O‘zbekistonтning davlat standartlashtirish tizimi Reja


Standartlashtirish davlat tizimi


Download 100.37 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi100.37 Kb.
#1340105
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekistonтning davlat standartlashtirish tizimi Reja

Standartlashtirish davlat tizimi
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
– atamalarni standartlashtirish;
– o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
– mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
Standartlashtirish sohasidagi birqancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalash institutida (SMSITI) yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST I. 0 – 92, O‘z RST I. I – 92, O‘z RST I. 2 – 92, O‘z RST I. 3 – 92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0 – 92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar» standarti standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun – qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.



1-rasm.O‘zbekiston Davlat standarlashtirish tizimining tarkibiy tuzilishi.
O‘zbekiston standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) ning tashkiliy tuzilmasi

2 – rasm. O‘zbekiston standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha
texnik qumitalar
Texnik qumitalar (TQ) mutaxassislar – davlat va xо‘jalik boshqaruvi manfaatdor idoralari va tadbirkorlik subyektlarining vakolatli vakillari, iste’molchilar, kasaba uyushmasi tashkilotlari, davlat nazorati idoralari va boshqalarning shakllanishi bо‘lib hisoblanadi. TQ yuqori ilmiy – texnikaviy salohiyatga ega bо’lgan korxonalar va tashkilotlar bazasida ta’sis etuvchilar va О’zstandart agentligi (Davarxitektqurilish, Davtabiatqum, SSV) qо’shma buyrug‘i bilan tuziladi.
TQ asosiy vazifasi – xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, davlat va tarmoq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyat – O‘z DSt 1.0, RMG 01 bоyicha, shartnomali ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish bо‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini ta’minlashda standartlashtirish bo‘yicha texnik qumita (TQ)lar bevosita ishtirok etishadi (1 – jadval).

Download 100.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling