O`zbekistonning xalqaro hamkorlik masalalarini o`qitishda aktdan foydalanish usullari I bob. O`zbekiston Respublikasi: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi va istiqbollari


Download 293.5 Kb.
bet2/13
Sana16.12.2021
Hajmi293.5 Kb.
#181426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ismoilov Ubaydulla Kurs ishi

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Millatni dunyoga tanituvchi uning tili va tarixidir. Tarixni bilish xususan Vatan tarixini o`rganish o`quvchilarni ajdodlarimizning ko`p ming yillik madaniy va ma`naviy merosi, ularni jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyortiga qo`shgan ulkan xissasi bilan tanishtirish, madaniyatimizning benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan faxrlanishga, milliy iftixor ruhini singdirishga yordam beradi. Tarix o`qitish maqsadlarini belgilashda, avvalo ta`lim va tarbiyaning uzviy birligini, o`qitish davomida o`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy saviyasi muttasil o`sib borishini, ularda ko`nikma va malakalar hosil qilishni hamda ijodiy faoliyatga tayyorlanishni nazarda tutmog`i lozim. Tarix o`qitishni samarali bo`lishida o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish muhim rol o`ynaydi. Shu boisdan tarix fani metodikasi tarix fanini o`qitishning usul va uslubiyatlarini bo`lajak pedagoglarga o`rgatishga xizmat qiladi. Tarix fani mavzularini turli metodlar yordamida o`qitishda mavzuning hajmi tushunarlilik darajasi hisobga olinmog`i lozim. Biz ushbu yoritmoqchi bo`lgan kurs ishi mavzusi ham “O`zbekistonning xalqaro hamkorlik masalalarini o`qitishda AKTdan foydalanish usullari” tanlangan. Bugungi ta`lim tizimini axborot va uni еtkazib beruvchi texnik vositalar orqali еtkazish va uning samaradorligini ko`rsatib berish kurs ishi mavzusining dolzarbligini ko`rsatadi.


Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling