O‘zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi reja
Download 33.42 Kb.
|
O‘ZBEKISTONNING TINCHLIKSEVAR MUSTAQIL TASHQI SIYOSATI VA UNING JAHON HAMJAMIYATI TOMONIDAN TAN OLINISHI
O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu-iming jug‘rofiy-siyosiy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir.Ma’lumki, O’zbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay makonda joylashgan. Ya’ni u, birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil ener-getika omillari markazida joylashgan.
Ikkinchidan, O’zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va bosh-qa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilardan ma'lum dara-jada ustun turadi. Uchinchi tarafdan, O’zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, ra-qobatga bardoshli meva-sabzavot mahsulotllarini ishlab chiqarishga hamda ulami qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir. To‘rtinchidan, davlatimiz nafaqat o‘zini o‘zi ta’minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, neft mahsulotllari, gaz va umuman, iq-tisodiyotning asosi bo‘lmish muhim tarmoqlarga ega. O’zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, deylik, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor. ADABIYOTLAR Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. T.: O’zbekiston, 1996. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: O’zbekiston, 1992. O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullayev, B.Eshov tahriri ostida. T.: Universitet, 1999. II nashri. O’zbekiston yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. T.: Sharq, 2000. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. T. 1-2. –T.: O’zMU nashriyoti, 2000-2001. O’zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo’lishi. T.: O’zbekiston, 1992. O’zbekiston Respublikasi: qonun va farmonlar (to’plam). T.: O’zbekiston, 1992-1998. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida (Usmonov Q., G’aniyev D.) T.: O’zbekiston, 1994. G’ulomov S., Usmonov Q. Mustaqillik O’zbekistonga nima berdi. Toshkent, 2000. Download 33.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling