari  yashash 

minimumidan  past  darajada  bo'lgan.  qishloq  aholisining  5  %  vodoprovod  va 

kanalizatsiya bilan ta'minlangan  qishloq aholisining 50 % ichimlik suvi  bilan, 17% 

tabiiy  gaz  bilan  ta'minlangan.Hozirgi  kunda  bu  ko’rsatkich  juda  katta  darajaga 

usgan. Aholi soni ham mustaqillikdan keyin o’sib bormoqda. Ma`lumki O`rta Osiyo, 




xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush 

tarziga  ega  bo`lgan,  xilma-xil  dinlarga  e`tiqod  qiluvchi,  bir-biriga  o`xshash 

bo`lmagan  bir  necha  xalqlar  yashagan  o`lkadir.  O`zbekistonning  jo`g`rofiy  nuqtai 

nazaridan  muhim  savdo  yo`llari  chorrahasida  joylashgani,  ko`plab  davlatlar  bilan 

iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma`naviy hayotiga, shuningdek, 

Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir 

ko`rsatgan.  Bu  esa  o`ziga  xos  millatlararo  ham  jihatlik  va  diniy  bag`rikenglikni 

shakllantirishdagi  asosiy  omillardan  biri  bo`lib  xizmat  qilgan.  Bu  haqda 

Prezidentimiz  o`zlarining  «O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida:  xavfsizlikka  tahdid, 

barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  asarida:  «Ming  yillar  mobaynida 

Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan 

va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. 

Haqiqatan  ham  O`zbekiston  zaminida  qadim  zamondan  islom  dini  bilan  boshqa 

dinlar  yonma-yon  yashab,  rivojlanib  va  bu  jamiyatning  ma`naviy  yuksalishiga 

muayyan hissa qo`shdi. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat 

va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha 

milliy-madaniyat  markazlari  faoliyat  yurgazib  kelmoqda.  Jumladan,  Toshkent 

viloyatida  Angren  shahar  rus  milliy-madaniyat  markazi,  Olmaliq  shahar  ukrain 

milliy-madaniyat  markazi,  Oqqo`rg`on  tumani  koreys  milliy-madaniyat  markazi, 

Viloyat  qozoq  milliy-madaniyat  markazi,  Yangiyo`l  shahar  tatar  milliy-madaniyat 

markazi kabilardir. O`zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng 

sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga  mos istaklari ro`yobga chiqarilmoqda. 

Bundan  tashqari,  O`zbekistonda  bugungi  kunda  musulmonlar  uchun  2000  dan 

ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Toshkent viloyati 

hududida  esa  200  ortiq  masjid  rasmiy  ro`yxatdan  o`tgan.  Ilmiy  manbalar 

O`zbekiston  —  ilk  diniy  qarash  va  tasavvurlar  yuzaga  kelgan  eng  qadimiy 

o`lkalardan  biri  ekanidan  dalolat  beradi.  O`lkamizda  qadim  zamonlardanoq 

zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega 

bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. VIII asrda Markaziy Osiyoga kirib 

kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi 

yuz  berdi.  Markaziy  Osiyo  xalqlari  islom  diniga  mahalliy  diniy  axloq  g`oyalari, 

huquqiy  me`yorlar  va  urf-odatlarni  olib  kirdilar. Prezidentimiz  I.  Karimov  bu 

xususida  shunday  deganlar:  «Xalqimizning  etnik,  madaniy  va  diniy  sabr-bardoshi 

ma`naviy  uyg`onishning  yana  bir  bitmas-tuganmas  manbaidir.  Ming  yillar 

mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari 

tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik 

hayot  bo`ronlaridan  omon  qolish  va  rivojlanish  uchun  zarur  tabiiy  me`yorlarga 

aylandi.  Hatto  bu  hududlarni  bosib  olganlar  ham  Markaziy  Osiyo  xalqlarining 

madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu 



hududda  mavjud  bo`lgan  davlatchilik  an`analarini  avaylab  qabul  qilganlar.  turli 

millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning 

huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  konstitutsiyaviy  kafolatlar 

belgilangan.  Bunda,  eng  avvalo,  fuqarolarning  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini, 

ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng 

huquq  va  erkinliklarini,  ularning  qonun  oldida  tengligini  ta'minlash  alohida 

e'tiborga  olingan.  Mazkur  sohada  O'zbekiston  Respublikasi  davlat 

siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy 

adolat,  qonun  ustuvorligi,  millat  va  elatlarning  madaniy,  til  va  diniy 

qadriyatlari,  an'ana  va  urf-odatlarini  o'zaro  hurmat  qilish  kiradi. 

Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan 

qat'i  nazar,  fuqarolarga  jamoat  va  davlat  qurilishida  ishtirok  etishni 

ta'minlaydi.  Ta'kidlash  joizki,  O'zbekiston  Respublikasining  millatlararo  va 

konfessiyalararo  totuvlikni  o'rnatish  siyosati  Inson  huquqlari  umumjahon 

deklaratsiyasi  va  boshqa  xalqaro  huquqiy-me'yoriy  hujjatlarga  to'la  mos 

keladi.  Ikkinchidan,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag'rikenglikni  ta'minlash 

O'zbekistonning  zamonaviy  davlat  sifatida  rivojlanish  strategiyasining 

ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo'nalishi  bo'yicha 

Harakatlar  strategiyasiga  muvofiq,  mazkur  sohaga  alohida  e'tibor 

qaratilmoqda. 

Bag’rikenglikni  namoyon  inson  huquqlariga  ehtirom  bilan 

hamohang,  u  ijtimoiy  adolatsizlikka  nisbatan  sabr-toqatli  munosabatda 

bo’lishni, o’z imon- e’tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki,   

har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar 

ham ega ekanligini tan olmog’I lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o’z 

tabiatiga  ko’ra  tashqi  ko’rinishi,  qiyofasi,  o’zini  tutishi,  nutqi,  xulqi  va 

qadiryatlari  jihatidan 

farqlanishi  e’tirofga  loyiqligi  barobarida,  ular  dunyoda 

yashashga 

va o’zlarining ana shu indiviualligini saqlab qolishga haqlidirlar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 377.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling