О‘zbekistonresp
Kompleks (har taraflama) mashg’ulot
Download 302.93 Kb.
|
1.3 Kompleks (har taraflama) mashg’ulot
Obektni tayyorlashning muhim shakllaridan bo’lib, u FM boyicha o’rnatilgan aylanmani amalga oshirish bilan tugaydi. Kompleks mashg’ulotning mohiyati shundan iboratki, uning hamma qatnashchilari bir vaqtda yagona taktik sharoitda, moddiy ishlab chiqarish bazasida harakat qilib, obekt rejasida ko’zda tutilgan ishlab chiqarish faoliyatini to’xtatmasdan amalga oshiradi. Odatda mashg’ulotda: obekt FM rejasining realligi; FM tadbirlarini amalga oshirishga obektning tayyorgarlik darajasi va dushman tomonidan qo’llanilgan zamonaviy qurollar asoratlarini, shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariya va halokatlarning oqibatlarini tugatish boyicha tadbirlar o’tkazilishiga e’tibor beriladi; obektning favquloddagi vaziyatlar paytida uzluksiz ishlash yo’li va usullari tekshirib ko’riladi. Kompleks mashg’ulotning maqsadlari quyidagicha bo’lishi mumkin: obektni har qanday FVlarda xar tamonlama to’xtovsiz ishlashga tayyorlash, tuzilmalar tuzish, boshqarish, hamma soha fuqarolarini tayyorlash, raxbar va komanda-boshliq tarkibda FM tadbirlarini o’tkazishda aniq va mustaqil ko’nikmalarni ishlab chiqish, fuqarolarni turli xil ta’sirlardan himoya qilish usullariga o’rgatish, FV lar oqibatlarini tugatish boyicha ishlarni olib borishga tayyorlash, obekt FM rejasini realligini tekshirish va hozirgi talabga mos holga keltirish, FM masalalarini bajarishga obektning tayyorgarlik darajasini aniqlash, obekt shaxsiy tarkibida ma’naviy-ijtimoiy va psixologik xislatni tarbiyalash talab etiladi. Kompleks mashg’ulotlar 3 ta asosiy ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak; 1. FM masalalarini to’liq, har tomonlama o’rganish, ya’ni ogohlantirish belgisidan (ishorasidan) tortib, to amaliy mashg’ulotni tugatishgacha bo’lgan masalalar; 2. Kompleks mashg’ulotda, obektda faoliyat ko’rsatuvchi jami fuqarolar tayyorlanadi; 3. Kompleks mashg’ulotda, muhofazaga tayyorlashning jami shakl va uslublari qo’llaniladi. 300 kishidan ortiq fuqarolari bo’lgan korxona, tashkilotlarda, hamda 600 dan ortiq kasallar joyi bo’lgan tibbiy tashkilotlarda 3 yilda bir marta (2sutkagacha), boshqa tashkilotlarda 3 yilda bir marta obekt trenirovkalari (6 soatgacha) o’tkaziladi. Umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talaba va o’quvchilari bilan har taraflama mashg’ulotlar har yili o’tkaziladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish soxalarida band bo’lmagan aholini tayyorlash FVlardan muhofazalash masalalari boyicha suhbatlar, ma’ruzalar o’tkazish, o’quv filmlarni ko’rsatish, yashash joylarida o’quv mashqlari va mashg’ulotlarga jalb etish, shuningdek qo’llanma va eslatmalarni mustaqil o’rganish, radio eshitirishlarni tinglash, teledasturlarni, ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish va boshqa omillar qo’llaniladi. Kompleks mashg’ulotni muvaffaqiyat-li o’tkazish, ko’p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik ko’rilganligiga bog’liq. Mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish obekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa faktlarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg’ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni o’tkazishga mashg’ulot rahbari shaxsan javob beradi. Mashg’ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg’ulot rahbari mashg’ulotning mavzusini, o’quv maqsadini, o’quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg’ulotga jalb etilganlarning soni, mashg’ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo’ladi: FVDT rahbar organlari; FVDT kundalik boshqaruv organlari; Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari; Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari; Xabar berish, aloqa tizimlari, boshqaruv va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimlari. FVDT rahbar organlari — bu vakolatiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boyicha quyidagi masalalarni hal etish kiradigan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar va ob’ektlardir: Respublika darajasida — FVV markaziy apparati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda atrof tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli ob’ektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun mas’ul bo’lgan, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yong’in chiqishi mumkin bo’lgan va boshqa xavfli ob’ektlar mavjud bo’lgan tashkilotlar; mahalliy darajada — mahalliy davlat hokimiyati organlari; ob’ektlar darajasida — tashkilotlar va ob’ektlar ma’muriyati. FVDT, uning quyi tizimlari va bo’g’inlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boyicha ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligi uchun to’liq javobgarlik tegishli rahbar organlarga yuklanadi. Quyidagilar FVDT faoliyat ko’rsatishichog’ida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi: kundalik faoliyat rejimida: atrof tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada xavfli ob’ektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin bo’lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat ob’ektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko’rsatishining barqarorligini oshirish boyicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish; favqulodda vaziyatlar boyicha boshqaruv organlari va FVDT kuchlarini favqulodda vaziyatlar chog’idagi harakatlarga tayyorlashni takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar chog’ida muhofaza qilish usullari va harakat qilishga o’rgatishni tashkil etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va to’ldirish; sug’urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish; yuqori tayyorgarlik rejimida: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to’g’risida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish; FVDT tegishli quyi tizimlari va bo’g’inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning o’z zimmasiga olishi, zarurat bo’lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz berishi mumkin bo’lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish boyicha takliflar ishlab chiqish; doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish; favqulodda vaziyatlar boyicha hududiy boshqarmalar (bo’limlar)ning tezkor guruhlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, ob’ektlar va boshqa tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari navbatchiligini tashkil etish; atrof tabiiy muhitning holati, yuqori darajada xavfli ob’ektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko’lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish; favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholi va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, ob’ektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash choratadbirlarini ko’rish; kuchlar va vositalarni tayyor holatga keltirish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo’lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga siljitish; d) favqulodda rejimda: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to’g’risida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar hududiga siljitish; aholini muhofaza qilishni tashkil etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish; favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash; iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, zarar ko’rgan aholining hayotsharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish; favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya ob’ektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat boyicha monitoring olib borish. Download 302.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling