Qishloq xo`jaligi Markaziy osiyo davlatlarining an`anaviy ishlab chiqarish sohasidir. Hudud dehqonchilik tarmoqlari qishloq xo`jalik mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib beradi. Markaziy Osiyo dehqonchiligining tarkibi espublikalarda bir-biridan farq qiladi. Jumladan, Qozog`iston, Qirg`istonda donchilikning ahamiyati juda katta. Qozog`iston don yetishtirish va uni eksport qilishda jahondagi eng yirik davlatlardandir. Sug`orma dehqonchilikka asoslangan O`zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda esa donchilik bilan birga texnik ekinlar, eng avvalo, paxtachilikning ahamiyati kattadir.
Chorvachilikda mintaqaning deyarli barcha davlatlarida qo`ychilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Uning ahamiyati, ayniqsa, Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston va Turkmanistonda katta. Qoramolchilik mintaqa respublikalarining, ayniqsa, aholi nisbatan zich yashaydigan vodiy va vohalarda, industrial markazlari atrofi hududlarida ko`proq rivojlangan. Mintaqada chorvachilikning tuyachilik (Qozog`iston va Turkmanistonning cho`l hududlarida), pillachilik, asalarichilik (O`zbekiston va Tojikistonning tog` va tog`oldi hududlarida), yilqichilik (Qozog`iston, Turkmaniston, Qirg`iziston) kabi tarmoqlari ham muhimdir.
Transportida katta maydonli o`lka bo`lganligi sababli temiryo`l, avtomobil va quvur transporti eng ahamiyatlidir.
Markaziy Osiyo davlatlarini Xitoy orqali Tinch okeani, Eron orqali Fors qo`ltig`i, Kavkaz orqali Qora dengiz bilan bog`lovchi yangi yo`llar qurilmoqda.
Ilgarilari respublikalarning ichki aloqalarni tashkil qilishda xizmat qilib kelgan avtomobil transporti so`nggi vaqtlarda tobora ko`proq xalqaro iqtisodiy aloqalarda ham samarali xizmat qilmoqda.
Suv transporti tarmoqlari faoliyati mintaqada tubdan cheklangan. Quvur transporti esa tobora rivojlanmoqda. Havo transporti ham barcha respublikalar ijtimoiy hayotida muhim rol o`ynaydi.
Ichki tafovutlar. Markaziy Osiyo mintaqasini geografik joylashuviga ko`ra tekislik va tog`li respublikalar guruhlariga ajratish mumkin. Bunda, asosan, O`zbekiston, Qozog`iston va Turkmaniston respublikalari birinchi, Qirg`iziston va Tojikiston respublikalari ikkinchi guruhiga kiradi. Ammo iqtisodiy-geografik xususiyatlari turlicha bo`lganligi sababli, biz ular bilan O`zbekistonning qo`shni respublikalari sifatida alohida tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |